Sana: Sinf: 7 Mavzu: Impuls Darsning maqsadi: Ta`limiy: O`quvchilarga impuls va kuch impulsi haqida to`liq ma`lumot va bilimlarni berish


Download 424.13 Kb.
Sana24.08.2020
Hajmi424.13 Kb.
#127490
Bog'liq
buxoro tuman

Buxoro tumani 47 –O’rta umumta’lim maktabining Fizika fani o’qituvchisi INOYATOVA MAXFIRATNING 7 –sinflar uchun “Impuls ” mavzusiga tayyorlagan 1soatlik dars Ishlanmasi

Sana: Sinf: 7 Mavzu: Impuls

Darsning maqsadi:

Ta`limiy: O`quvchilarga impuls va kuch impulsi haqida to`liq ma`lumot va bilimlarni berish.

Ta`rbiyaviy: O`quvchilarni hayot havfsizligi bilan bo`g`liq bo`lgan bilim ko`nikma va malakalarini shakllantirish.

Rivojlantiruvchi: O`quvchilarga yangi mavzuni tushuntirish orqali o`quvchilardagi hayotiy ko`nikmalar asosida bilimlarni to`ldirish va rivojlantirish.

Dars uslubi: Ko`rgazmali-amaliy;

Dars usuli: Noan’anaviy (Komandada o`qitish, aqliy hujum, tezkor savol javoblar, didaktik mashqlar);

Dars tipi: Yangi bilimlar beruvchi;

Dars shakli: Individual.

Dars didaktikasi:

a) jihozi: Darslik, yozuv taxtasi, tarqatma materiallar, tezkor savollar yozilgan kartochkalar, o`quv qurollari;

b) texnik vositalari: kompyuter, videoproyektor, ekran

Oltin qoidalar

O’tilgan mavzuni so’rash

  •  
  • Tezlikka ta`rif bering?
  • Nyutonning birinchi qonuni?
  • Butun olam tortishish qonuni?
  • Aylanish davri?
  • Jism og`irligi?

Yangi mavzu bayoni

 lmpuls lotincha “impulsus" so'zidan olingan bolib, “turtki” degan ma'noni bildiradi.

Jismlarning o‘zaro ta’siri natijasi kuchdan tashqari ta'sirlashish vaqtining davomiyligiga ham bog‘liq. Bunga ishonch hosil qilish uchun quyidagi tajribalarni o'tkazib ko'raylik.

1-tajriba. Osmaga jismni ip orqali 84-rasmda ko`rsatilgandek osib qo'yaylik. Birinchi galda jismning ostiga bog`langan ipni sekin-astalik bilan pastga tortamiz. Bunda jismni tayanch bilan bog`lab turgan ip uziladi. Ikkinchi galda ipni tez, ya'ni siltab pastga tortamiz. Bunda jism ostidagi ip uzilishiga guvoh bo‘lamiz.

2-tajriba. Stol ustiga sirtlari silliq bo‘lgan ikkita taxtachani ustma-ust qo‘yaylik. Ostdagi taxtachaga ip bog'langan bo‘lsin. Birinchi galda ostdagi taxtachani sekin- asta tortamiz. Bunda ostki va ustki taxtacha bir-biriga nisbatan siljimasdan stol ustida sirpanadi. Ikkinchi galda ostdagi taxtachani tez, ya’ni siltab tortamiz. Bu holda ustki taxtacha ostki taxtacha ustida sirpanib orqaroqda qoladi yoki tushib ketadi

Ikkala tajribadan xulosa chiqarish mumkinki, haqiqatdan ham, jismlarning o‘zaro ta’siri natijasi faqat kuchga emas. balki uning ta’sir vaqti davomivligiga ham bog‘liq. Shuning uchun kuch impulsi degan kattalik kiritilgan.

Jism impulsi formulasi

Jism impulsi formulasi

р = mv

Kuch impulsi formulasi

I = Ft.

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun savollar

1. 84- va 85-rasmlarda ifodalangan tajribalarni tushuntirib bering.

2. Kuch impulsi qanday ifodalanadi? U qanday birliklarda o'lchanadi?

3. Harakatlanayotgan jismning massasi qancha katta bo`lsalining urilish zarbi

ham shuncha katta bo’lishini asoslab bering.

4.Harakatlanayotgan jismning tezligi qancha katta bo`lsa, uning urilish zarbi

ham shuncha kalta bo’lishini asoslab bering.

5. Jism impulsi qanday ifodalanadi? U qanday birliklarda o’lchanadi?

E’tiboringiz uchun raxmat

E’tiboringiz uchun raxmat


Download 424.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling