Sana: 5. 03. 2023. Sinf: b fan nomi: Atrofimizdagi olam Mavzu: Yil fasllari. Maqsad


Download 1.99 Mb.
Sana04.04.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1328326
Bog'liq
Mamatova Karomatning ,,Atrofimizdagi olam \'\' fanidan yozgan 1 soatlik


Sana: 15. 03. 2023. Sinf: 1 B Fan nomi: Atrofimizdagi olam
Mavzu: Yil fasllari. Maqsad: Ta’limiy: Yil fasllari haqida tushuncha va tasavvurni shakllantirish.
Tarbiyaviy: tabiatga bo`lgan mehrni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: bolalarni o'z sog'liqlari uchun g'amxo'rlik qilishga o'rgatish;
Kommunikativ kompetensiya:
mavzuga oid ma’lumotlarni gapirib berish, tabiat va uning hodisalarini aytib bera olish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
turli manbalarning ma’lumotlaridan foydalana olish, o‘ziga zarur ma’lumotlarni o‘zlashtira olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
kun tartibiga amal qilish, sportning yoshiga mos turi bilan shug‘ullanish, maktabda, ko‘chada, jamoat transportida yurish qoidalariga roya qilish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
sinfda, maktabda, oilada, mahallada o‘tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etishi, o‘zaro munosabatlarida muomala madaniyatga ega bo‘lishi.
Dars uslubi: bayon etish, suhbat.
Dars jihozi: jadvali suratlar

Dars bosqichlari:

I

II

III

IV

V

VI

Ajratilgan vaqt

3

10

20

7

3

2

Darsning borishi:
I. Darsni tashkil etish.
Bolalar bilan salomlashish. Davomatni aniqlash.Ob-havo haqida suhbat.
II.Uy ishini so`rash .
Savol-javob asosida so`raladi.
III.Yangi mavzuni tushuntirish.
Darslikning 15-sahifasidagi suhbatlashamiz.Bunda quyidagi savillardan foydalanamiz.
1.Rasmda nimalarni ko`ryapsiz?
2.1-yilda nechta fasl bor.?
O`quvchilar bilan birgalikda fasl so`zi yozilgan plakatga klaster yechamiz.
IV.Mustahkamlash.O`qituvchi o`quvchini ishlarini ko`rib chiqib xulosalaydi.
O`quvchilar bilan birgalikda har bir fasl va unda qilinadigan ishlar haqida suhbatlashamiz.
Topishmoqlar aytish.
To`tr o`rtoq bor: zo`r ishi,
Kelib ketar bir yilda
Odam ,olam tashvishi.
To`r t og`ayni har xilda.
Har biri xursand etar,
Izma –iz kelib ketar. (yil fasllari)
Bulut etar kumush zar
Kumush zarim yaraqlar
Oq namatim-naqshinkor,
Yerni qoplar parcha…(qor)
Sovuq quduq yuziga
Olmosdan oyna soldi.
Quyoshda shamdek erib,
Oynam suvga yo`qoldi(muz)

V.O`quvchilar bilimini baholash.
Darsda faol ishtirok etgan o`quvchilar baholanadilar.Baholari kundaliklariga izohlanib qo`yiladi.
VI.Uyga vazifa berish.
Uyda 14-sahifadagi rasmlar asosida hikoya tuzib kelish.
O’TIBDO’______________
Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling