Sana: Fan: Odam va uning salomatligi Sinf: 8 Darsning mavzusi


Har bir guruhdan Past o’zlashtiruvchi o’quvchilar bitadan doskaga chiqib ovqat hazm qilish sitemasini ketma-ketlikda yozib beradi


Download 129.01 Kb.
bet2/4
Sana20.06.2023
Hajmi129.01 Kb.
#1628267
1   2   3   4
Bog'liq
Ovqat hazm qilishning boshqarilishi. Nazorat – 4

Har bir guruhdan Past o’zlashtiruvchi o’quvchilar bitadan doskaga chiqib ovqat hazm qilish sitemasini ketma-ketlikda yozib beradi

1. Og’iz bo’shlig’i 5. O’n ikki barmoq ichak
2. Halqum 6. Ingichka ichak
3. qizilo’ngach 7. Yo’g’on ichak

4.me’da 8. Oshqozonosti bezi
9. Jigar


O‘tilgan mavzu bo‘yicha o‘quvchilar bilimini tekshirish(10min) uchun “BIO LOTTO” o’yini orqali savol-javob umumiy o‘tkaziladi. Har bir to‘g‘ri javob rag‘batlantiriladi.
BIO LOTTO
I-guruh

3

11

6

18

17

2

II-guruh

1

16

4

10

5

12

III-guruh

13

9

15

8

7

14

Raqamli qog’ozlar guruhlarga beriladi Bio lotto xaltasidan tanlab olingan raqamlarga qaysi guruhga tegishli bo’lsas shu guruh o’quvchilari javob beradi.
Bio lotto savollari va javoblari: O‘qituvchi savollarni raqamlar ostida berkitilgan savollar doskaga yopishtirib chiqiladi, har bir guruhdan bir kishidan savollarga javob berish uchun doskaga chiqib raqamni olib rqasidagi javob beradi . Bu jarayonda guruhning har bir a’zosi ishtirok etishi nazorat qilib boriladi.
1.Ovqat hazm bo‘lish jarayonida organizmda o‘zgarishlarga uchraydi. Bu o‘zgarishlarni shartli ravishda necha guruhga bo‘lamiz?
- Fizik o‘zgarishlar va kimyoviy o‘zgarishlar.
2.Omad sizga yor bo’lsin,( Rag’bat kartochkasi beriladi)
3. Ovqatning fizik o‘zgarishiga uchratadigan a’zolar?
--- Og‘iz bo‘shlig‘ida tishlar, oshqozon ishaklarning muskullaridagi peristaltik va mayatniksimon harakatlar.
4.Ovqatning kimyoviy o‘zgarishlariga sabab bo‘luvchi omillar?
-- Oqsillar, yog‘lar, uglevodorodlarni parchalovchi fermentlar.
5..Ushbu kimyoviy moddalarni parchalovchi fermentlarni qanday nomlaymiz?
-- Parchalovchi birikmaning ilmiy nomiga “aza” qo‘shimchasini qo‘shish orqali.
6.Kim ushbu nomlanishlarga misol aytadi?
--Oqsillar tuxum oqi so‘zidan kelib chiqib, “protein” deyiladi, unga “aza” qo‘shimchasi qo‘shsak oqsilni parchalovchi fermentning nomi proteaza kelib chiqadi. Xuddi shuningdek lipidlarni-lipaza, uglevodlarni-karbogidrazalar parchalaydi.
7. Oqsilni nparchalovchovchi fermentni ayting?
-- Proteazalar
8.Ovqatlar parchalandi endi ular nima vazifani bajaradi?
--.Ovqat hazm qilish a’zolarida parchalanib oshqozon ichaklar orqali qon va limfaga so‘riladi, uni katta qon aylanish doirasi organ, to‘qima va hujayraga olib ketadi.
9.Ovqat hazm qilish a’zolari ishini qaysi olimlar o‘rgangan?
-- .Rus olimlari I.P.Pavlov va jarroh V.A.Basov o‘rgangan.
10. O’qishlariga zafarlar tilaymiz,( Rag’bat kartochkasi beriladi)
11.V.A.Basov ishining mohiyati nimada ekan.
-- 1842-yilda moskvalik jarroh V.A. Basov birinchi bo‘lib, me’daning shira ajratishini o‘rganish uchun itlarda operatsiya yoii bilan me’daga fistula, ya’ni zanglamaydigan metalldan yasalgan naycha o‘matish usulini qo‘lladi. It operatsiyadan tuzalgandan keyin ham uzoq vaqt davomida uning me’dasi shira ajratishni o‘rganishga imkon berdi. Lekin Basov usulining kamchiligi shundaki, me’da shirasiga ovqat aralashib qolishi tufayli shira tarkibidagi fermentlami toza holda ajratib, ulaming flziologik xossalarini toiiq o‘rganishning iloji bo‘lmadi.
12. I.P.Pavlov ishining mohiyati nimada ekan?
-- Pavlov me’daning shira ajratishini o‘rganish usulini yuqori darajada takomillashtirdi. U me’da shirasini toza holda olish maqsadida soxta ovqatlantirish operatsiyasini yaratdi. Buning uchun u operatsiya yoii bilan me’daga fistula o‘matdi va unga ovqat tushib shiraga aralashmasligi uchun qizilo‘ngachni kesib, uning ikkala' uchini itning bo‘ynidan tashqariga chiqarib, terisiga tikib qo‘ydi. Natijada it ovqatlanganda uning og‘iz bo‘shlig‘idagi ta’m biluvchi retseptorlar orqali miyaning ovqatlanish nerv markazlari qo‘zg‘alib, refleks yo‘li bilan me’dadan ajralgan shira fistula orqali idishga yig‘ib olinadi Uning tarkibi, miqdori o‘rganiladi. Ovqat qizilo‘ngach orqali tashqariga chiqadi, ya’ni u me’daga tushmaydi.
13. Bugungi faoliyatingi uhun ,( Rag’bat kartochkasi beriladi)
14. I.P. Pavlov bu usulni yana ham takomillashtirib, operatsiyayoii bilan itning me’dasida «kichik me’da» hosil qilish usulini yaratdi. Shuningdek, u operatsiyayo‘li bilan jag‘ osti, quloq oldi bezlariga ham fistula o‘matib, ulardan ajraladigan so‘lakning miqdori va tarkibini o‘rganish usullarini ishlab chiqdi. Ovqat itning og‘ziga tushgach, u ta’m bilish retseptorlariga ta’sir qilib, me’dadan shira ajralishi shartsiz refleksni yuzaga keltiradi. It ovqatni yemasdan turib, uni ko‘rganida yoki hidini sezganida ham ko‘rish va hid sezish retseptorlari orqali uning miyasidagi ovqatlanish markazi qo‘zg‘aladi va me’da shirasi ajraladi. Bu ovqatlanishning shartli refleksi deb ataladi. Pavlovning xizmati shundaki, u ovqat hazm qilish organlari vazifasini faqat shartsiz reflekslar hosil qilish yo‘li bilan emas, bajki shartli reflekslar hosil qilish yo‘li bilan ham o‘rgandi.
Odam bir marta ta’mini tatib ko‘rgan ovqatni ko‘rsa, hidini sezsa, hatto nomini eshitsa yoki eslasa ham, uning og‘zida so‘lak ajrala boshlaydi. Ayniqsa, mazali va nordon ovqatlar hidini sezganda va eslaganda bu jarayon kuchli bo‘ladi. Bu ovqatlaming mazasiga nisbatan shartli refleks hosil bo‘lganini ko‘rsatadi. Pavlov ning ovqat hazm qilish a’zolari fiziologiyasini o‘rganishdagi ilmiy ishlari yuqori darajada baholanib, 1904-yilda unga Nobel mukofoti berilgan. . Xo‘sh I.P.Pavlovning yutug‘I nimada ekan?
15. Og’iz bo’shlig’ida nimalar joylashgan
-- Tish,til,so’lak bezlarning kanalchalari
16.Me’da qayerda joylashgan va qanday tuzilgan?
-- Qorin bo’shlig’ining yuqori qismida, diaafragma ostida joylashgan. Hajmi katta odamda 2.5 l Me’da ichki shilliq pardasi ostida 14mlnga yaqin mayda bezlar joylashgan ular pepsin,lipaza, fermentlari,xlorid kislota ajratadi
17.Katta yoshli odada yo’g’on ihak uzunligi qancha bo’ladi?
-- yo’g’on ichak uzunligi 1,5 m
18. Yo’g’on ichak qaysi qismlarga bo’linadi.
-- 6 qismga 1) ko’richak va uning chuvalchangsimon o’simtasi (appendiks); 2) ko’tariluvchi chambar ichak; 3)ko’ndalang chambar ichak; 4)tushuvchi chambar ichak; 5) sigmasimon ichak 6) to’g’ri ichak
Javob berish jarayonida har bir guruh baho kartochkalari yordamida rag‘batlantirib boriladi.



Download 129.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling