Sana: Mavzu: Baliqchi va baliq haqida ertak. A. S. Pushkin Maqsad


Download 286.49 Kb.
bet4/5
Sana13.01.2023
Hajmi286.49 Kb.
#1090777
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-sinfo\'qish IV-chorak tayyor

Bo’limlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O`tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5

O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.

10 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Jami

45 daqiqa

I. Tashkiliy qism:
a) Salomlashish, davomotni aniqlash, tozalikni tekshirish.
b) Manaviyat daqiqasini o’tkazish Kun yangiligi.
d) ingliz tili daqiqasi ; fast – tez, phone – telefon
II. O‘tgan mavzuni mustahkamlash:
1. Ertakni o‘qib chol bilan kampirning nutqini solishtiring. Kampir cholni nima uchun jerkib gapiradi?
2. Oltin baliq kampirning keying talabini nima uchun bajarmaydi?
III. Yangi mavzu bayoni:
BIR XURMACHA SHAVLA
Aka-uka Grimmlar
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir qizcha yashar ekan. Qizcha bir kuni o‘rmonga maymunjon olib kelish uchun boribdi. U yerda bir kampirni uchratib qolibdi va unga salom beribdi.
Vaalaykum assalom, — debdi kampir qizchaga. — Menga maymunjoningdan bersang-chi!
Marhamat, — debdi qizcha. Kampir maymunjonni yeb bo‘lib:
Sen menga maymunjon berding, men ham sen-
ga biron narsa sovg‘a qilaman. Mana senga xur- macha, sen faqat shuni aytishing kerak: «Bir, ikki, uch, xurmachada shavla pish». Shunda u shirin, ma- zali shavla pishira boshlaydi. Shundan so‘ng aytasanki:
«Bir, ikki, uch, pishirishdan kech». Shundan so‘ng xur- macha shavla pishirishdan to‘xtaydi.

Rahmat, buvi, — debdi qizcha va xurmachani olib, uyiga — onasining oldiga ketibdi.
Onasi bu xurmachani ko‘rib juda suyunibdi. Bir kuni qiz uydan qayoqqadir ketibdi. Onasi bo‘lsa xurmacha- ni o‘z oldiga qo‘yib: «Bir, ikki, uch, xurmachada shav- la pish», — debdi. Xurmacha shavla pishira boshlab- di. Ko‘p shavla pishiribdi. Onasi to‘yib-to‘yib yebdi. Ammo u xurmachani shavla pishirishdan to‘xtatadigan sehrli so‘zni unutib qo‘yibdi. Xurmacha esa shavla- ni hadeb pishiraveribdi. Uy ham shavlaga to‘libdi, uy- ning tomi, hovli, hatto ko‘chalar ham shavlaga to‘lib ketibdi, u hamon to‘xtamay shavla pishiraveribdi. Ona- si juda ham qo‘rqib ketib, qizchasi huzuriga yugurib ketibdi. Lekin yo‘lda issiq shavla daryo bo‘lib oqqani uchun o‘tish juda qiyin ekan. Yaxshiyam qizchasi uy- dan uzoqda emas ekan. Qizcha ko‘chadagi voqeadan xabardor bo‘lib, darrov uyga yuguribdi. Juda qiyinchilik bilan kelib, eshikni ochibdi va: «Bir, ikki, uch, pishirish- dan kech», — deb qichqiribdi.
Shunda xurmacha shavla pishirishdan to‘xtabdi. Ammo xurmacha shunday shavla pishiribdiki, kimning qishloqdan shaharga borishiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, unga shaharga yetguncha bu shavla kifoya qilar ekan. Hech kim bundan shikoyat qilmabdi. Chunki shavla juda shirin va mazali ekan.
Bu hikoya sizga yoqdimi? Nima uchun?
– U sizda qanday his-tuyg’ularni uyg’otdi?
– Yozuvchi matnni qanday kayfiyatda yozgan?
O’quvchilar hikoyani ovoz chiqarmay, mustaqil o’qiydilar.
-Hikoyani o’qiyotganingizda tushunarsiz so’z va iboralarni belgilab qo’ying.
Hikoyada uchragan notanish so’zlar yuzasidan l ug’at ishi o’tkaziladi.

Download 286.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling