Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi: Ruhiy kamolot vositasi


Download 444.72 Kb.
bet101/118
Sana13.07.2023
Hajmi444.72 Kb.
#1660166
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   118
Bog'liq
Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi Ruhiy kamolot vositasi-hozir.org

IV. Mustahkamlash.

V. Uyga vazifa. 229-230-betlarni o’qib kelish.

VI. Baholar tahlili.
O’IBDO’ ___________
Sana_______________ 9-sinf adabiyot

Dars mavzusi: Vilyam Shekspir hayoti va ijodi.
Darsning maqsadi:
1.Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga yangi mavzuni tushuntirish
2. Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga nafosat tarbiyasini berish .
3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning bilim va tafakkurini o’stirish, bilim olishga bo’lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:
mavjud axborot manbalaridan (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), telefon, kompyuter) foydalana olish va ulardagi materiallarga munosabat bildirish.


O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni ehtiyojga aylantira olish;


Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va unda faol ishtirok etish;


Milliy va umummadaniy kompetensiya:
badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasvirini anglash, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish.
Darsning usuli: an’anaviy, bahs-munozara
Darsning jihozi: darslik, tarqatmali savollar.
Darsning borishi.

I. Tashkiliy qism: a) o’quvchilar bilan salomlashish:
b) davomatni aniqlash:
v) she’riy daqiqa.
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) yakka tartibda (tarqatmali savollar asosida)
b) ommaviy tarzda (uy vazifasi nazorati)

III. Yangi mavzu bayoni

Adibning hayot va ijod yo‘li. Ingliz shoiri, dramaturgi, aktyori Vilyam Shekspir 1564- yilning 23- aprelida Yorkshir grafligidagi Stratford shahrida tug‘ildi. Otasi — Jon Shekspir shaharning ancha mashhur kishilaridan bo‘lib, shahar boshqaruvining turli lavozimlarida ishlagan edi. Onasi — Meri shu yerlik qadimiy, ammo kambag‘allashgan dvoryanlardan Robert Ardenning qizi edi. O‘smir Vilyam Shekspir Stratforddagi shaharliklarning o‘g‘illari bepul tahsil ko‘radigan hamda asosan til va adabiyot o‘rgatiladigan grammatik maktabda ta’lim olgan bo‘lishi kerak. Bo‘lajak adib cho‘qintirilgani haqida cherkov daftaridagi qayddan so‘ng uning hayoti haqida deyarli hech qanday rasmiy ma’lumot uchramaydi. Cherkov daftarida uning 1582- yilning 27-noyabrida stratfordlik Enn Xetuey ismli qizga uylanganligi hamda to‘ng‘ich farzandlari Syuzen 1583- yilning 26- mayida, Hamlet va Judit ismli egizaklar 1585- yilning 2- fevralida cho‘qintirilgani bitilgan.
Taxminlarga ko‘ra, Shekspir 1592- yilda Londonga boradi va teatrda aktyorlik qiladi. U 1593- yilga, ya’ni 29- yoshga kirgunga qadar biror asar e’lon qilgan emasdi. Shekspir 1593- yilda «Venera va Adonis» deb nomlangan dostonini chop ettirdi. Adabiyotning homiysi bo‘lmish yosh gersog Sautgemptonga bag‘ishlangan bu asar o‘sha vaqtlarda urf bo‘lgan erotik yo‘nalishda bo‘lib, kutilmaganda katta muvaffaqiyat qozondi va ketma-ket sakkiz marta nashr qilindi. 1594- yilda birinchi asariga izma-iz «Lukresiya» nomli katta dostonni e’lon qildi. Shu yilning 28- dekabrida «Greyz Inn» teatrida Shekspirning»Xatolar komediyasi» asari o‘ynaldi. 1595- yilning martida Shekspir yozgan va sahnalashtirgan pyesalari uchun kattagina mablag‘ oldi. Teatrda Sautgempton homiyligidagi faoliyat Shekspirga ham shuhrat, ham boylik keltirdi. Bunga otasi Jon Shekspirning bir necha yillik urinishlardan keyin 1596- yilda Geraldik palatadan «jentelmen»lik martabasini beradigan gerbni sotib olganligi birinchi dalil bo‘lsa, Shekspirning 1597- yilda Stratforddan bog‘i bor katta uy olganligi ikkinchi dalildir. Adib London sahnalarini tark etgach, bu uyga ayoli va qizlari bilan (o‘g‘li 1596- yilda vafot etgandi) ko‘chib keladi.
1598- yilda londonlik tanqidchi F. Meres tomonidan chiqarilgan «Aql xazinasi» kitobining «Ingliz shoirlari haqida mulohazalar» qismida shunday fikr bitilgan: «Plavt va Seneka rimliklar uchun komediya va tragediya borasida tengsiz bo‘lgani singari Shekspir inglizlar uchun pyesaning har ikki turida ham beqiyosdir». 1597—1598- yillarda Shekspir ijodi ancha katta shuhrat qozondi. Bu davrgacha uning «Tit Andronik» nomli birgina pyesasi muqovasida muallifning nomi ko‘rsatilmagan holda nashr etilgan edi. Aytilgan davrda esa adibning asarlariga bo‘lgan talabni qondirish uchun uning besh pyesasi chop etildi. Tadbirkor noshir U. Jaggard Shekspir asarlarini nashr etish hisobiga boy­lik orttirmoqchi bo‘ldi. U 1599- yilda turli shoirlarning bitiklaridan iborat to‘plamga Shekspirning ham to‘rt sonetini kiritib, «Otashin ziyoratchi» nomli kitob chiqardi va undagi asarlarni Shekspir qalamiga mansub deb e’lon qildi. Bu Shekspir ijodini qalbakilashtirib foyda topish yo‘lidagi birinchi urinish edi. 1598- yilda aka-uka Berbejilar Londonning shimoliy chetidagi eski teatrni buzib, uning uskunalaridan Temza daryosining janubiy qirg‘og‘ida «Globus» teatrini tikladilar. Shekspir ham yangi teatrning hissadorlaridan biri, ham o‘z ijodiy guruhiga ega aktyor edi. 1608- yilda u katta foyda keltiradigan «Blekfrayerz» teatrining ham hissadorlaridan biriga aylandi. 1603- yil­da qirol Yakov Shekspir truppasini o‘z himoyatiga oldi. Guruh a’zolari «Qirol hazratlarining xizmatkorlari» deb atalib, kamerdinerlar singari saroy xodimlari hisoblanishardi. Truppa saroyda tez-tez tomoshalar ko‘rsatib turar, saroy ayonlari va aslzodalar aktyorlarni yaxshigina siylardilar. Shekspirning moddiy ahvoli yaxshilanib, Londondan ham, Stratforddan ham bir qancha mulk sotib oldi. Shu tariqa mashhur aktyor asta-sekin adabiy ijoddan chetlashdi, teatrdan uzoqlashdi va 1612- yilda ota shahriga butunlay ko‘chib keladi.
Shekspirning ijodiy taqdiri juda g‘alati. Qanchalik mashhur bo‘lmasin, bironta pyesasi hayotlik chog‘ida risoladagiday nashr qilinmagan edi. Ularning aksariyati 1623- yilga kelib, adib o‘limidan yetti yil o‘tgach, dunyo yuzini ko‘rdi. Shekspirning aktyorlik faoliyati bo‘yicha ham juda kam ma’lumot saqlanib qolgan. Aktyor sifatida ko‘proq qirollarning rollarini o‘ynaganligi qayd etilgan. «Hamlet»da Arvoh, «Sizga bu yoqadimi?» spektaklida Odam rollarini ijro etgani ba’zi hujjatlar orqali yetib kelgan. Ben Jonsonning «O‘ziga yetguncha», «Sevan» pyesalarida Shekspir o‘zining so‘nggi rollarini o‘ynagan. Ehtimol, aynan aktyorlik tajribasi buyuk adibga dramatik asarlarida sahna imkoniyatlarini to‘g‘ri hisobga olish, obrazlarning tabiatini yorqin namoyon etadigan jihatlarni bexato ko‘rish va tasvirlashda juda qo‘l kelgan bo‘lishi mumkin.
«Qirol Lir», «Romeo va Juletta»(Julyetta) (1594-1595), «Hamlet» (1601), «Otello» (1604), «Makbet» (1606) singari tragediyalar, «Yoz kechasidagi tush», «Venetsiya savdogari», «O‘n ikkinchi kecha» kabi komediyalar deyarli to‘rt yuz yildan buyon dunyodagi eng dovruqli teatrlar shuhratiga shuhrat qo‘shib kelmoqda. Jahon dramaturgiyasining bu yetuk namunalari badiiy mahorat cho‘qqilaridir. Shekspir asarlari inson tuyg‘ularining murakkab, chigal va qarama-qarshi qirralarini ta’sirchan aks ettirishi bilan ajralib turadi.

Download 444.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling