Sana: 2018 yil Sinf: 2-sinf Fan: Matematika Mavzu: Ko‘paytirish amali komponentlarining nomlanishi Darsning maqsadlari
Download 0.61 Mb.
|
kopaytirish 2 sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning borishi: I. Tashkiliy qism
- II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash
- III. Yangi mavzu bayoni
- IV. Yangi mavzuni mustahkamlash
- 5.Misollarni namuna bo‘yicha bajaring: 3 · 7= 21.
- Uyga vazifa: 7-masala, 8-misol. 7
- Yechish: 8•2=16 9•3=27 5•4=20 8.
Darsda vaqt taqsimoti:
Darsning borishi: I. Tashkiliy qism: - O’quvchilar bilan salomlashish; - Xonani va o’quvchilarni darsga tayyorliklarini tekshirish; - Navbatchi axborotini tinglash - Darsda siyosiy daqiqa o’tkazish - Darsda o’quvchilarni ruhiyatini ko’tarish (psixologik o’yin) II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash: O’quvchilar 3 ta (to’rtburchak, uchburchak va doira) guruhlarga ajratilinadi. Uyga berilgan vazifalarni “Men do’stimga ishonaman” metodi orqali tekshiriladi. O’tilgan mavzu yuzasidan guruhlar o’rtasida “Kimning uyi qayerda?” va “Bolalar qaysi mevalardan oladilar?” o’yini o’ynaladi. Daftar tarqatishda "Tezkor savol"o'yidian foydalanaman har bir o'quvchiga kopaytirish va bo'lishga doir bittadan savol Bergman ular tezlikda faqat javobini aytadilar kechiksa navbatdagi o'quvchiga o'tib ketiladi qaysi guruh xammasiga tez javob bersa rag'bat berib boriladi. III. Yangi mavzu bayoni: 1. Rasm asosida misol tuzing va uni yeching: 5 • 3 = 15 Ko‘paytirishning hadlarini yodda tuting: 5 • 3 = 15 Birinchi Ikkinchi Ko‘paytma ko‘paytuvchi ko‘paytuvchi Ko‘paytirishning hadlari uning komponentlaridir. 5 bilan 3 ning ko‘paytmasi 15 ga teng. Ko‘paytiriladigan sonlar ko‘paytuvchilar deyiladi. Ko‘paytirishdan hosil bo‘ladigan son ko‘paytma deb ataladi. 2. Misollarni yeching: 8•2=16 9•3=27 6•4=24 3•3=9 1•8=8 3. Ko‘paytirishga oid misollarni qo‘shishga oid misollar bilan almashtiring. Namuna: 6 · 5 = 6 + 6 + 6 + 6 + 6 4•3=4+4+4=12 7• 2=7+7=14 5•4=5+5+5+5=20 3•5=3+3+3+3+3=15
4. Masalalarni yeching: 1) Har bir avtomobilda 5 tadan kishi bo‘lsa, Ikkita avtomobilda nechta kishi bo‘ladi?
2) Har bir vazada 6 tadan anor bo‘lsa, to‘rtta vazada nechta anor bo‘ladi? Yechish: 6•4=24 Javob: 24 5.Misollarni namuna bo‘yicha bajaring: 3 · 7= 21. 2 · 6 = 12 5 · 5 =25 6 · 3 =18 2 · 8 = 16 4 · 3 = 12 7 · 2 =14 2 · 7 = 14 4 · 5 = 20 6 · 5 =30 6. Hisoblang: O’quvchilar ishini nazorat qilish qiynalgan o’quvchilarga yordam berish. V. Dars yakuni: O’quvchilarni o’zlashtirishlariga va darsdagi faoliyatiga qarab 5,4,3 baholar qo’yish. Darsda faol qatnashmagan o’quvchiga keying darsda faol bo’lishini so’rash.Uyga vazifalar berish Uyga vazifa: 7-masala, 8-misol. 7. 1) Birinchi ko‘paytuvchi 4, ikkinchi ko‘paytuvchi 3. Ko‘paytmani toping; Yechish: 4•3=4+4+4=12 ya’ni 4•3=12 Javob: 12 2) 8 bilan 2, 9 bilan 3, 5 bilan 4 sonlarining ko‘paytmasini yozing va hisoblang. Yechish: 8•2=16 9•3=27 5•4=20 8. Misollarni ustun qilib yozing, natijani hisoblang: 72 + 21=93 56 – 25=31 43 + 27=70 49 – 27=22 68 – 30=38 58 + 21=79 96 – 36=60 35 + 14=49 Bog’lanish uchun @ustozlar_uchun +99890 3000221 Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling