Sana 202 yil 1-sinf ona tili va o’qish savodxonlik
Download 6.94 Kb.
|
to\'garak
Sana____________ 202_ yil 1-sinf ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIK 3-Mavzu: Kun tartibi Maqsadlar: Ta’limiy: O`quvchilarni o`tilgan mavzu bilimlarini mustahkamlash va yangi mavzu bo`yicha yangi bilimlar berish ona tilidagi qoidalar va to`g`ri yozish ko`nikmalarini shakllantirish va ularning nutq ravonligi haqida ma`lumotlar berish b) tarbiyaviy: oʻquvchilarda berilgan rasmlar hamda savollar ustida ishlash orqali vatanga muhabbat hissini uygʻotish; d) rivojlantiruvchi: oʻquvchilarning ogʻzaki nutq koʻnikmalarini rivojlantirish, mavzu doirasida lugʻat boyligi hamda yozma savodxonligini oshirish. Milliy oʻquv dasturidagi malaka talablari bilan mosligi: Ogʻzaki nutq : kichiklar, tengdoshlari hamda kattalar bilan suhbat hamda muhokama jarayonida muloqot odobiga (bir-birini hurmat qilish, so‘zga chiqishni hurmat bilan so‘rash, mavzu yoki matn yuzasidan navbat bilan gapirish) rioya qiladi; suhbat yoki muhokama jarayonida boshqalarning fi kriga munosabat bildira oladi; Yozma nutq : fi kr ifodalashda nuqta, vergul, so‘roq hamda undov belgilarini to‘gʻri qo‘llay oladi; o‘zining hamda oila aʻzolarining shaxsiy ma’lumotlarini (ismi, familiyasi, manzili) yoza oladi; Tinglab tushunish: birinchi sinf darajasiga mos matnlarda voqea-hodisa, shaxs, narsa yoki joy haqidagi ma’lumotlar so‘zlovchi tomonidan ochiq ifodalanganda savollarga javob bera oladi; sinf darajasiga mos badiiy yoki informativ matnni tinglash jarayonida voqea-hodisa sodir bo‘layotgan makon hamda zamon haqida taxmin qila oladi, taxminlarini asoslab bera oladi. Darsning metodi: ogʻzaki (suhbat, savol-javob) Darsning vositalari: oʻquv dasturi, dars rejasi, darslik, mashq daftari, “Oʻqituvchi kitobi”, xattaxta, texnik jihozlar. Shakl: jamoa,guruhda ishlash,hamma o’zi uchun. Nazorat: O’quvchilarning darsda faolligi kuzatilib,hisobga olib boriladi. Baholash: O’quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib,dars oxirida e’lon qilinadi. Darsning borishi: I.Tashkiliy qism:Salomlashish, yo’qlamaqilish, o’quvchilarni darsga tayyorgarliklarini tekshirish. II. O`tgan mavzuni mustahkamlash.O’quvchilarni bilim va ko’nikmalari tekshiriladi savollar orqali uyga berilgan vazifa so’ralib o’quvchilar baholanadi. III.Yangi mavzu bayoni: Raqamlarni so‘z bilan yozing Bir, ikki, to’rt, yeti, to’qqiz, o’n sakkiz, yigirma olti, qirq, ellik besh, sakson uch Soatlar ko’rsatayotgan vaqtni so’z bilan yozing. IV.Yangi mavzuni mustahkamlash: Bajarilishi yuzasidan ko`rsatma beriladi: so‘zlarni o‘qing. so‘z boshida kelgan undoshni to‘g‘ri ayting. Doskada va mustaqil bajariladi. Mavzu yuzasidan o’quvchilarga tarqatmalar berilib savol javoblar o’tkaziladi. V.O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.: Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`bat kartochkalari bilan rag`batlantiriladi. VI.Uyga vazifa: Takrorlash MMIBDO’ ____________ ______________________ Download 6.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling