Sana: Fan: Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari Sinf


Download 0.54 Mb.
bet8/9
Sana11.11.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1767338
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Мги кружок 2

Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
a) salomlashish.
b) davomatni aniqlash.
II. O’tilgan mavzuni takrorlash
1Vatanning buyuk boyliklari deganda sen nimalarni tushunasan?
2«Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari» fani tayanadigan asos nima?
3Sen maktab bilan bog'liq yana qanday tuyg'u va tushunchalarni bilasan?
4Daftaringga «istiqlol» so'zi bilan bog'liq tushunchalarni bir tartibda yozib, har birini sharhlashga harakat qil.
Sen televizordan ko'proq qanday ko'rsatuvlarni ko'rasan, ularning foydasi yoki ziyoni haqida o'ylab ko'r.
III. Yangi mavzuning bayoni.
Aziz Vatandosh! Ushbu fanning nomi «Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari» bo'lgani uchun, kel, dastlab «g'oya» so'zining ma'no-mazmuni haqida suhbatlashaylik.Sen tabiiy fanlardan yaxshi bilasan, inson o'ylaydigan, fikrlaydigan mavjudot. Uning miyasidagi axborotlarm qayta ishlab, tahlil qiladigan, ya'ni ularning turli belgi-xususiyatlarini aniqlaydigan, guruhlarga ajratadigan, tashqi ta'sirlarga javob qaytarib, butun tanani boshqarib turadigan markaz ong yoki tafakkur deyiladi. Inson miyasi hayotdagi yangilik va o'zgarishlarni tinimsiz qabul qilib, qayta ishlab turgani uchun uning ongida ham doimo yangiliklar paydo bo'lib turadi. Bu yangiliklarni biz fikr, o'y yoki xayol deymiz.Masalan, ba'zilar Vatanimiz poytaxtiga kelib, bu yerdagi o'zgarishlarni ko'rganidan so'ng o'z taassurotlarini bunday bayon qiladi «Toshkentga bo. b, fikrim, tasawurim butunlay o'zgarib ketdi, u yerdagi yangi-yangi binolar, litsey va kollejlar, obod ko'chalar, go'zal xiyobonlarni ко'rib, mustaqillikning kuchiga yana bir bor tan berdim». Ko'rdingmi, yangilik va o'zganshlar odamlarning ongida yangi fikrlar paydo qnadi, tafakkurini o'zgartiradi.Hayot doimiy o'zgarishda bo'lgani uchun insonning ongida ham yangi fikrlar tug'ilaveradi. Birov uy qursam, mashina olsam, deydi. Yana birov to'y qilsam, nevara ko'rsam, deydi. Yana ba'zilar, qani bizlar ham Amerika, Yaponiya, Germaniya kabi rivojlangan mamlakatlardagidek ozod va obod Vatanda yashasak, deb orzu qiladi. Umuman, inson fikrlamasdan yasholmaydi. Chunki u tabiatan bunyodkor: doimo nimadir qursam, nimadir yaratsam, deydi. Agar u fikrlashdan to'xtasa, yangilikka bo'lgan intilishi ham to'xtaydi. Hech narsaga intilmaydigan insonning hayotida esa o'zgarish ham, yangilik ham bo'lmaydi. Uning uchun yashashning ham qizig'i qolmaydi.Odamlarning ana shunday orzu-niyatlariga qarab, fikrlar ikki xil bo'ladi. Birinchisi — faqat bir odamning maqsadini ifoda etadigan shrxsiy fikr. Ikkinchisi — ko'pchilikning maqsadini ifoda etadigan ijtimoiy fikr.
| Buni bilib ol. Ijtimoiy arabcha jam so'zidan yasalgan si- • fatlovchi bo'lib, ko'pchilikka, umumga tegishli bo'lgan narsani bildiradi.
Fikr odamlarning e'tiborini tortadigan, ularni birlashtira- digan, harakatga undaydigan bo'lsa, goya deb ataydilar.
Shuning uchun ham shaxsiy fikr, ya'ni bir odamning shaxsiy maqsad va manfaatlaridan boshqa narsani ifoda etmaydigan fikrg'oya bo'lolmaydi. Chunki u faqat bitta odamning maqsadini ifoda etadi. Masalan, «Men uy qurmoqchiman» yoki «Men o'qishga kirmoqchiman» degan fikrlar boshqalarni b'rlashtirish va harakatga undash kuchiga ega emas.Fikrning g'oyaga aylanishi uchun bir necha shartlar bo'lishi kerak. Ya'ni, fikr awalo ko'pchilikning orzu-intilishlari va manfaatlarini ifoda eta olishi, ularni birlashtirishi va ana shu fikrni amalga oshirish uchun safarbar etr hi lozim. Shuning uchun ham ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan fikrg na g'oyaga aylanishi mumkin. Chunki u aytilgan shartlarning barchasiga javob beradi. Masalan, «Men mahalla raisi bo'lsam, odamlarni birlashtirib, ularning kuchi bilan yangi guzar qurdiraman» degan gap shu mahalla a'zolari uchun ijtimoiy fikr. Bu, o'z navbatida, mahalla ahlini ana shu odam uchun ovoz berishga undaydigan, shu yo'lda birlashtiradigan va safarbar etadigan g'oya hamdir.Qisqacha qilib aytganda, g'oya vaqt o'tgan sari hammaga tushunarli, dolzarb bo'lib, tiniqlashib boradigan fikrdir.Agar fikr mamlakat miqyosida ijtimoiy ahamiyat kasb etsa, u vaqti kelib, milliy g'oyaga aylanishi mumkin. Buni bilib ol. Milliy degani faqat bir millatga emas, balki • millatidan qat'i nazar, butun bir hududda, ya'ni yagona mam- lakatda yashayotgan xalqqa tegishli bo'lgan narsalarni ham bildiradi.Masalan, mustaqillik asrlar davomida ota-bobolarimizning xayoli- ni band etib kelgan armon, ya'ni amalga oshmayotgan fikr edi. U ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgani, borgan sari butun xalqimiz manfaat- lariga javob beradigan maqsadga aylangani uchun oxir-oqibatda bar- chani birlashtiradigan milliy g'oyaga aylandi. Yurtimizning fidoyi far- zandlari Prezident Islom Kanmov boshchiligida ana shu g'oya atrofida birlash b, 1991-yil 31-avgustda uni amalga oshirdi va mustaqil O'zbekis- ton davlati vujudga keldi.Agar e'tibor bergan bo'lsang. televizor va radioda «ijtimoiy fikr- ni o'rganish» degan ibora ko'p ishlatiladi. Buning boisi shundaki, demokratiya yo'lidan borayotgan mamlakatlar, jumladan, bizning yurtimizda ham odamlarning jamiyatdagi o'zgarish va islohotlarga munosabatini, umumiy kayfiyatini bilish uchun ularning fikri o'rganiladi. "jtimoiy fikrning qandayligi, xalqni ko'proq qaysi ma- salalar qiziqtirishiga qarab hukumat idoralari, partiyalar tomoni- dan mamlakatni rivojlantirish bo'yicha yangi-yangi g'oyalar ilgari suriladi.Shaxsiy fikrning ijtimoiy fikrdan yana bir farqi shundaki, uni amalga oshirishda boshqalar bilan maslahatlashish shart emas. Lekin ijtimoiy fikrni amalga oshirishda, u ko'pch.ukning maqsad va manfaatlari bilan bog'liq bo'lgani uchun maslahatlashiladi. Masalan, sen mamlakatimiz parlamenti — Oliy Majlisning har bir sessiyasida qanchadan-qancha qonunlar qabul qilinishini yaxshi bilasan. Har bir qonun xalqimizning tub manfaatlarini ifoda etadigan masalalarning huquqiy yechimini ko'rsatib beradi. Ayni paytda qonuniy asosga ega bo'ladigan har bir masala o'ziga xos g'oyadir. Masalan, fermerlikni rivojlantirish, davlat mulkini xususiylashtirish, hayotni erkinlashtirish — bularning barchasi xalqning ijtimoiy fikri orqali pishib yeLlgan g'oyalardir. Shuning uchun ham bu g'oyalarni amalga oshirish uchun xalq vakillari bo'lmish deputatlar yig'ilib. maslahatlashib, Oliy Majlis sessiyasida uni qonunlar, qaroi va boshqa qonuniy hujjatlar shaklida qabul qiladi, shu yo'nalishdagi Prezident farmonlari va farmoyishlari, hukumat qarorlari hamda dasturlarni tasdiqlaydi.Demak, demokratik jamiyat sharoitida ijtimoiy ahamiyatga molik g'oyalar parlament tomonidan qabul qilingan qonunlar, Prezident farmonlari va farmoyishlari, hukumat qarorlari, dasturlari va boshqa qonuniy hujjatlar orqali amalga oshiriladi. Tarixdan yaxshi bilsang kerak, biz uchun eng aziz va eng ulug' bo'lgan mustaqillik ham mamlakatimiz parlamentida 1991-yil 31-avgust kuni qabul qilingan qonun hujjati orqali amalga oshirildi. Shuning uchun ham o'sha kun Vatanimiz tarixida unutilmas sana bo'lib qolgan.Albatta, hayotda shaxsiy fikrni amalga oshirish bo'yicha ham kimgadir maslahat solinadi. Masalan, kimdir uy sotib olmoqchi bo'lsa, oila a'zolari, yaqin qarindosh va do'st-yorlari bilan maslahatlashadi. Umuman, har ishni maslahat bilan qilgan yaxshi. Chui.ki, xalqimiz iborasi bilan aytganda, maslahatli to'y tarqamaydi, ya'r. oxirigacha yaxshi o'tadi. Lekin shaxsiy fikr bo'yicha har qancha maslahat qilinmasin, oxir-oqibatda qanday qarorga kelish — fikr egasining ixtiyorida bo'ladi. Chunki bu fikr faqat uning manfaatini ifoda etadi, boshqalarning manfaatiga bog'liq bo'lmaydi. Demak, shaxsiy fikr shaxsiy xulosaga aylanishi mumkin, lekin g'oya bo'lolmaydi. Shuning uchun ham shaxsiy fikr insonning shaxsiy qarori asosida amalga oshiriladi. Masalan, sen voyaga yetganingda qaysi kasbni tanlash, qaysi o'quv yurtiga kirib o'qish bo'yicha ota-onang, ustozlaring, do'stlaring bilan albatta maslahat- lashasan. Lekin qiziqish va qobiliyatingdan kelib chiqqan holda, a>nan qaysi kasbni tanlash yoki qaysi o'quv yurtiga kirib o'qish haqida о zing bir qarorga kelasan.Inson o'z fikrini aytishdan tortinmasligi, aniq va dadil gapirishi lozim. Shu bilan birga, «bu — mening shaxsiy fikrim» deb jamoat orasida og'izga kelgan gapni gapiraverish ham yaramaydi. Madaniyatli odam hatto shaxsiy fikrini ham asoslab, hech kimning ko'ngliga tegmaydigan tarzda aytishi lozim. Shundagina uning shaxsiy fikrlari ham ko'pchilikka foydasi tegadigan, ijtimoiy ahamiyatga molik, ibratli bo'lishi mumkin.Biz nega buyuk insonlarning shaxsiy fazilatlarini, o'z farzandlari, oila a'zolariga aytgan o'git va nasihatlari, xatlarini o'rganamiz? Ular bir umr yuksak g'oyalar bilan yashagani, doimo ko'pchilikning baxt-u saodatini o'ylab umr kechirgani uchun shaxsiy hayoti ham shunchalik qimmatli bo'lib ketgan. Ya'ni, ulug' maqsadlar bilan yashagan insonlar­ning shaxsiy fikri ham ijtimoiy ahamiyatga ega bo'ladi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling