Sana Mavzu: Tabiatda havo Darsning ta'limiy maqsadi
Jami 45 daqiqa 1. Tashkiliy qism
3 sinf tabiatshunoslik tabiatda havo
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. Uy vazifasini so`rash
- III. Yangi mavzuning bayoni.
Jami
|
45 daqiqa |
1. Tashkiliy qism. O'quvchilar davomatini aniqlash, ularning darsga tayyorligini tekshirish, havoning ahamiyati, shamolning esishi tasvirlangan rasmlarni osish.
II. Uy vazifasini so`rash: Avvalgi darsda o'tilgan Tabiat nima?» mavzuyi yakunida berilgan savollarga o`quvchilar javob beradilar. Javob bergan o'quvchilarga quyidagi qo'shimcha savollar beriladi:
O'quvchilarga quyidagi savollar bilan murojaat qilinadi:
Savollar
1.Suvning ahamiyati haqida nimalarni bilasiz?
2.Suv isiganda kengayadimi yoki siqiladimi? Soviganda-chi?
3.Muz necha darajada eriydi?
4.Suv necha darajada qaynaydi?
5.Suv muhofazasi va tejalishi uchun nima qilish kerak?
III. Yangi mavzuning bayoni.
2-sinfda «Atrofimizdagi olam» darslarida olgan bilimlariga asoslanib savollar beriladi:
1. Jonli tabiat jismlarining xossalarini aytib bering (o'sadi, ko'payadi, nobud bo'ladi).
2. Ular yashashi uchun nimalar kerak? (yorug`lik issiqlik, suv, havo).
3. Agar havo bo'lmasa nima bo'ladi?
O'quvchilarga bizni o'rab turgan havoning ahamiyati, havo bo'lmaganida Yerda hayot bo'lmasligi, havo qanday moddalardan tarkib topganligi haqida ma'lumotlar beriladi. Odam va hayvonlar havodagi kisloroddan nafas olishi, nafas chiqarganda esa karbonat angidrid havoga chiqishi tushuntirib beriladi. Havoning harakatidan shamol paydo bo`lishi tajribalar yordamida tushuntirib beriladi. Xona derazasini ochib qo'yilsa, xonaga yengil shabada kiradi. Shunda ko'chadagi havo uyga, uydagi havo esa ko'chaga chiqadi, ya'ni havo harakatga keladi. Bu esa shamolni hosil qiladi.
O'quvchilarga Po'lat Mo'minning quyidagi she`ri o'qib beriladi:
SHAMOL
Shamol izg'ir har tomon, Bulutni ham haydaydi,
U ko'rinmas qahramon. Ham yoqimtoy, ham daydi.
Daraxtlarni egadi, Kun qizisa bemalol,
Tegmaganga tegadi. Orom beradi shamol.
Download 203.91 Kb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling