Sana: Mavzu: Narsalarning xossalari Darsning maqsadi.: 1 O`quvchilarga "Matematika fani" haqida tushuncha berish, narsalarning xossalari bilan tanishtirish
Download 272.27 Kb.
|
1-sinf Matematika kons
Aim.Uz 1-dars Fan: Matematika Sana: Mavzu: Narsalarning xossalari Darsning maqsadi.: 1)O`quvchilarga “Matematika fani” haqida tushuncha berish, narsalarning xossalari bilan tanishtirish.. 2) O`quvchilarning Vatanga bo`lgan mehrini odhirish, matematika darsiga qiziqishini uyg`otishga harakat qilaish. 3) O‘quvchilarning narsalarning xossalari haqidagi tushunchalarni taqqoslashga oid malakalarini mustahkamlash. Dars turi: Yangi bilim beruvchi Dars metodlar: Suhbat, «Kim tez topadi?» interfaol metodi, mustaqil ish. Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar. Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: Darsning maqsadini aytish. II.Yangi mavzu bayoni: Barcha o`quvchilarga “Matematika fani” nimani orgatishi haqida tushuncha beriladi. Biz hayotda turli xil sonlarga, o`lchamlarga hakllarga duch kelamiz. Ana shu duch kelgan vaziyatda hisb-kitobni, muammoni hal qilishni, topqirlikni, ziyraklikni bizga “Matematika fani” o`rgatadi. So`ng “Matematika” 1-sinf darsligi bilan tanishtiriladi. Undagi har bir detal izohlanadi.Mualliflari: M.Ahmedov, N.Abduraxmonova, M.Jumayev haqida tanishtiriladi.1-sindga berilgan barcha darsliklar Prezidentimiz tomonidan berilgan sovg`a ekanligi tushuntiriladi. So`ng darslikning 3-sahifasida berilgan rasmlar ustida ishlr olib boriladi. 1-sentar “Mustaqillik kuni’dan so`ng 2-sentabr kuni biz sizlar bilan “Bilimlar kunini’ nishonblashimiz haqida suhbat o`tkaziladi. Rasmda berilgan har bir narsalar haqida suhbatlashamiz. So`ng matematika darsida nimalar olib kelishimiz haqida tushuncha beriladi. Matematika darsligi, matematika daftai, rasm daftari, mo`yqalam, rangli akvarel bo`yoqlari nima uchun ishlatilishi, ularni saqlash, uylardan to`f`ri foydalanish haqida tushuncha berib o`tiladi. O`quvchilar bilan dam olish daqiqasi o`tkaziladi.
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 3-sahifasida ko`rsatilgan rasmlar asosida o`quvchilar kichik hikoya tuzadilar. Hikoyadagi har bir bolaga ism qoyiladi va harakatlariga qarab ularning nima qilayotganligini aytib bearadilar. Shuningdek o`quvchilarga atrof-muhitni ozoda saqlanishi, har bir o`quv qurollari, maktab mulkiga ziyon yetkazmaslik lozimligi ta`kidlanadi. Shuningdek o`quvchilar bilan matematika daftarida berilgan topshiriqlar bilan ham ishlar oilb boriladi. V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.
Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi. Dars yakunlandi.
2-dars
Fan: Matematika Sana:
Mavzu: Narsalarning rangi, shakli, o`lchami. Darsning maqsadi.: 1)O`quvchilarga narsalarning rangi, shakli va o`lhami kabi tushunchalarni o`rgatish. 2) O`quvchilarning ekologik madaniyatini oshirisjga harakat qilaish. 3) O‘quvchilarning narsalarning rangi, shakli va o`lchamiga qarab ajrata olish malakalarini mustahkamlash. Dars turi: Yangi bilim beruvchi Dars metodlar: Suhbat, «Kim tez topadi?» interfaol metodi, mustaqil ish. Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar. Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: Darsning maqsadini aytish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi. Chiziq ichida yozish, nuqtalarni biriktirish, chiziqlarni to`g`ri chizishga o`rgatish, bilimlarini mustahkamlanadi.. III.Yangi mavzu bayoni: So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan yoritiladi . Biz hayotda turli xil narsalardan foydalanamiz: o`yinchoqlar, musiqa asboblari, darsliklar, uy jihozlari, oshxona anjomlari. Qarangkiularning turi har xil bo`lani bilan bir-biriga o`xshash shakllar asosida ajratilishi mumkin. Masalan: osmondagi Oyva Quyosh, koptok , globuz, mevalar dumaloq shar shaklida. Uylar, kitoblar, stollar, shkaflar ko`pincha tortburchak, kub shaklida Biz tabiatni juda sevamiz. Chunki tabiat xilma-xildir. Uyimizni jihozlashda, kiyim tanlaganimzida biz albatta rang-baranglikka e`tibor beramiz. Demak, biz tabiatda turli xil ranglar bilan tanishamiz: oq, qora, yashil, sariq, qizil, ko`k, binafsha, jigarrang, kul rang. Hatto kamalak ham o`zida barcha ranglarni aks ettirib, ko`zimizni quvontiradi. Tabiatdagi barcha narsalar o`zining o`lchamiga ega. Biz Quyosh, Oy, Yulduzlarni haqiqaiy o`lchamini tasavvur qila olmamiz,ular juda ham ulkandr. Hayotda har bir foydalanilayotgan narsalarning inson ehtiyojiga qarab o`lchamlari yaratilgan. Koptoklar o`yin turiga qarab turli xil o`lchamda bo`ladi. Kublar ham shular jumlasidandir. Masalan, hozirda urf bo`layotgan telefonlarni olaylik. Biz ularni qo`limiz bilan bemalol ushlashimiz va uni cho`ntagimizga yoki sumkamizga solib qo`yishimiz uchun kichik o`lchamli va ixcham yaratilgan. Agar biz uni kitoday o`lchamidan oydalansak, u bizga noqulaylik tug`diradi,. Tabiatdagi barcha narsalarning o`lchamlari , shakli va ranglari solishtiriladi. O`quvchilar bilan dam olish daqiqasi o`tkaziladi.
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 4-sahifasida ko`rsatilgan rasmlar asosida o`quvchilar kichik hikoya tuzadilar. Hikoyadagi har bir bolaga ism qoyiladi va harakatlariga qarab ularning nima qilayotganligini aytib bearadilar. Shuningdek o`quvchilarga atrof-muhitni ozoda saqlanishi, har bir o`ingohlarda arg`imchoq va shunga o`xshash narsalarga ziyon yetkazmaslik lozimligi ta`kidlanadi. Shuningdek o`quvchilar bilan matematika daftarida berilgan topshiriqlar bilan ham ishlar oilb boriladi. V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.
Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi. Dars yakunlandi.
3-dars
Fan: Matematika Sana:
Mavzu: Narsalarning olchamlari: uzun-qisqa, keng-tor, baland-past... Darsning maqsadi.: 1)O`quvchilarga narsalarning olchamlari: uzun-qisqa, keng-tor, baland-past kabi tushunchalarni o`rgatish. 2) O`quvchilarning matematika darsiga bo`lgan qiziqishlarini oshirish, bilim olishga intilishlarini shakllantirish.. 3) O‘quvchilarning narsalarning olchamlari: uzun-qisqa, keng-tor, baland-past kabi tushunchalarni taqqoslashga oid malakalarini mustahkamlash. Dars turi: Yangi bilim beruvchi Dars metodlar: Suhbat, «Kim tez topadi?» interfaol metodi, mustaqil ish. Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar. Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: Darsning maqsadini aytish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi. Chiziq ichida yozish, nuqtalarni biriktirish, chiziqlarni to`g`ri chizishga o`rgatish, bilimlarini mustahkamlanadi.. III.Yangi mavzu bayoni: So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan yoritiladi Avvalgi darsda o`rganilgan mavzularga asosan yangi mavzu tushuntiriladi. Har bir narsaning o`z o`lchami borligi, ehtiyoj asosida uning o`lchamlari yaratilishi ta`kidlanadi. Biz har doim yo`llardan yuramiz, ko`proq yursak uzun yo`l ekan deymiz, birior bir joyga tezda yetib borsak- qisqa yo`ldan yurganimizni ta`kidlaymiz. Demak, matematikada uzun –qisqa tushunchasi ham bo`ladi. Daraxtlar ham uzun-qisqa bo`lishi mumkin. Msalan: Terak-uzun bo`ladi, sadaning bo`yi qisqa bo`ladi. Shuningdek keng-tor tushunchasini ham ochishga harakat qilamiz.Shkaflar ichi keng bo`lishi va unga ko`p narsalar sig`ishi mumkin. Yoki aksincha uy anjomlarini sig`dira olmay, shkaflarning ichini tor deyishimiz mumkin. Hozirda yurtimizda bunyodkorlik ishlari jadal ketmoqda. Shahrimiz ko`chalarida baland-baland binolar eski past uylarning o`rnini egallamozda. Demak, balanfd va past tuyshunchalari ham ishlatilar ekan. Multimedia ilovasi asosida ushbu tushunchalar o`quvchilarga tushuntiriladi. O`quvchilar bilan dam olish daqiqasi o`tkaziladi. !IV. Mustahkamlash. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 5-sahifasida ko`rsatilgan rasmlar asosida o`quvchilar kichik hikoya tuzadilar.. Shuningdek o`quvchilarga atrof-muhitni ozoda saqlanishi, maktab mulkiga ziyon yetkazmaslik lozimligi ta`kidlanadi. Shuningdek o`quvchilar bilan matematika daftarida berilgan topshiriqlar bilan ham ishlar oilb boriladi. V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.
Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi. Dars yakunlandi.
4-dars
Fan: Matematika Sana:
Mavzu: Ustida, ostida, chapdan o`ngda, oldin, keyin, orasida, yonida Darsning maqsadi.: 1)O`quvchilarga Ustida, ostida, chapdan o`ngda, oldin, keyin, orasida, yonida kabi tushunchalarni o`rgatish. 2) O`quvchilarning ekologik madaniyatini oshirisjga harakat qilaish. 3) O‘quvchilarning o`ng, chap, ustida va osida kabi tushunchalarni taqqoslashga oid malakalarini mustahkamlash. Dars turi: Yangi bilim beruvchi Dars metodlar: Suhbat, «Kim tez topadi?» interfaol metodi, mustaqil ish. Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar. Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: Darsning maqsadini aytish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi. Chiziq ichida yozish, nuqtalarni biriktirish, chiziqlarni to`g`ri chizishga o`rgatish, bilimlarini mustahkamlanadi.. III.Yangi mavzu bayoni: So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan yoritiladi . O`quvchilar diqqati partaga qaratiladi. Parta ustida nimalar bor? (kitob, daftar, ruchka va h.z.) Partaning ostida nimalar bor? ( sumka, pol) Shu tariq amisollare bilan ustida, ostida tushunchalari yoritiladi.Keyin o`qituvchi o`quvchilardan qaysi o`ng qo`l, qaysi chap qo`l ekanligi so`raladi. O`quvchilar o`ng va chap qo`llarini ko`taradilar. Har bir o`quvchidan yonidagi do`stlari so`raladi. O`quvchilar o`ng tomonida kim, chap tomonida kim o`tirganini aytadilar.Oldin kim o`tirganini, keyin kim o`tirgani va ular orasida kim borligi so`raladi. O`quvchilar nomma-nom atroflarini kuzatadilar va do`stlarining nomlarini aytadilar. Shuningdek o`qituvchi turli xil doiralarni birin ketin taxlaydi. ( Uchburchak, to`rtburchak va goira). So`ng o`quvchilar bilan savl-javoblar o`tkaziladi.
To`rtburchakdan avval qaysi shakl kelgan? ( uchburchak) To`rtburchakdan keyin qaysi shakl keladi? ( doira) Uchburchak va doiraning orasida qanday shakl keladi? ( to`rtburchak) O`quvchilardan rangli qalamlarini olib o`ng qo`llariga qizil, chap qo`llariga yashil rangli qalamlarini olishlarini aytadilar. O`quvchilar topshiriqlarni bajaradilar. Adashgan o`quvchilarga yana bir bor o`yin qoidasi tushuntirib beriladi. So`ng yuiqorida nimalarni ko`rayotganliklari so`raladi. O`quvchilar yuqoriga qaraydilar va lampani, shiftni ko`rsatadilar. Yuqorida turgan gullarni ko`rsatadilar. So`ng o`qituvchi suvlar doimo yuqoridan pastga qarab oqishi, samolyotlar pastdan yuqoriga ko`tarilishi haqida tushuntiriladi. O`quvchilar bilan dam olish daqiqasi o`tkaziladi. !IV. Mustahkamlash. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 6-sahifasida ko`rsatilgan rasmlar asosida o`quvchilar kichik hikoya tuzadilar. Hikoyadagi har bir bolaga ism qoyiladi va harakatlariga qarab ularning nima qilayotganligini aytib bearadilar. Shuningdek o`quvchilarga atrof-muhitni ozoda saqlanishi, har bir o`ingohlarda arg`imchoq va shunga o`xshash narsalarga ziyon yetkazmaslik lozimligi ta`kidlanadi. Shuningdek o`quvchilar bilan matematika daftarida berilgan topshiriqlar bilan ham ishlar oilb boriladi. V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.
Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi. Dars yakunlandi. 5-dars
Sana: Mavzu: Chapdan o`ngroqqa, o`ngdan chapga, yuqoridan pastga, pastdan yuqoriga Darsning maqsadi.: 1)O`quvchilarga chap, o`ng tomonlarni, past va yuqori kabi tushunchalarni o`rgatish. 2) O`quvchilarning ekologik madaniyatini oshirisjga harakat qilaish. 3) O‘quvchilarning o`ng, chap, yuqori va past kabi tushunchalarni taqqoslashga oid malakalarini mustahkamlash. Dars turi: Yangi bilim beruvchi Dars metodlar: Suhbat, «Kim tez topadi?» interfaol metodi, mustaqil ish. Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar. Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: Salomlashish; Davomatni tekshirish Darsning maqsadini aytish. II.O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi. Chiziq ichida yozish, nuqtalarni biriktirish, chiziqlarni to`g`ri chizishga o`rgatish, bilimlarini mustahkamlsh. Bu jarayon vaqtida o`quvchilarga kichik qog`ozchalar tarqatiladi. Qog`ozchalar ichiga turli xil masofa va kenglikdagi nuqtalar beriladi. O`quvchilar o`z tasavvurlariga qarab bu nuqtalarni tekis va tartib bilan biriktiradilar va turli xil rasmlar hosil qiladilar. O`quvchilar ishlari tekshiriladi va rag`batlantiriladi.
. . . . . . . . .
. . . . . . . . .
III.Yangi mavzu bayoni: So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan yoritiladi . Avval o`qituvchi o`quvchilardan qaysi o`ng qo`l, qaysi chap qo`l ekanligi so`raladi. O`quvchilar o`ng va chap qo`llarini ko`taradilar. Har bir o`quvchidan yonidagi do`stlari so`raladi. O`quvchilar o`ng tomonida kim, chap tomonida kim o`tirganini aytadilar. O`quvchilardan rangli qalamlarini olib o`ng qo`llariga qizil, chap qo`llariga yashil rangli qalamlarini olishlarini aytadilar. O`quvchilar topshiriqlarni bajaradilar. Adashgan o`quvchilarga yana bir bor o`yin qoidasi tushuntirib beriladi. So`ng yuiqorida nimalarni ko`rayotganliklari so`raladi. O`quvchilar yuqoriga qaraydilar va lampani, shiftni ko`rsatadilar. Yuqorida turgan gullarni ko`rsatadilar. Pastda nima turganligini so`raymiz. O`quvchilar pastda polni, stol va stullarning oyoqlarini ko`rayotganliklarini aytishadi. So`ng o`qituvchi suvlar doimo yuqoridan pastga qarab oqishi, samolyotlar pastdan yuqoriga ko`tarilishi haqida tushuntiriladi. O`quvchilar bilan dam olish daqiqasi o`tkaziladi.
Download 272.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling