Sana: Mavzu: Narsalarning xossalari Darsning maqsadi.: 1 O`quvchilarga "Matematika fani" haqida tushuncha berish, narsalarning xossalari bilan tanishtirish


Download 272.27 Kb.
bet2/3
Sana05.01.2022
Hajmi272.27 Kb.
#229249
1   2   3
Bog'liq
1-sinf Matematika kons

Ikki bizga do`st emas,

Uchni yomon ko`ramiz.

To`rt bo`lsa ham mayliga,

Beshdir bizning do`stimiz!

IV. Mustahkamlash.

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 7-sahifasida ko`rsatilgan rasmlar asosida o`quvchilar kichik hikoya tuzadilar. Hikoyadagi har bir bolaga ism qoyiladi va harakatlariga qarab ularning nima qilayotganligini aytib bearadilar. Shuningdek o`quvchilarga atrof-muhitni ozoda saqlanishi, har bir o`ingohlarda arg`imchoq va shunga o`xshash narsalarga ziyon yetkazmaslik lozimligi ta`kidlanadi.

Temur, Malik, Samad birgalikda sirpanchiq uchishmoqda. Malik va Samad yuqoridan pastga sirpanmoqda. Temur esa sirpanish uchun pastdan yuqoriga chiqmoqda.

Muattar va Bekzod sinfdosh. Ular darsdan so`ng uylari yonidagi arg`imchoqda maza qilib uchishadi. Bekzod Muattarning o`ng tomonidagi arg`imchoqda, Muattar es aBekzodninf chap tarafidagi arg`imchoqda uchishmoqda.

Shuningdek o`quvchilar bilan matematika daftarida berilgan topshiriqlar bilan ham ishlar oilb boriladi.

V. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.


VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.

Dars yakunlandi.

6-dars


Sana:

Mavzu: Ko`p, kam, shuncha, ...ta ortiq (kam)

Darsning maqsadi.:

1)O`quvchilarga ko`p, kam, shuncha,...ta ortiq (kam) kabi tushunchalarni o`rgatish.

2) O`quvchilarning ekologik madaniyatini oshirisjga harakat qilaish.

3) O‘quvchilarning ko`p, kam, shuncha ,...ta ortiq (kam) kabi tushunchalarni taqqoslashga oid malakalarini mustahkamlash.

Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat, «Kim tez topadi?» interfaol metodi, mustaqil ish.

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar.

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

Salomlashish;

Davomatni tekshirish

Darsning maqsamkdini aytish.

II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi. Kataklar bo`ylab, katak ichida yozish ko`mikmalari mustahkamlanadi.

III.Yangi mavzu bayoni:

So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan yoritiladi . O`quvchilarga turli xil shablonlar ko`rsatiladi. Bu shablonlar miqdori jihatidan turli xil. Sabzi(2) va pomidor(4) shablonlari ko`rsatiladi . O`quvchilarga qaysi biri ko`p degan savol bilan murojaat qilinadi. O`quvchilar pomidorlar ko`pligini aytishadi.

Shakllar uchburchak (3ta) va kvadratlar ( 5ta) ko`rsatiladi. Qaysi biri kam degan savollar beriladi. O`quvchilar uchburchaklar kamligini aytadilar.

So`ng o`qituvchi tomonidan kitoblar (2ta) ba daftarlar (2ta) ko`rsatiladi. Qaysi biri ko`p yoki kam dehan savol bilan murojaat qilinadi. O`quvchilar kitoblar qancha bo`lsa, daftarlar ham shuncha degan javobni beradilar.

Har bir berilgan javoblar o`qituvchi tomonidan tahlil qilinadi va mustahkamlanadi.

So`ng guldonlardagi gullar bilan koptoklar ko`rsatiladi. O`quvchilar gullar koptoklardan 3 ta o`rtiq ekanligi amaliy tarzda ko`rsatib, tushuntirib beradilar. Ya`ni ortib qolgan gullar ko`plik ma`nosini anglatishi tushuntiriladi.

So`ng likopchada olma va shaftolilar solingani ko`rsatiladi. Olmalar va shaftolilar soni sanaladi, taqqoslanadi. Saftolillar olmalardan 1 ta kamligi aniqlanadi. “Ta kam” tushunchasi yoritiladi.

O`quvchilar bilan dam olish daqiqasi o`tkaziladi.



O`ng qo`limda 5 barmoq,

Chap qo`limda 5 barmoq.

Ikkalasi 10 barmoq,

Ikkalasi do`st barmoq.

IV. Mustahkamlash.

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 8-sahifasida ko`rsatilgan rasmlar asosida o`quvchilar kichik hikoya tuzadilar. Hikoyadagi har bir rasm tahlil qilinadi, izohlanadi, ko`p, kamligi,... ta ortiq, ...ta kamligi aytib o`tiladi.

Kitoblar (5 ta), rasm daftarlar (2ta). Kitoblar rasm daftarlaridan ko`p.

Sahnada 3 ta qiz bola, 1 ta o`g`il bola raqs namoyish etishmoqda. Og`il bolalar qiz bolalardan kam.

Atirgullar 5 ta, gulsafsarlar 5 ta. Ikkalasi teng, yoki atirgullar qancha bo`lsa, gulsafsarlar shuncha.

Olxo`rilar olmalardan 1 ta ortiq, sabzilar bodringdan 1 ta ko`p, bodring kartoshkadan 1 ta kam.

Shuningdek o`quvchilar bilan matematika daftarida berilgan topshiriqlar bilan ham ishlar oilb boriladi. O`quvchilarga >, <, = belgilarining yozilishi ko`rsatiladi va yozdiriladi.

V. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.

Dars yakunlandi.

7-dars


Sana:

Mavzu: Narsalar (bir xil, har xil)

Darsning maqsadi.:

1)O`quvchilarga narsalar haqida, narsalarning ko`rinishi, rangi, shakliga ko`ra bir xil va har xilligini ajratish kabi tushunchalarni o`rgatish.

2) O`quvchilarni tabiatni sevishga, uni asrsb-avaylashga, hayvonlarga g`amho`rlik qilishga o`rgatish.

3) O‘quvchilarning matematikaga oid BKM oshirishga harakat qilish

Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat, «Kim chaqqon?» interfaol metodi, mustaqil ish.

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar.

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

Salomlashish;

Davomatni tekshirish

Darsga hozirlik ko`rish.

II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.

III.Yangi mavzu bayoni:

So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. Avval “narsalar” tushunchasi izohlanadi. Atrofimizni nima o`rab turganligi, yoki nimalarni ko`rayotganligimiz so`raladi. O`quvchilar birin-ketin qo`l ko`tarib doska, gul, parta, stul, papka, kitob, daftar, ruchka, shkaf va boshqa narsalarning nomini aytishadi. Demak buning hammasi “narsalar’ deyiladi. Ammo ular shakli, rangi, mohiyatiga qarab ajratiladi.Masalan: stol ustidagi ruchka, qalam, o`chirg`ich, daftar, kitob- bu o`quv qurollari deyiladi.

Parta, stol, doska, shkaf, stullar – bu sinf jihozlari deyiladi.

So`ng o`qituvchi qalamdondan qalamlarni oladi va o`quvchilarga ko`rsatadi. Bular nimalar? O`quvchilar qalamlar deyishadi. Demak mohiyatiga ko`ra , ishlatilishiga ko`ra umumiy nom bilan bir xilda bular qalamlar deyiladi. Ammo rangiga qarab ajratsak ular har xil. (sariq, qizil, yashil, ko`k va b.q.)

Endi shkaf ustiga qaraymiz. Nimalarni ko`rayapmiz? Bolalar gullarni deb javob beradilar.Demak bular bir xil xona gullari deyiladi. Ammo turiga qarab ajratsak ular har xil. (yorongul, fikus, begonya va bq.) Shu tariqa o`quvchilarga “bir xil, har xil” tushunchalarining mazmunini yoritamiz.

O`quvchilar bilan dam olish daqiqasi o`tkaziladi.




Download 272.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling