Sana: Fan: Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari Sinf


Download 0.6 Mb.
bet98/116
Sana05.01.2022
Hajmi0.6 Mb.
#210527
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   116
Bog'liq
7-sinf MIG' konspekt [uzsmart.uz]

Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism.

a) salomlashish.

b) davomatni aniqlash.

II. O’tilgan mavzuni takrorlash

1.Sa’nat tushunchasi?

2.San’atning turlari ,

3.Xaykaltaroshlik qay tariqa shakllanadi?

4.O’zbekistonda shakllanayotgan sa’natlar haqida?

5. O’zbekistonda san’atning shakllanishida o’zbek xalqining madaniyati haqida?

III. Yangi mavzuning bayoni.

Buni yodda tut. Insonning eng go'zal fazilatlaridan biri uning insonparvarligidir. Odamlarni sevish, ularning tashvishi bilan yashash, yordamga muhtoj kishilarga g'amxo'rlik ko'rsatish insonparvarlik tushunchasining asosini tashk:: etadi. Insonparvarlik uchun millat yoki irq ajratish, shaxsiy manfaatni ko'zlash mutlaqo yotdir emas. Bag'rikenglik, o'zgalar dardija sherik bo'lib, ularga shafqat ko rsatishdek insonparvarlik tuyg'ulari xalqim-/ tabiatiga azaldan xosdir.Yurtimizga kelib ketgan aksariyat xorijliklar o'zbek xalqining mehmondo'stligini ko'p gapi ishadi. Buni Sen televizordan ham, radiodan ham eshitgansan. Endi bir mulohaza qilib ko'raylik: bu mehmondo'stlikning zamirida qanday xislat yotibdi?Bu savolga javob berish uchun awal boshqa bir savolga javob topishimiz lozim: xo'sh, qaysi yurtdan kelmasin, qachon kelmasin, mehmon deganimiz kim o'zi?

Inson!

Demak, mehmonga mehr ko'rsatish, e'tibor qaratish, uning ko'ngliga qarash — Insonga mehr, Insonga e'tibor, Inson ko'nglini e'zozlash degani ekan-da! O'zbek xalqining mehmondo'stligi insonparvarlikning yana bir go'zal ko'rinishi ekan-da!Albatta, insonparvarlik kimgadir ko'z-ko'z q Hnadigan, ostida qandaydir ta'ma yotadigan narsa emas. Zinapoyadan chiqishga qiynalayotgan keksa odamning qo'ltig'iga kirish ham, bezori bolalar xafa qilib yig'latayotgan kichkinagina qizaloqni himoya qilish ham, otasi yoki onasidan ajrab qolgan sinfdosh1 nizning ko'nglini ko'tarib, uning qayg'usini yengillatishga harakat qilishimiz ham aslida insonparvarlik deganidir.Islom dinida kishilarni insonparvarlik ruhida tarbiyalashga alohida e'tibor beriladi. Jumladan, hadisi shariflarning birida «O'zingiz yaxshi ko'igan narsani birodaringizga ravo ko'rmaguningizcha hech biringiz chinakam mo'min bo'la olmaysiz» deyilgan. Demak, o'zimiz yaxshi ko'rgan narsani boshqa birov so'raganda berishgina emas, balki hech kim aytib so'ramasa ham, chin ko'ngildan shuni boshqalarga ravo ko'rishimiz lozim ekan. Inson esa juda ko'p narsani yaxshi ko'radi. Bular orasida — tinchlik va omonlikda yashash, samimiy do'stlar qurshovida bo'lish, baxtli umr kechirish singari istaklar bor. Shular bizga yoqar ekan, boshqalarga ham ularni ravo ko'rishimiz — chinakam fazilat — insonparvarlik hisoblanadi.Adolat — odiJik tuyg'usisiz insonparvarlikka erish.b bo'lmaydi. Har qanday ishda adolatli bo'lish insonning barkamolligini ko'isatuvchi muhim belgidir. Amir Temur bobomizning uzuk-muhrida «Kuch- adolatdadir» deb bejiz yozib qo'yilmagan edi. Sohibqironning misli ko'rilmagan darajada ulkan saltanat qurishi, bu saltanatning uzoq yillar davomida gullab-yashnashiga ham ay nan adolatli ichki va tashqi siyosat yurgizilgani sabab bo'lgandi desak, aslo xato bo'lmaydi. Tarixdan bnning aksi bo'lgan misollarni ham ko'plab keltirish mumkin. Shu o'rinda XI asrda yashab ijod qilgan, vazirlik lavozimida ishlab shuhrat qozongan Nizomulmulkning «Siyosatnoma» asaridagi bir rivoyatni eslash o'rinlidir. Nizomulmulk yozadi:«Alloh taolo ne'matlari qadrini podshohlarning bilishlari ularning xalqqa qiladigan xayr-u ehson va adolatlaridan ma'li.m bo'ladi. Agarda xalq duolari neklik (vaxshilik) bilan qo'shilsa. mulk (mamlakat) mustahkam bo'lib, kun sayin kuchga to'ladi shu mulk o'z davlat va tinchligidan bahramand bo'ladi...



Hikoyat

Abdulloh bin Umar al-Xattob o'z otasiga avtgan ekan:



  • Ey ota, olamdan o'tsang. seni tezroq — ikkinchi yo uchinchi I kechada tushimda ko'rishni istayman.

(Otasi vafot etgach) oradan o'n ikki yil o'tib ham uni tushida ko'rmaydi. O'n ikki yildan keyin tushiga otasi kiradi. Tushida o'g'li undan so'raydi:

  • Ota, sen menga uch kechadan keyin tushingga kiraman, degan eding-ku!?

Otasi javob beradi:

  • Naharvonda bir ko'prik buzilgan ekan va xizmatchilar uni tuzatmagan ekanlar. Qo'ylar shu ko'prikdan o iayotgan vaqtda bir qo'yning oyog'i o'sha buzilgan joy — teshikka tushib sinibdi. hozirgacha shuning javobini berdim...»

(Nizomulmulk. «Sivosotnoma yoki Siyar ul-imiliik» kitohi.

Toshkent, «Adolat» nashriyon, 1997-yil JQ—20-betlar.)

Respublikamiz Prezidenti lslom Karimov: «Biz shunchaki de­mokratik jamiyat emas, demokratik odil jamiyat qurmoqchimiz. Adolat va haqiqatga intilish esa xalqimiz tabiatining muhim fazilatlaridan biridir», — deb ta'kidlaydi.Adolatli muhit biror jamiyatda o'z-o'zidan paydo bo'lib qolmaydi. Buning uchun o'sha jamiyat a'zolarining har biri har qanday ishda adolatli bo'lishga intilmog'i lozim. O'ylab qarasang, Sening sinfing ham bir jamoa — mo'jaz bir jamiyat sanaladi. Xo'sh, shu jamoaning yurish-turishi qilayotgan ishlarida hamisha ham adolat hukmronlik qilyapti deb ayta olamizmi?Masalan, sintdoshlarimizdan bii. ikkinchisit: arzimagan narsa uchun xafa qildi — ko'nglini og'ritdi. Hammamiz ko'rib-bi'ib turibmizki, uning xatti-harakati noto'g'ri, adolatsiz edi. Birortamiz unga shuni ochiq aytdikmi? Qo'lini yoki tilini tivishga harakat qildikmi? Adolabizlikka uchragan o'rtog'imizni qay birimiz himoya qildik?..Bu savollar Senga bekorga berilayotgani yo'q. Gap shundaki, arzimasdek ko'ringan bu voqeaga bugun vaqtida munosabat bildiilmasa — kichik adolatsizlikka barham berilmasa, ertaga u o'z ortidan katta adolatsizliklarni boshlab kelishi mumkr.n Eng yomoni — sinfda (jamoada, jamiyatda) bu narsa oddiy holga aylanib qolishi, adolatsizlik muhiti hammani o'ziga bo'ysundirib olishidir. Bunday sharoitda esa har qanday qing'irliklarga yo'l ochiladi.Masalan, bir guruh bola har safar maktab hovlisini tozalashga chiqsa, boshqa bir guruhi har safar o'zini ishdan olib qochadi; kimdir «аЧо» bahoni tun-u kun dars qilish evaziga qo'lga kiritsa. boshqa bir sinfdoshimiz bu bahoga turli qing'ir yo'llar bilan erishadi; oxiri shu bilan tugaydik chinakam bilimli bola bir yoqda qolib, ota-onasimug «tamsh-bilishi» koproq bola olimpiadaga boradi va hokazo.

Ko'ryapsanki, biz yashaydigan jamiyatda qanday muhit hukmron bo'lishi har birimizga va hammamizga birdek tegishli masaladir. O'zi yashaydigan jamiyatni muntazam sog'lomlashtirishga ongli harakat qilishi bilan ham inson hayvondan farqlanib turadi. Hayvonot olami to'g'risidagi hujjatli filmlarni ko'proq va diqqat bilan tomosha qilishga harakat qil. Shunda Sen hayvonlar hayotida «changalzorlar qonuni» amal qilishini eshitasan va ko'rasan. Bu degani hayvonot olamida kuchlilar ojizlarni mahv etish evaziga hayot kechiradi, deganidir. Adolat, shafqat, mehr-muruvvat, atrofdagilarga e'tibor bu muhit uchun mutlaqo yot, deganidir Agar jamiyatning har bir a'zosi shuni anglamasa, o'z hayotini o'z o'nglash loz mligini his qilrna^a, odamlar turmushida ham mana shunday yovuz muh.t paydo bo'Hshi mumkin. Chunki jamiyat hayotining sog'lomligi unda yashaydigan har bir insonning ma'naviy-ruhiy sog'lomligiga chambarchas bog'liqdir. Sog'lom fikrlaydigan inson esa atrofidagi voqealarga «menga nima» degan munosabatda bo'lolmaydi. «Menga nima» deyish, aslida, «men hech kim emasman, mening qo'limdan hech narsa kelmaydi, men — bor-yo'g'i tirik jasadman» deyish bilan barobardir. Chinakam insonlar uchun bunday hayotning qizig'i ham, ma'nosi ham bo'lmaydi.Mustaqil fikrlaydigan, inson degan yuksak nomga munosib yashashni maqsad qilib olgan kishilar o'z taqdirini xalqi va millati taqdiridan avri holda tasawur qilolmaydi. O'zini shu katta xalqning bir vakili, uning taqdiri uchun mas'ul his qiladi. Demak, yurtimizning buguni va ertangi kuni qanday bo'lishi bizning qanday bo'lishimizga chambarchas bog'liq ekanini chuqur anglasakkina, shu yurtga munosib farzand bo'la olamiz.


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling