Sana 202 yil 1-sinf ona tili va o’qish savodxonlik


Download 6.94 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi6.94 Kb.
#1609692
Bog'liq
to\'garak


Sana____________ 202_ yil 1-sinf ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIK
3-Mavzu: Kun tartibi
Maqsadlar: Ta’limiy: O`quvchilarni o`tilgan mavzu bilimlarini mustahkamlash va yangi mavzu bo`yicha yangi bilimlar berish ona tilidagi qoidalar va to`g`ri yozish ko`nikmalarini shakllantirish va ularning nutq ravonligi haqida ma`lumotlar berish
b) tarbiyaviy: oʻquvchilarda berilgan rasmlar hamda savollar ustida ishlash orqali vatanga muhabbat hissini uygʻotish;
d) rivojlantiruvchi: oʻquvchilarning ogʻzaki nutq koʻnikmalarini rivojlantirish, mavzu doirasida lugʻat boyligi hamda yozma savodxonligini oshirish.
Milliy oʻquv dasturidagi malaka talablari bilan mosligi:
Ogʻzaki nutq : kichiklar, tengdoshlari hamda kattalar bilan suhbat hamda muhokama jarayonida muloqot odobiga (bir-birini hurmat qilish, so‘zga chiqishni hurmat bilan so‘rash, mavzu yoki matn yuzasidan navbat bilan gapirish) rioya qiladi; suhbat yoki muhokama jarayonida boshqalarning fi kriga munosabat bildira oladi;
Yozma nutq : fi kr ifodalashda nuqta, vergul, so‘roq hamda undov belgilarini to‘gʻri qo‘llay oladi; o‘zining hamda oila aʻzolarining shaxsiy ma’lumotlarini (ismi, familiyasi, manzili) yoza oladi;
Tinglab tushunish: birinchi sinf darajasiga mos matnlarda voqea-hodisa, shaxs, narsa yoki joy haqidagi ma’lumotlar so‘zlovchi tomonidan ochiq ifodalanganda savollarga javob bera oladi; sinf darajasiga mos badiiy yoki informativ matnni tinglash jarayonida voqea-hodisa sodir bo‘layotgan makon hamda zamon haqida taxmin qila oladi, taxminlarini asoslab bera oladi.
Darsning metodi: ogʻzaki (suhbat, savol-javob)
Darsning vositalari: oʻquv dasturi, dars rejasi, darslik, mashq daftari, “Oʻqituvchi kitobi”, xattaxta, texnik jihozlar.
Shakl: jamoa,guruhda ishlash,hamma o’zi uchun.
Nazorat: O’quvchilarning darsda faolligi kuzatilib,hisobga olib boriladi.
Baholash: O’quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib,dars oxirida e’lon qilinadi.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:Salomlashish, yo’qlamaqilish, o’quvchilarni darsga tayyorgarliklarini tekshirish.
II. O`tgan mavzuni mustahkamlash.O’quvchilarni bilim va ko’nikmalari tekshiriladi savollar orqali uyga berilgan vazifa so’ralib o’quvchilar baholanadi.
III.Yangi mavzu bayoni:
Raqamlarni so‘z bilan yozing

Bir, ikki, to’rt, yeti, to’qqiz, o’n sakkiz, yigirma olti, qirq, ellik besh, sakson uch


Soatlar ko’rsatayotgan vaqtni so’z bilan yozing.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash: Bajarilishi yuzasidan ko`rsatma beriladi: so‘zlarni o‘qing. so‘z boshida kelgan undoshni to‘g‘ri ayting. Doskada va mustaqil bajariladi.
Mavzu yuzasidan o’quvchilarga tarqatmalar berilib savol javoblar o’tkaziladi.
V.O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.: Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`bat kartochkalari bilan rag`batlantiriladi.
VI.Uyga vazifa: Takrorlash
MMIBDO’ ____________ ______________________
Download 6.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling