C) Rivojlantiruvchi: hamkorlikda ishlash malakasini shakllantirish.
Kutilayotgan natijalar: Uch xonali sonlarni xonadan o'tmasdan qo'shish bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'lish.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
Darsga hozirlik ko’rish.
Darsning maqsadini aytish.
II. O'tilgan mavzuni mustahkamlash.
Uyga berilgan mavzuni aniqlab, tekshirib baholayman.
Aqliy hujum
1) Kamayuvchi 20, ayiriluvchi 6, ayirmani toping.
2) Kamayuvchi 80, ayiriluvchi 10, ayirmani toping.
3) Kamayuvchi 50, ayiriluvchi 15, ayirmani toping.
4) 36 va 6 sonini ayrilmasini toping.
5) 24 va 4 sonini ayrilmasini toping.
III.Yangi mavzu bayoni.
Ikki xonali sonlarni xonadan o'tmasdan qo'shishga doir 530-misol misollari yechiladi. Bunda 2-sinfda o'rganilgan ustun shakhda qo'shish usuli qo'llaniladi.
530-misolni yechish orqali uch xonali sonlarni xonadan o‘tmasdan ustun shaklida qo‘shish tushuntiriladi. Har bir o'quvchi uch xonali sonlarni xonadan o'tmasdan ustun shaklida qo‘shish qoidasini yoddan bilishi kerakligi ta’kidlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |