Immunitet - lotincha «immunutas» so`zidan olingan bo`lib, hiror narsadan xalos va forig` boiishni, muayyan kasallikni qo`z-g`atuvchi virusga, dardga qarshilik ko`rsatish qobiliyatini (masalan, inson tanasi immuniteti) bildiradi. Shuningdek, u daxlsizlik ma`no-sini ham anglatadi (masalan, deputatlik immuniteti, diplomatlik immuniteti).
E`tibor berganmisiz, siz kabi o`quvchilar dars tugaganidan so`ng biron joyga, deylik, stadionga borib futbol o`ynamoqchi bo`lsa, odobli bolalar «Men ota-onamga aytib, ularni ogohlantirib qo`yishim kerak, bo`lmasa ular xavotir olishadi», deb, avvalo uyidan ruxsat so`raydi. Yoki yomon xulqli bolalar aqlli o`quvchilarni sigaret chekishga o`rgatmoqchi bo`lsa, ota-onasining «Hech qachon yomon bolalarga qo`shilma, ular seni yo`ldan uradi», degan gaplarini eslab, zararli odatga o`rganmaydi. Bu misollar o`sha bolalarning qalbida yomon illatlarga nisbatan qarshilik ko`rsatish tuyg`usi, ya`ni immunitet shakllanayotganidan dalolat beradi.
Vatanimiz ham, xuddi ota-onamiz kabi, faqat bizning baxtimizni o`ylaydi. Bizni bugungi dunyoda tobora keng yoyilib borayotgan salbiy ta`sirlardan asrashga harakat qiladi. Milliy g`oyamizning asosiy tushuncha va tamoyillari aynan shu maqsadda ishlab chiqilgan. Ular asosidagi mafkuraviy immunitet, avvalo, har bir yurtdoshimizning ona yurtimizga muhabbat va sadoqat bilan, fidoiylik ko`rsatib yashashga, xalqimiz, Vatanimiz manfaatlariga zid bo`lgan g`oyaviy oqimlar, qarashlarga hech qachon ishonmaslikka da`vat etadi.
Shuni bilingki, sog`lom immunitetga ega bo`lmagan odam sog`lom e`tiqod va dunyoqarashdan ham mahrum bo`ladi. Unday kishilar yaxshi bilan yomonning, do`st bilan dushmanning farqiga bormaydi. Xalq va Vatan manfaatlari ular uchun mutlaqo begona.
IV darsni mustahkamlash.
Bugungi kunda nima sababdan inson qalbi va ongini egallash uchun kurash bormoqda?
Qalb va ongning xususiyatlari nimalardan iborat?
«Immunitet» so`zining lug`aviy ma`nosi nimani anglatadi?
«Mafkuraviy immunitet» tushunchasini sharhlab bera olasizmi?
Do'stlaringiz bilan baham: |