Sana: Fan: Jahon tarixi Sinfi: 7
Download 1.73 Mb.
|
7 sinf jahon dars ishlanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ioann Saxiy
- 25-§. FRANSIYADA MUTLAQ MONARXIYA
- 27-§. ANGLIYA O‘RTA ASRLAR SO‘NGIDA
- Richard II {1 377— 1
- “Qizil va oq gullar”
- Kyoln , Vorms , Frankfurt , Ulm , Nyurnberg , Augsburg
- Siyosiy taraqqiyot.
- Lenyano jangi
- Fridrix II
- Qushlar bilan ov qilish
- Rudolf Gabsburg
- Shvabiya ittifoqi
- Yaroslav Donishmand
- Kiyåv , Gàlich-Vîlin , Vlàdimir-Suzdàl
- Moskvà
- Oltin 0 ‘rda
- Izborsk
|
Mavzu : 28-§. GERMANIYA Dars maqsadi : -O`quvchilarga GERMANIYA tarixi haqida bilim berish Tarbiyaviy maqsad: - o`quvchilarga tarixiy taraqqiyot tajribalaridan zarur saboqlar olib yashash lozimligini uqtirish; Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish. Tayanch kompetentsiyalar: Kommunikativlik O`z fikrini og`zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to`g`ri qo`ya olish va javob berish; Fanga oid kompetensiyalar: Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi. tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi; mazkur davrni o„rganish orqali o„quvchilar tarix fanining o„rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi; Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro`y bergan voqealar haqida ma‟lumot bera oladi Dars turi :yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi Dars metodi : Interfaol metodlar , guruhlarda ishlash o`zingizni sinang Dars jihozi : darslik ,xarita , tarqatma materiallar ___________________________________ Darsning borishi: I .Tashkiliy qism : salomlashish,davomatni aniqlash ,sinfni darsga tayorlash ,kun tarixi aytiladi II.O`tilgan mavzuni takrorlash : 1. Yuz yillik urush davrida Angliyadagi ichki vaziyat haqida nima deya olasiz? 2. Uot Tayler qo‘zg‘oloniga olib kelgan sabablarni ko‘rsating. 3. Lankasterlar va yorklar sulolasi urushlarining Angliya siyosiy tarixidagi ahamiyati nimada? 4. Genrix VII Tyudor mamlakatda qanday siyosat yuritgan? III. Yangi mavzu bayoni : Qishloq xo‘jaligi taraqqiyoti shaharlarning vujudga kelishi, yuksalishi bilan bevosita bog‘liq edi. Kyoln, Vorms, Frankfurt, Ulm, Nyurnberg, Augsburglar yirik hunarmandchilik va savdo markazlariga aylanadi. Germaniya shaharlari qo‘shni Fransiya, Niderlandiya, Italiya, Vengriya, Bolqon yarimorolidagi mamlakatlar bilan qizg‘in savdo-sotiq olib borgan. Nemis hunarmandlari ishlab chiqargan movut, surp, metalldan yasalgan qurol-aslahalar, buyumlar boshqa o‘lkalarda ham qadrlangan. Siyosiy taraqqiyot. Shtaufenlar sulolasining eng mashhur vakillaridan biri Fridrix I Barbarossa (1152–1190) edi. Dastlab Fridrix o‘z istilolarini salib yurishlari tufayli boyib ketgan Italiya shaharlariga qaratadi. Bunga faqat Milan va Lombardiyaning bir necha shaharlari qarshi chiqadi. 1158-yilda Ronkal vodiysida chaqirilgan seym (kengash) imperatorning Italiyadagi hokimiyatini cheklanmagan deb e’tirof etadi, 1176-yilda Lenyano jangida Liga qo‘shini imperator ritsarlarini tor-mor qiladi. Fridrix I Shimoliy Italiya shaharlariga kommuna – erkinlik huquqini berishga majbur bo‘ladi. Innokentiy III Germaniya siyosatiga o‘z ta’sirini o‘tkazgan Rim papasi bo‘ldi. U deyarli barcha tomonidan unutilgan Barbarossaning 18 yoshli nabirasini dastlab german knyazlari 1212-yilda qirol deb tan olinishiga erishadi. Keyingi papaning qo‘llashida Fridrix II oradan sakkiz yil o‘tib imperator deb e’lon qilinadi. Fridrix II imperatorligining yigirma yilidan ko‘pini Italiyada, Sitsiliya qirolligida o‘tkazadi. Fridrix II devonxonasida lotin tilining nozik jihatlaridan foydalanib, maktublar, hujjatlar bitilganki, unga butun Yevropa taqlid qilgan. Fridrix II yozgan «Qushlar bilan ov qilish» asari uning bu sohadan yaxshi xabardorligidan darak beradi; asar hozirgacha saqlanib qolgan. Imperator qator maktablar va Neapol universiteti asoschisidir. U cherkov yoki shahar kengashi emas, hukmdor tomonidan tashkil etilgan birinchi universitet bo‘lgan. Zamondoshlari Fridrix II ning g‘ayritabiiy qobiliyati va qudratiga qoyil qolib, unga «Jahon hayrati» deb nom berishgan. Fridrix II ning vafotidan so‘ng papalar tarafdorlari shtaufenlar sulolasining vakillarini taxtdan chetlatishga intilishgan. Germaniyada yigirma yil davomida umuman imperator saylanmaydi. Knyazlar 1273-yilda to‘planib Rudolf Gabsburgni taxtga o‘tqazadilar. Ammo Gabsburglarning dastlabki boshqaruvi uzoq davom etmagan Lyuksemburglar sulolasiga qarshi kurash olib boradi. Gabsburglarning 369 yillik imperatorlik davri faqat 1437-yildan boshlanadi. Dunay sohili bo‘ylab joylashgan 90 ta shaharni birlashtirgan Shvabiya ittifoqi Italiya shaharlari bilan bevosita savdo qilgan. Augsburg, Ulm va Nyurnberg shaharlari movut, surp, ið-gazlamalar ishlab chiqarishda, metal buyum, qurol-aslahalar yasashda yetakchi o‘rinni egallagan. IV. Mustahkamlash: 1. Germaniya (Muqaddas Rim imperiyasi)ning rivojlangan o‘rta asrlardagi xo‘jaligini tavsiflab bering. 2. Yozuvsiz xaritaga Germaniya shaharlarini tushirib, ular haqida manbalar, internetdan olgan ma’lumotlaringizni gapirib bering. 3. Fridrix I Barbarossa haqida topgan ma’lumotlaringizni so‘zlab bering. V .Darsni yakunlash: dars mavzusiga yakuniy xulosa qilish ,yuzaga kelgan savollarga javob berish ,faol qatnashgan o`quvchilar bilimini baholash VI .Uyga vazifa : o`tilgan mavzu savollariga tayorlanish________________________________ O`TIB. Dir.o`rinbosari__________
Mavzu : 29-§. RUS KNYAZLIKLARI Dars maqsadi : -O`quvchilarga RUS KNYAZLIKLARI tarixi haqida bilim berish Tarbiyaviy maqsad: - o`quvchilarga tarixiy taraqqiyot tajribalaridan zarur saboqlar olib yashash lozimligini uqtirish; Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish. Tayanch kompetentsiyalar: Kommunikativlik O`z fikrini og`zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to`g`ri qo`ya olish va javob berish; Fanga oid kompetensiyalar: Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi. tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi; mazkur davrni o„rganish orqali o„quvchilar tarix fanining o„rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi; Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro`y bergan voqealar haqida ma‟lumot bera oladi Dars turi :yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi Dars metodi : Interfaol metodlar , guruhlarda ishlash o`zingizni sinang Dars jihozi : darslik ,xarita , tarqatma materiallar _____________________________ Darsning borishi: I .Tashkiliy qism : salomlashish,davomatni aniqlash ,sinfni darsga tayorlash ,kun tarixi aytiladi II.O`tilgan mavzuni takrorlash : 1.Germaniya (Muqaddas Rim imperiyasi)ning rivojlangan o‘rta asrlardagi xo‘jaligini tavsiflab bering.. 2. Fridrix I Barbarossa haqida topgan ma’lumotlaringizni so‘zlab bering. 3. Imperator Fridrix II ni zamondoshlari nima sababdan «jahon hayrati» deb atashgan? III. Yangi mavzu bayoni : Rus knyazliklari tarqoq va o‘zaro qonli urushlar girdobida edi. Bundan foydalangan qipchoqlar hujumlari vaziyatni yanada murakkablashtirar, ayrim knyazlar qipchoqlar bilan ittifoq tuzib, qo‘shni knyazliklarga qarshi yurishlar ham qilardi. Ko‘pgina knyazlar bu vaziyatdan chiqishni, nizolarga chek qo‘yishni o‘ylay boshlaydilar.Kiyev knyazi Yaroslav Donishmandning o‘g‘li Vladimir Monomaxning 1097-yilda Lyubech shahrida knyazlarning birinchi syezdini chaqirishi ham, asosan, o‘zaro urushlarga chek qo‘yishga mo‘ljallangan. Syezdning «har kim o‘z yeriga egalik qilsin », degan muhim qarori o‘zga knyazliklarga qarshi bosqinlarni to‘xtatishni ko‘zda tutgan edi. Nîvgorod Kiyev bilàn àloqàsini uzgàn dàstlàbki knyazlik bo‘lgàn. XI àsrdà vujudgà kelgàn Nîvgîrîd, kåyinchàlik fàqàt Rusninggina emàs, Yevropaning hàm yirik hunàrmàndchilik và sàvdî màrkàzigà àylàndi. Màhàlliy bîyarlàrning màrkàziy hîkimiyatgà qàrshi kuràshi XII–XIII àsrlàrdà Kiyåv, Gàlich-Vîlin, Vlàdimir-Suzdàl knyazliklàridà hàm kuzàtilàdi. Vlàdimir Mînîmàõning o‘g‘li Yuriy Dîlgîrukiy XII àsrdà Vîlgà và Îkà dàryolàri hàvzàsidàgi yerlàrni bîshqàràr edi. Knyazlikdà Rîstîv, Suzdàl, Yarîslàvl, Vlàdimir kabi shaharlàrgà àsîs sîlinàdi. Knyaz Dîlgîrukiyning Kiyåv ustidàn 1147-yildagi g‘àlàbàsini nishînlàsh shàràfigà àsîs sîlingàn Kuchkovo qo‘rg‘oni, keyinchàlik Moskvà nomini olàdi. Yuriy Dolgorukiyning àvlodlàri Vlàdimir knyazligini Ivàn Grozniygà – XVI asr o‘rtalariga qàdàr bîshqàràdilar. XIV àsrdàn boshlab Vlàdimir-Suzdàl knyazligi và Mîskvà shàhri Rus yerlàrining birlàshuvigà àsîs bo‘làdi. IV. Mustahkamlash: Sanalar bilan ishlash : 1097-yilda , XII asr o‘rtalarida ,XI àsrdà, 1136-yilda , XII–XIII àsrlàrdà, 1147-yildagi ,XVI asr o‘rtalari ,XIV àsr boshi V .Darsni yakunlash: dars mavzusiga yakuniy xulosa qilish ,yuzaga kelgan savollarga javob berish ,faol qatnashgan o`quvchilar bilimini baholash VI .Uyga vazifa : o`tilgan mavzu savollariga tayorlanish_____________________________ O`TIB. Dir.o`rinbosari__________ Sana ____________________________________Sinf __________________________ Mavzu : 30-§. RUSLARNING BOSQINCHILARGA QARSHI KURASHI Dars maqsadi : -O`quvchilarga RUSLARNING BOSQINCHILARGA QARSHI KURASHI tarixi haqida bilim berish Tarbiyaviy maqsad: - o`quvchilarga tarixiy taraqqiyot tajribalaridan zarur saboqlar olib yashash lozimligini uqtirish; Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish. Tayanch kompetentsiyalar: Kommunikativlik O`z fikrini og`zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to`g`ri qo`ya olish va javob berish; Fanga oid kompetensiyalar: Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi. tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi; mazkur davrni o„rganish orqali o„quvchilar tarix fanining o„rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi; Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro`y bergan voqealar haqida ma‟lumot bera oladi Dars turi :yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi Dars metodi : Interfaol metodlar , guruhlarda ishlash o`zingizni sinang Dars jihozi : darslik ,xarita , tarqatma materiallar _____________________________ Darsning borishi: I .Tashkiliy qism : salomlashish,davomatni aniqlash ,sinfni darsga tayorlash ,kun tarixi aytiladi II.O`tilgan mavzuni takrorlash : 1. Kiev Rusining qaysi shahridagi syezdning muhim qarorida «har kim o`z yeriga egalik qilsin» deyilgan? A) Novgorod B) Suzdal C) Kiev D) Lyubech 2. Kim Lyubech shahrida knyazlarning birinchi syezdini chaqirgan? A) Vladimir Monomax B) Yuriy Dolgorukiy C) Vsevolod Mstislavich D) Mstislav 3. Lyubechdagi syezdda Vladimir Monomax Kievning qaysi knyazi bilan uchrashadi? A) Mstislav bilan B) Svyatopolk bilan C) Vsevolod Mstislavich bilan D) Igor bilan 4. Vladimir Monomax va Mstislav vafotidan so`ng Rusda necha mustaqil knyazlik bo`lgan? A) 9 ta B) 21 ta C) 10 ta D) 15 ta 5. Botuxon bosqini arafasida Rusda necha mustaqil knyazlik bo`lgan? A) 10 ta B) 50 ta C) 59 ta D) 15 ta 6. Kiyev bilan aloqasini uzgan dastlabki knyazlik qaysi? A) Pskov B) Novgorod C) Moskva D) Suzdal 7. Qachon Novgorod knyazligiga Kiev knyazining to`ng`ich o`g`li qo`yilgan? A) XIII asrda B) XII asrda C) XI asrda D) X asrda 8. Rusdagi qaysi knyazlik boyarlar respublikasiga aylana borgan? A) Pskov B) Kiyev C) Moskva D) Novgorod 9. Qachon novgorodliklar vechesi Monomaxning nabirasini knyazlik taxtidan chetlatib, zindonga tashlashga qaror qiladi? A) 1136 yilda B) 1162 yilda C) 1180 yilda D) 1137 yilda 10. Qachon Novgorod uzil-kesil respublikaga aylanadi? A) 1162 yilda B) 1136 yilda C) 1180 yilda D) 1137 yil III. Yangi mavzu bayoni : Chingizxon 0 ‘rta Osiyo va Eronning shimolini istilo qilganidan so‘ng 1223-yili mo‘g‘ul qo^hinlari rus yerlanga ham bostirib kiradi.Mo‘g‘ullar harbiy hiyla ishlatib rus askarlarini otliq qo'shin harakati uchun qulay maydonga chiqarib, so‘ng hujumda tor-mor qiladi. C h in g iz x o n n in g n ab ira si Botuxon 1237— 12 4 2 -y illa ri Sh arq iy Yevropada istilochilik urushlari olib boradi. Uning qo‘shinlari aw a l Rus knyazliklarini, keyinchalik Polsha, qisman Serbiya va Bolgariyani istilo qilishadi. Rusdagi feodal tarqoqlik mo‘g‘ullarga qo‘l keladi, uzoq qamaldan so‘ng, 1240-yili Kiyev olinadi. Botuxon yangi bosib olingan hududlarda Oltin 0 ‘rda xonligini tuzadi. Uning poytaxti Saroy Botu (keyinchalik Saroy Berka) Volga daryosining quyi oqimida, hozirgi Astraxan shahri yaqinida bo‘lgan. Novgorod knyazi AieKsandr Yaroslavich 1240-yilning 15-iyulida Neva daryosi sohilidagi jangda shvedlar ustidan g'alaba qozonadi. Bu g‘alaba sharafiga knyaz Aleksandrga Nevskiy nomi beriladi.Novgorod-Pskov knyazligining mo'g'ullar istilo qilmagan boy yerlari nemis ritsarlarini ham o ‘ziga jalb etadi. Nemislar qo‘shini 1240-yili Pskov yaqinidagi Izborsk qal’asini egallaydi. 1242-yilnmg 5- aprelida Chud ko'lida b o ‘lib, Aleksandr Nevskiy boshchiligidagi rus qo'shinlari nemis ritsarlari ustidan porloq g‘alabaga erishadi. Bu jang Rus tarixida "Muz ustida jang” nomi bilan ataladi. IV. Mustahkamlash: O'yingizni sinang! :ltin O'rda — ... Saroy Botu — ... Botuxon — ... “ Knyazlar oqsoqoli" — ... Mixail Vsevolodovich — ... Aleksandr Nevskiy — ... Neva daryosi sohilidagi jang “Muz ustida jang” — ... Tverdila — ... V .Darsni yakunlash: dars mavzusiga yakuniy xulosa qilish ,yuzaga kelgan savollarga javob berish ,faol qatnashgan o`quvchilar bilimini baholash VI .Uyga vazifa : o`tilgan mavzu savollariga tayorlanish_____________________________ O`TIB. Dir.o`rinbosari__________ Sana: _____________ Fan: Jahon tarixiSinfi: 7 ___ ____ ____ Mavzu: Yevropa madanyati Maqsadlar: Ta`limiy maqsad:-o`quvchilarga XI-XV asrlardaYevropa madanyati, Maorif va fan haqida ma`lumot berish; Tarbiyaviy maqsad: - o`quvchilarni ma`nan yetuk inson bo`lib yetishishiga hissa qo`shish; Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, rivojlantirish. Tayanch kompetentsiyalar: Kommunikativlik o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish; Fanga oid kompetensiyalar: Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi. tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix faniningo‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi; Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi Dars turi: Yangi bilim beruvchi Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi Dars jihozi : darslik ,xarita , tarqatma materiallar _____________________________ Darsning borishi: I.Tashkiliyqism: Salomlashish, davomataniqlanadi ,sinftozaligikuzatiladi. II.O`tilganmavzunitakrstorlash:O`qituvchi o`tilgan darsni uyga vazifasini tekshiradi, o`tilgan mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilarga jadval to`ldirish topshirig`I beriladi.
III.Yangi mavzu bayoni: Salib yurishlari vaqtida yevropaliklar dunyoning kengligini, undagi rang-baranglikni ko`rdilar. Ularda notanish mamlakatlarga qiziqish paydo bo`ldi. Ba'zi sayyohlar Yevropa mamlakatlaridan ancha uzoq joylarga ham borardilar. Bu yerlardan boshqa xalqlarning hayotiga oid qiziqarli ma'lumotlar olib kelishardi. Shunday sayyohlardan biri venetsiyalik savdogar Marko Polo edi. Marko Polo (1254 - 1324) umrining qariyb yigirma besh yilini o`z vatanidan olisda o`tkazdi. Ko`p yil Xitoyda yashadi. Bu mamlakatning hayotini diqqat bilan kuzatdi. Sayyoh Italiyaga qaytib borgach, Osiyo mamlakatlaridagi xalqlarning hayoti va urf-odatlari haqida kitob yozdi. ,,Marko Polo kitobi" uzoq vaqtgacha geografiya xaritalarini tuzishda qo`llanma bo`lib xizmat qildi. XII asrda Yevropada dastlabki oliy maktablar - universitetlar paydo bo`ldi. Ular mashhur o`qituvchilar bo`lgan shaharlarda vujudga keldi. Ularning birinchisi Parij universiteti edi. Universitetlarda darslar lotin tilida olib borilardi. Shuning uchun universitetlarning har birida turli mamlakatlardan borgan yoshlar o`qiy olardi. Universitetlar shahar ma'murlariga qarshi uzoq vaqt kurash olib borib, o`zini-o`zi boshqarish huquqini qo`lga kiritganlar. Endi ular universitet rahbarlarini va sudlarini o`zlari saylaydigan bo`lganlar. Turli fan o`qituvchilari o`zlarining ayrim-ayrim birlashmalari — fakultetlarini tashkjl etdilar. Har qaysi fakultetga dekan boshchilik qilgan. o`qituvchilar bilan studentlar birgalikda universitet boshlig`i (rektor)ni saylardilar. Universitetlarda ilohiyot, qonunlar, tibbiyot o`rgatilardi. Studentlar o`qituvchilarning`ma'ruzalarini tinglar va yozib olardilar. Ma'ruzalar disput (munozara)lar bilan to`ldirilardi. XV asrda Yevropada 65 ta universitet bor edi. Ularning eng mashhurlarini Parij, Bolonya (Italiyada), Oksford (Angliyada), Praga, Krakov (Polshada) universitetlari tashkil etardi. Xo`jalik taraqqiyoti ilmiy bilimlarning vujudga kelishiga sabab bo`ldi. Dehqonlar yerga ishlov berish usullarini takomillashtirdilar. Tuproqning xususiyatlarini bilib oldilar. Ob-havoni, chorva mollari va ekinlarning holatini kuzatib bordilar. Hunarmandlar metall va toshlarning xossalarini o`rgandilar. Turli tajribalar o`tkazdilar, bo`yoq va oyna tayyorladilar. o`rta asrlarda astrologiya va alximiya kabi o`ziga xos fanlar taraqqiy topdi. Astrologlar kelajakda nimalar bo`lishini yulduzlarga qarab bilish mumkin, der edilar. Qirollar, sarkardalar va sayyohlar biror ishga kirishishdan oldin astrologlardan maslahat olardilar. Alximiklar esa har qanday metallni oltinga aylantirishga yordam beradigan ,,sehrli tosh" qidirganlar. IV.Mustahkamash:Yangi mavzuni mustahkamlashda o`quvchilar atamalarni izohlaydilar. Faol guruhlar baholanadi. Universitet ..., magistrlar..., kollegiya..., kollej..., fakultet..., dekan... rektor ..., konsler..., pergament..., Iogann Gutenberg ..., Rojer Bekon ..., V.Baholash: Darsda faol qatnashgan,uyga vazifa bajargan,o`tilgan va yangi mavzuni mustah- kamlashda ishtirok etgan o`quvchilarbaholanadi. VI.Uyga vazifa:29- mavzu savollariga javob yozib kelish. O`.T.I.B.D.O` __________________ ____________ ____________ Sana: ______________Fan: Jahon tarixiSinfi: 7 ___ ____ ____ Mavzu: G`arbiy Yevropada me`morchilik,san`at va adaboyot. Maqsadlar: Ta`limiy maqsad:-o`quvchilarga XI-XV asrlardaG`arbiy Yevropada san`at va adabiyot,Gumanizm g`oyasining shakllanishi haqida ma`lumot berish; Tarbiyaviy maqsad: - o`quvchilarni ma`nan yetuk inson bo`lib yetishishiga hissa qo`shish; Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, rivojlantirish. Tayanch kompetentsiyalar: Kommunikativlik o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish; Fanga oid kompetensiyalar: Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi. tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix faniningo‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;
Dars turi: Yangi bilim beruvchi Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi Dars jihozi : darslik ,xarita , tarqatma materiallar _____________________________ Darsning borishi: I.Tashkiliyqism: Salomlashish, davomat aniqlanadi ,sinf tozaligi kuzatiladi, `quvchilar bugunning II.O`tilgan mavzuni takrstorlash: O`qituvchi o`tilgan darsni uyga vazifasini tekshiradi. III.Yangi mavzu bayoni: XI asrda g`arbiy Yevropada katta qurilishlar boshlandi. Cherkov ibodatxonalarni kengaytirdi. Mustahkambo'1magan yog`och imoratlar o`rniga gumbazli g`ishtin binolar qurildi. Bu binolarning poydevorlari gumbazlatfning og`irligiga bardosh berishi uchun juda qalin qilib qurilardi. Binokorlar qurilish ishlarida qadimgi Rim me'morchiligi namunalaridan foydalandilar. Shuning uchun XII - XV asrlardagi inshootlar roman uslubidagi inshootlar deb ataladi. Roman uslubidagi ibodatxonalarning devorlari silliq edi. Ularning baland minoralari va yarim doirasimon arklari bo`lgan. Yarim doiraviy ark shakli ibodatxonaning hamma joyida - gumbazlarda, derazalarda, kirishdagi eshiklarda ham ko`zga tashlangandi. Roman uslubidagi ibodatxonalar katolik cherkovining kuchqudratiga odamlarda ishonch uyg`otish uchun qal'aga o`xshatib, salobatli va haybatli qilib qurilgan edi. Ko`pincha ular atrofdagi aholi uchun boshpana vazifasini ham o`tagan. Shaharliklar savdo rastalari, ratushalar, kasalxona va mehmonxonalar qura boshladilar.XII - XV asrlardagi binolar keyinchalik gotik uslubida qurilgan binolar deb ataldi. Binokorlar mahoratining o`sib borishi yarim doira shaklidagi qo`pol gumbazlarni ancha yengil va o`tkir uchli baland qubbalar bilan almashtirishga imkon berdi. Qalin devorlar keraksiz bo`lib qoldi. Gotik uslubidagi soborlarda juda ko`p katta derazalar bo`lgan. Shu tufayli ular yengil va tiniq ko`rinishi bilan roman uslubidagi yarim qorong`i soborlardan farq qilgan. Gotik uslubda qurilgan eng katta soborlar minorasi Misr ehromlaridan ham baland bo`lib, 150 metrga yetgan.G`arbiy Yevropada Bibi Maryam ,,bekam" ma'nosida ,,madonna" deb atalar edi. O'rta asr san'atkorlari odamlarning fikr boyligini, tuyg`u va kayfiyatlarini ko`rsatib berishga harakat qildilar. Antik davr haykaltaroshlari esa inson gavdasining go`zalligini ulug`lagan edilar.Shoirlar xalq ashulalari va dostonlarini to`plaganlar. Urush qahramonliklari va sargnzashtlari haqida she'riy roman va poemalar yozganlar. Bular aslida jangnomalar edi. Gumanizm g`arbiy Yevropada XIII asrdan boshlab Italiyada sxolastika va cherkov aqidalarining yakka hukmronligiga qarshi g`oya sifatida shakllana boshladi. Sxolastikaning yirik namoyandasi Foma Akvinskiy edi (1225 1274). U mashhur ,,Ilohiyot to`plami" asarining muallifi. Muallif asarida aql xudoning borligini asoslashga qodir, deb yozgan. Ilohiyot (xudo to`g`risidagi ta'limot) - diniy aqidalar va ular haqidagi ilohiy ko`rsatmalarni o`z ichiga oluvchi diniy ta'limot. IV.Mustahkamash:Yangi mavzuni mustahkamlashda o`quvchilar gumanistlar haqidagi jadvalni to`ldiradilar.
V.Baholash: Darsda faol qatnashgan,uyga vazifa bajargan,o`tilgan va yangi mavzuni mustah- kamlashda ishtirok etgan o`quvchilarbaholanadi. VI.Uyga vazifa: 30- mavzu savollariga javob yozib kelish.XIV asrda Markaziy Osiyodagi ilm –fan taraqqiyoti haqida ma`lumot yozish va yevropa bilan taqqoslab kelish. O`.T.I.B.D.O` __________________ ____________ ____________ Sana: ______________Fan: Jahon tarixiSinfi: 7 ___ ____ ____ Mavzu: Saljuqiylar davlatlari Maqsadlar: Ta`limiy maqsad:-o`quvchilarda Saljuqiylar davlatlari haqida tasavvurni hosil qilish; Tarbiyaviy maqsad: -o`quvchilarga turk madanyati haqida ma`lumot berish; Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, rivojlantirish. Tayanch kompetentsiyalar: Kommunikativlik o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish; Fanga oid kompetensiyalar: Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi. tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix faniningo‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi; Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi Dars turi: Yangi bilim beruvchi Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi Dars jihozi : darslik ,xarita , tarqatma materiallar _____________________________ Darsning borishi: I.Tashkiliyqism: Salomlashish, davomat aniqlanadi ,sinf tozaligi kuzatiladi, `quvchilar bugunning II.O`tilgan mavzuni takrstorlash: O`qituvchi o`tilgan darsni uyga vazifasini tekshiradi. 1-savol: Qaysi shaharlar XIV asrning boshlarida rus yerlarining yangi markazlari sifatida yuksala boshlaydi? 2-savol: Moskva knyazligiga Oltin O`rdaga qarshi kurashish uchun qanday qulay vaziyat vujudga keladi? 3-savol: Amir Temur rus yerlarini mo`g`ullar zulmidan ozod bo`lishiga qo`shgan hissasi haqida gapirib bering. Download 1.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling