Sana: 6-mavzu: Ona tili – qalb ko‘zgusi


Topshiriq: “Ona tilimizning obro`sini ko`tarish uchun yana qanday ishlarni amalga oshirsa bo`ladi”, degan savol bo`yicha bahs-munozara o`tkaziladi. Sana


Download 1.54 Mb.
bet2/33
Sana04.01.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1076866
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
11-sinf soati 2022-23

Topshiriq: “Ona tilimizning obro`sini ko`tarish uchun yana qanday ishlarni amalga oshirsa bo`ladi”, degan savol bo`yicha bahs-munozara o`tkaziladi.
Sana:
7 Mavzu: Men kecha ,bugun va ertaga psixologik trening mashg’uloti


Maqsad:O’quvchilar o’z oldiga qanaqa maqsadlar qo’yganliklari, mehnat qilish, kasb tanlash, buning uchun ular nimalar qilayotganligi hamda, ajdodlarimiz merosini o`rganish farzandlik burchi ekanligini uqtirish, ularga bir harf bo`lsa ham o`rgatgan tarbiyachi, o`qituvchi, o`zlari turli xil to`garaklarga borayotgan murabbiylarga bo`lgan hurmatini rivojlantirish.
Natija:O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.


Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar:, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomat,tozalik
II.Asosiy qism:
Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash,| adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonundai ko'rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 37- modda Mamlakatimizda har bir inson o'zi xohlagan kasbni tanlashi va shu kasb bo'yicha mehnat qilishi mumkin.
Mehnat insonni ulug'laydi, hayotiga ma'no-mazmun baxsh etadi. Halol mehnat qilgan kishi jismonan charchoqni his qilsada, ruhi tetik, kayfiyati chog' bo'ladi. Hayotda to'g'ri kasb tanlash juda muhim. Chunki inson kasb egallash uchun bir necha yillik umrini sarf etadi. Odam o'zi yoqtirgan kasbni qiziqish bilan tez va oson o'zlashtiradi, keyinchalik mehnat faoliyati ham unumli bo'ladi. -
Hayotda qoqilmay, jamiyatga ko'proq naf keltiray, degan odam yoshlikdan biron kasb yoki hunarni tanlab, uni mukammal egallashga harakat qilishi kerak. Bobomiz Alisher Navoiy «Umrni zoye o'tkazma, mehnat qil, Mehnat saodatning kaliti, bil», deyabejiz aytmaganlar.
Yurtimizda yoshlarning o'zlari xohlagan kasb-hunarni egallashlari uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Barcha qulayliklarga ega kasb-hunar kollejlarida yigit-qizlar o'zlari yoqtirgan hunar sirlarini puxta egallamoqdalar.
Aziz o'quvchi, biz hozir ayni o'qib-o'rganadigan yoshdamiz. Hozirdanoq o'zimiz qiziqqan kasbni aniqlab olishimiz va uni egallash uchun tayyorgarlik ko'ra boshlashimiz shart. Kasb tanlashda ota-onamiz va ustozlarimizning fikrini, o'z qiziqish va imkoniyat-larimizni ham hisobga olishni unutmasligimiz darker.
Quyida berilgan kasb-hunar nomlarini zamonaviy va qadimiy kasb-hunar nomlari singari ikki guruhga ajrating. Ushbu kasb-hunarlar hozirgi kunda ham mavjudmi? Ulardan qaysilari yangicha nomlar bilan atalmoqda?
Kosib, injener, dasturchi, kulol, do'ppido'z, fermer, dehqon, misgar, kosmonavt, haydovchi, jurnalist, cho'pon, rejissor, oshpaz, menejer, xattot, nowoy, qozi, savdogar, chevar, tadbirkor, chopar, vazir, dizayner, tabib, arxitektor, karvonboshi, o'qituvchi, rassom, shifokor, uchuvchi.,

Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling