Sana: Sinf : 8 b mavzu
Download 26.97 Kb.
|
6 Kimyoviy elementlarning tabiiy oilalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning borishi
- III. YANGI MAVZU BAYONI
- IV. Mustahkamlash
- V. Baholash: VI. Uyga vazifa
Sana: Sinf : 8 B Mavzu: Kimyoviy elementlarning tabiiy oilalari. Darsning maqsadi : a)ta’limiy: O‘quvchilarga o‘xshash elementlar, elementlarning tabiiy oilalari, ishqoriy metallar va galogenlar haqida ilmiy tushunchalar berish. Elementlarning atom massalari ortib borishi bilan xossalarining davriy ravishda o‘zgarishidagi qonuniyatlarni tushuntirish. b)Tarbiyaviy: O’quvchilarga axloqiy, iqtisodiy tarbiya berish. s) Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishlarini orttirish, dunyoqarashini kengaytirish. g) DTS – talablari. Dars turi: Yangi bilim berish Dars uslubi: Ananaviy Dars jihozi: Darslik, davriy sistema, ko’rgazmali qurollar, kadaskop, kompyuter. Darsning borishi : Tashkiliy qism Salomlashish, navbatchi axboroti, sinf tozaligini nazorat qilish, manaviyat daqiqasi, fan yangiliklari. II. Otgan mavzuni so’rash: III. YANGI MAVZU BAYONI O‘quvchilarga avval o‘rgangan bilimlari asosida, yangi mavzuni tushu nib olishlari uchun zarur bo‘ladigan mustaqil topshiriqlarni ba- jartirish bilan, yangi darsni boshlash maqsadga muvofiqdir. 1. Sizlar 7-sinf kimyo kursida suvning kimyoviy xossalari bilan ta- nishgansiz. O‘zingiz bilgan oddiy moddalardan qaysilari suv bilan odatdagi sharoitda reaksiyaga kirishadi? Li, Na, K (o‘quvchilar kalsiy va bariyni ham aytadilar). Reaksiya tenglamalarini yozing. Hosil bo‘lgan moddalarning xos- salarini solishtiring. 2. Litiy, natriy, kaliy, rubidiylarning fizikaviy, kimyoviy xossalarini va birikmalarining xossalarini taqqoslang. 3. O‘quvchilarga ishqoriy metallarning ayrim fizikaviy xossalari beriladi. Suyuqlanish harorati (°C) — Li(179), Na(97,8), K(63,6), Rb(39), Cs(28,6). Qaynash harorati (°C) – Li(1370), Na(883), K(760), Rb(696), Cs(685). Zichligi (g/sm3) — Li(0,53), Na(0,97), K(0,85), Rb(1,52), Cs(1,87). Ma’lumotlar berilgandan so‘ng ishqoriy metall atom massasi bilan fizikaviy xossalari orasidagi bog‘liqlikni o‘zida aks ettiruvchi jadval tuz- ish taklif etiladi. 1. Natriy (Na) metali va uning birikmalari orasidagi genetik bog‘liqlikni ifoda etuvchi sxema taklif eting. Taklif etilgan sxema asosida zarur reaksiya tenglamalarini yozing. 2. 5,6 l (n.sh.da o‘lchangan) vodorod olish uchun quyidagi metal- larning qaysi biridan eng oz, qaysi biridan eng ko‘p sarflanadi? Li, Na, K, Rb Ishqoriy metallarning fizikaviy va kimyoviy xossalari jamlanib bir- birlariga solishtiriladi. Elementning atom massasi bilan xossalari orasid- agi bog‘liqlikka e’tibor qaratiladi. IV. Mustahkamlash: O‘tilgan mavzu bo‘yicha quyidagi savol va topshiriqlar berilib dars mustahkamlanadi. 1. Ishqoriy metallar va galogenlarning qanday xossalari ularning atom massalari ortib borishi bilan davriy ravishda o‘zgaradi? 2. Ishqoriy metallarning oksidlari va gidroksidlari uchun qanday xossalar umumiy hisoblanadi? V. Baholash: VI. Uyga vazifa: 2-3 topshoriqlar. Download 26.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling