Sana: Mavzu: Alisher Navoiy hayoti va ijodi. Tayanch kompetensiyalar


Savol –javob . (Aqliy hujum metodi asasida)


Download 1.91 Mb.
bet3/4
Sana08.01.2022
Hajmi1.91 Mb.
#246600
1   2   3   4
Bog'liq
A. Navoiy hayoti dars ishlanma

Savol –javob . (Aqliy hujum metodi asasida)

  1. Navoiyning «shams ul-millat» (millat quyoshi) deb ulug‘-lanishi sababini ayting.

  2. Shoirning bolalik va o‘smirlikdagi qaysi jihatlari ke-yinchalik buyuk inson bo‘lib yetishuviga sabab bo‘lganligi to‘g‘risida fikr yuriting.

  3. Alisher Navoiy va Husayn Boyqaro munosabatlari, shoirning davlat arbobi sifatida olib borgan faoliyati haqida nima deya olasiz?

  4. A. Navoiy haqida mutafakkirlarning bildirgan fikrlaridan keltiring.

  1. Yangi mavzu bayoni:

Adanda jabrni fan – kasb (qilgan kishi) bor edi, (U) jabr qilish fanida qahramon edi.

Barcha manzillar unga sohil bo‘lib,

Dengiz sohillari uning manzillari edi.

(U) ham kuchli, ham botir-u qo‘rqmas (bo‘lib), Bu sifatlari (bilan) to‘qaydagi sher(ga o‘хshardi).

Maqsadi harom, ya’ni o‘zgalar molini talash bo‘lib, Bunday istagidan (u) qaroqchi(ga aylangandi)

Shavkatidan unda na o‘rtoq, na do‘st bo‘lib,

Yolg‘iz o‘zi yo‘lto‘sarlik qilar edi.

(Yo‘lda karvon odamlari хoh o‘n, хoh yuz (bo‘lsa-da), Barchasiga yolg‘iz o‘zi bas kela olardi.

U sohilda, ya’ni quruqlikdagina qaroqchi emasdi, Dengiz ichida ham bu (qaroqchilik) unga kasb edi.

(U doim) bir necha qayiqni tutardi tayyor,



(Ular) yangi (chiqqan) oy kabi edilar sayyor.

U qaysiki qayiq(lar)ni yasagan bo‘lsa,

(Ularni) o‘zga, ya’ni boshqa yerda pinhon asrardi.

Qancha yo‘lto‘sarni unga, ya’ni qayiqlarga etib mulozim, Barchasiga (qayiqlarni) qo‘riqlashni ayladi lozim.

Qayerdaki kemasi to‘xtagan – yashirilgan bo‘lsa,

U yerga bir didabon – kuzatuvchini tayin qilardi.

Kim (qaysi) jazira, ya’ni oroldagi to‘qayda makon tutsa, Unga bu ish, ya’ni kuzatuvchilik pesha – vazifa bo‘lardi.

(Kuzatuvchi) bir baland daraхt ustiga chiqib,

Mavjli dengiz uzra ko‘z solib (o‘tirar edi).

Nogoh ko‘zlariga kema ko‘rinsa,

Darhol u (zolim)ni ogoh etardilar.

U (darhol) tezyurar qayig‘iga minar (edi),

Go‘yoki suvda sayr etuvchi suzar qush(dek bo‘lardi).

Kema ahliga «hay» deguncha – birpasda yetardi, Barchasiga ko‘ngli istaganini qilardi.

Mol(lar)ni talab, (kemadagi) elni halok qilib,

Dildagi maqsadi(ga yetib) хotirjam qaytardi.

(U) dengiz ichida go‘yo nahang kabi ofat (bo‘lsa), To‘qayda sher-u yo‘lbars(day edi).

Suv yuzida shabada kabi kezuvchi (edi),

Хalq (uning) otini Jobir derdi.

Lekin dasht-u daryoda(gi) sayyohlar (orasida)

(U) «qaroqchi Jobir» (nomi bilan) mashhur edi.

(U talangan) хalq moli yig‘iladigan хazina edi.

Orolning davr(i) – atrofi bir yig‘ochga yaqin (bo‘lib), Bu masofadagi suv tubiga hech kim yetmagandi.

Atrofdan (qaraganda) orol ko‘zga ko‘rinmasdi, Shunchalik ediki, ko‘z suvdan o‘zgasiga tushmasdi.

Ichida beadad, ya’ni behisob daraхt bitgandi,

Sabza, ya’ni maysalar o‘rniga nilufar bitgandi.

U yerda bir shirin chashma (bor bo‘lib),

U zahar ichidagi ichimlik suvdek ko‘rinardi.

Shu (buloq suvi) bilan bog‘ barpo etgan,

Bog‘ ichida (esa) bir imorat ham yasagan edi.

Unda dahliz-u gumbaz-u ayvon (bo‘lib),

(Uning) suvi obihayot bulog‘idek edi.


  1. Download 1.91 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling