Sana: Fan: Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari Sinf


III. Yangi mavzuning bayoni


Download 0.75 Mb.
bet23/69
Sana24.03.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1293238
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   69
Bog'liq
9-SINF Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari 2017 @sadikov uz

III. Yangi mavzuning bayoni.
MAFKURAVIY IMMUNITET
Aziz o`quvchi, bugungi kunda dunyoda inson qalbi va ongini egallash uchun qattiq kurash borayotgani va unda turli mafkuraviy markazlar tomonidan har xil ta`sir vositalari ishga solinayotgani haqida siz bilan suhbatlashdik. Bunday ta`sirlar turli xil jozibali shior va g`oyalar bilan niqoblangani uchun bir qarashda ularning qanchalik xavfli ekanini sezish oson emas. Masalan, oddiy o`yinchoq, multfilm yoki komputer o`yinlari vositasida bolalar shafqatsizlikka, insonga mehr emas, nafrat bilan qarashga o`rgatilishi mumkin.
Bamisoli odobli bolaning qulog`ida ota-onasi, ustozlarining pand-nasihatlari yangrab turganidek, ma`naviy immuniteti kuchli bo`lgan odamning qalbida Vatani va xalqining mehri quyoshdek porlab turadi. Ana shu mehr insonni faqat ezgu ishlarni, ona diyorining ravnaqi, el-u yurtining baxt-u saodatini o`ylab yashashga undaydi. Binobarin, yomonlikka qarshi nafrat, yaxshilikka nisbatan muhabbat va xayrixohlik, kindik qoni tomgan qadrdon zaminga fidoiylik - ma`naviy immunitetning asosiy belgilaridir. Mafkuraviy immunitet esa ana shunday immunitet asosida shakllanadi. Uning asosiy xususiyatlari ogohlik, fikrga qarshi faqat fikr, g`oyaga qarshi faqat g`oya, jaholatga qarshi faqat ma`rifat bilan kurasha olish ko`nikmasidir. Bu tamoyillarni Prezidentimiz asoslab berganini siz o`tgan darslarimizdan yaxshi bilasiz.
Ogohlik - dunyodan, yon-atrofda bo`layotgan o`zgarishlardan, odamlar va xalqlarning orzu-intilishlaridan doimiy boxabar bo`lib yashashdir. Mana shunday qoidani hayot tarziga aylantirgan xalq hayotda paydo ho`layotgan muammolarni vaqtida hal etadi, tajovuzkor kuchlarning g`oyaviy va boshqa har qanday hamlalariga qarshi munosib zarba bera oladi.
Ogohlikning` zaruratini ajdodlarimiz ham yaxshi his etgan. Xususan, buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy ogoh odam shoh kabi katta imkoniyatlarga ega ekani, ya`ni u dunyoda nimalar sodir bo`lishini oldindan ko`rib turishini ta`kidlab, bunday degan:



Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling