Sana: Sinf: 11-sinf Mavzu: O‘zbekistonning mintaqaviy tashkilotlar doirasida ko‘ptomonlama hamkorligi Darsning maqsadi


Download 23.11 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi23.11 Kb.
#1477621
Bog'liq
22-mavzu




Sana: ______________
Sinf: 11-sinf
Mavzu: O‘zbekistonning mintaqaviy tashkilotlar doirasida
ko‘ptomonlama hamkorligi


Darsning maqsadi:
Turli qiziqarli o’yin va savol –javoblar orqali o’quvchilar tomonida darsning to’liq o’zlashtirilishiga erishish.
Dars turi: yangi materialni o’rganuvchi dars (o’zlashtirilgan bilim va ko’nikmalarni rivojlantirish va mustahkamlash darsi).
Dars uslubi: Ko`rgazmali-amaliy;
Dars usuli: Noan`anaviy (savol-javob, didaktik oyinlar, klaster, geografik domino, “Ortiqchasini top”, she’riy topishmoqlar, krossvord)
Dars jihozi: a) 5-sinf Tabiiy geografiya (boshlang’ich kursi) darsligi, O`zbekiston va O’rta Osiyoning tabiiy xaritasi, o`quv qurollari, A-4 formatdagi qog`ozlar, bukletlar, tarqatmalar;

  1. Texnik vositalar: Kompyuter, vidyeoproyektor, ekran yoki interaktiv (elektron) doska.

Darsning shiori: “Geografiyam, mening suyuk geografiyam, senga obyekt erur asli butun olam!”.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. (3 daqiqa)
a) Psixologik iqlim yaratish (Salomlashish, sinf va o`quvchilarning darsga tayyorgarligini baholash, sana, davomat va ob-havoni aniqlash (1,5 daqiqa)).
d) Darsda o`zlashtirilayotgan bilim, ko`nikma va malakalarni e`lon qilish (ekran orqali namoyish etiladi-0,5 daqiqa)
II. O`tilgan dars


III. Yangi mavzu (11 daqiqa)
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi
O‘zbekiston tashqi siyosatining diqqat markazida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasidagi mamlakatlar bilan o‘zaro teng manfaatli aloqalarni mustahkamlash bo‘ldi.
1991-yil 8-dekabrda Belorus, Rossiya va Ukraina rahbarlari Minskda uchrashib Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga asos soldilar.


1993-yil yanvarda Minskda MDH davlatlari boshliqlarining navbatdagi Kengashida MDHning Nizomi qabul qilindi.
1996-yilda MDHning bayrog‘i qabul qilindi.

MDHning bayrog‘i
MDHning raisi lavozimi navbat bilan bir davlat rahbaridan keyingi davlat rahbariga o‘tadi.
2004-yil sentabr oyida Qozog‘iston poytaxti Ostonada bo‘lib o‘tgan MDHning sammitida terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha MDHning “Xavfsizlik Kengashi”ni tuzishga qaror qilindi.

Xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan aloqalar.
O‘zbekiston rahbari Jahon banki, Xalqaro valuta fondi va boshqa nufuzli moliyaviy
muassasalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni va o‘zaro manfaatli
hamkorlikni yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlarini ko‘rmoqda.

O‘zbekistonning Shanxay Hamkorlik Tashkiloti bilan aloqalari.
Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) – submintaqaviy xalqaro tashkilot bo‘lib, Yevroosiyo hududining 61% ini egallaydi.

2001-yilda Xitoyda navbatdagi Shanxay sammiti bo‘ldi.

Unda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov ishtirok etib, O‘zbekistonning “Shanxay forumi”ga to‘la huquqli a’zo bo‘lishi to‘g‘risida”gi Bayonotni imzoladi.

ShHTga a’zo davlat rahbarlari. 2018-yil
Tashkilotning 2016-yilgi Toshkent sammitida Hindiston va Pokistonning
ShHTga aʼzo davlat maqomini olish yoʻlidagi majburiyatlari toʻgʻrisidagi
memorandumlar imzolandi.

ShHT xaritasi
2017-yilning iyun oyida tashkilotga aʼzo davlat rahbarlarining Ostonada boʻlgan sammitida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlab, unda sammit ishtirokchilari eʼtiborini Afgʻonistondagi vaziyatni yaxshilashga qaratdi.

Tartibga ko‘ra, Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga raislik Xitoy Xalq Respublikasiga oʻtdi.

IV.Mustahkamlash
Savol va topshiriqlar:
MDHning maqsadlari va O‘zbekiston uchun ahamiyatli tomonlarini gapirib bering.
2. Qo‘shimcha adabiyotlar asosida MDH bayrog‘idagi ramzni izohlang.
3. Shanxay Hamkorlik Tashkilotining maqsad va vazifalarini sanang.
4. “ShHT xaritasi” rasmiga qarab, yashil, pushti va siyohrangda berilgan davlatlar nomini ayting. Ranglarning mazmunini izohlang.
5. ShHTda O‘zbekistonning ishtirokini xronologik tartibda izohlang.
6. ShHTdagi organlar va tuzilmalarni sanang. Ularning funksiya va vakolatlari nimalardan iborat?
V.Darsni yakunlash. O`quvchilarbiliminibaholash va izohlash
VI. Uyga vazifa berish (2 daqiqa)
Mavzu haqida to`liq ma`lumot to`plab kelish.



@ustozlar_uchun Xalq ta’limi xodimlariga

Download 23.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling