Sana 201 yil. Mavzu: Jismlarning issiqlikdan kengayishi Darsning blok sxemasi
Download 84.57 Kb.
|
6-sinf dars ishlanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning qismlari Belgilangan vaqt. 1.
- Dars turi
- O’tilgan mavzuni so’rash
- Shunday qilib, moddalar (qattiq, suyuq va gazsimon) issiqlikdan kengayadi, sovuqlikdan torayadi
- Suvning issiqlikdan kengayishi haqida.
- Baholash Uyga vazifa
Sana ___________201__--yil. Mavzu: Jismlarning issiqlikdan kengayishi Darsning blok sxemasi:
Darsning maqsadi: Talimiy: Jismlarning issiqlikdan kengayishini tushuntirish Tarbiyaviy:O’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash Rivojlantiruvchi :O’quvchilarni tabiat hodisalari va kengayish hodisasini tushuntirish Dars turi: Yangi bilim berish Dars metodi Guruhlarda ishlash ,tezkor savol javob ,baliq skeleti Dars jihozi : Doska, tarqatma materiallar, Ko’rgazmali qurollar, AKT ,darslik Darsning borishi Kirish Salomlashish Sinf xonasi tozaligi O’quvchilar davomati Darsga tayyorgarlik O’tilgan mavzuni so’rash 1.To’g’richiziqli notekis harakat deb nimaga aytiladi 2.O’rtacha tezlik, yo’l teng ikkiga va vaqt teng ikkiga bo’lingandagi formulalar 3.Oniy tezlik va uni o’rtacha tezlikdan farqi 4.Qachon oniy tezlik o’rtacha tezlikka teng bo’ladi Yangi mavzu bayoni 10-mavzuda Siz qizdirilgan metall sharning kengayib, halqadan o‘ta olmaganligi bilan tanishgansiz. Suyuqliklarda bu hodisani o‘rganish uchun shunday tajriba o‘tkazaylik Uchta probirka olib ulardan biriga suv, ikkinchisiga yog‘, uchinchisiga sut quyaylik. Probirkalar og‘ziga o‘rtasida naychasi bor tiqin o‘rnataylik Suv isigan sari asta-sekin naychalardan suyuqliklar yuqoriga ko‘tarila boshlaydi. Demak, suyuqliklar ham isitilganda kengayar ekan. Shunday qilib, moddalar (qattiq, suyuq va gazsimon) issiqlikdan kengayadi, sovuqlikdan torayadi Moddalarning bu xossasidan turmushda va texnikada keng foydalaniladi. Temir yo‘l relslarini o‘rnatishda ularni bir-biriga jips tegmaydigan qilib o‘rnatiladi. Elektr o‘tka-zuvchi simlarni ustunlarga yoz kunida biroz osiltirib tortiladi. Qishda torayish evaziga uzilib ketmasligi uchun shunday qilinadi. Shisha stakanlarga issiq suvni birdaniga quyib bo‘lmaydi. Chunki, uning ichki qismi issiqlikdan tez kengayadi. Tash-qarisi esa ken-gayib ulgurmaydi. Shu sababli stakan sinib ketadi Mustahkamlash: Uyda ishlatiladigan sovutkich yoki elektr dazmol ishiga razm solsak,sovutkich ma’lum bir vaqt ishlaganidan so‘ng to‘xtaganini, dazmol ham qiziganidan so‘ng qizil chirog‘i o‘chganligini ko‘ramiz. Chunki unda bimetall plastinkali tokni uzib-ulovchi qurilmasi bor . Suvning issiqlikdan kengayishi haqida. Suv bilan o‘tkazilgan tajribalar shuni ko‘rsa-tadiki, sovitilish jarayonida dastlab uning hajmikamayib boradi. Temperatura 4°C (uy termometri bilan o‘lchanadi, bu haqda keyingi mavzuda batafsil aytiladi)ga borganda kamayish to‘xtaydi. Sovitish davom ettirilsa, endi uning hajmi, aksincha orta boradi. Bu jarayon suv muzlagunga qadar davom etadi. Demak, suv 4°C da eng katta zichlikka ega bo‘lar ekan. Shu hodisaga ko‘ra, ko‘llarda qish paytida suvning ustki qismi muzlaydi. Ko‘l tubida esa 4°C li suv bo‘ladi. Agar suv sovishi natijasida bir xilda muzga aylan- guncha hajmi kamayib kelganda edi, ko‘ldagi yoki suv omborlaridagi suv tubidan to ustki qismigacha muzga aylanar edi. Suvda bu paytda hayot ham to‘xtab qolar edi Baholash Uyga vazifa: Savollarga javob yozish Ko’rildi:______________________________201__--yil Download 84.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling