Sana: Sinf: 7 Mavzu: Impuls Darsning texnologik xaritasi


Download 184 Kb.
bet1/3
Sana18.09.2020
Hajmi184 Kb.
#130322
  1   2   3
Bog'liq
fizika 7-sinf IMPULS

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Sana

11-davlat ixtisoslashtirilgan umumta`lim maktabi fizika fani o`qituvchisi Jumayev Samar Qurbonovichning “Yilning eng yaxshi fan o`qituvchisi” ko`rik tanlovining viloyat bosqichida 7-sinflar uchun “Impuls” mavzusida ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida tayyorlagan bir soatlik ochiq дарс ишланмаси

Sana:


Sinf: 7

Mavzu: Impuls

Darsning texnologik xaritasi





Darsning maqsadi

O`quvchilarga impuls va kuch impulsi haqida ma`lumot berish , hayotiy tajribalarda amaliy qo`llanilishini tushuntirish.

Vazifalari

O‘quvchilarga mavzu asosida impulsga doir bilimlarni berish bilan birga qiziquvchanlik, topqirlik, hozirjavoblik, ijodiy qobiliyatni shakllantirish.

O‘quv jarayonining mazmuni

O‘quvchilar mavzuning mazmun-mohiyatini tushunib, impuls va kuch impulsini to`g`ri anglay bilishi va ularni masalalarda ishlatilishi bo`yicha bilim, ko`nikma va malakalarga ega bo`lish.

O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi.


Metod: “Aqliy hujum”, Savol-javob, jamoa va yakka tartibda ishlash, Amaliy mashg‘ulot.

Vosita: Fizika darsligi va multimediya darslik. Kompyuter. Fizika fanini o’qitishda o’quvchilarga impulsga oid tushunchalarni shakllantirish. (O’qituvchilar uchun qo’llanma. )

E. Turdiqulov. M. Musayeva. Toshkent-2007. Molekulalar modellari va ularning rasmi tushirilgan plakatlar. Doska, bo’r.



Nazorat: yozma, og`zaki

Baholash: Rag‘batlantirish, 5 ball tizim asosida baholash.


Kutilayotgan natijalar


O‘qituvchi:

O‘quvchilarning fanga bo`lgan qiziqishi ortadi. O`quvchilar o`rtasida do`stona muhitni yarata

di. O‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishadi.

O‘quvchilarni mustaqillikka va ijodkorlikka o`rgatadi. Past o`zlashtiruvchi o`quvchilarning fikrlash qobiliyatini o`stiradi.



O`quvchi:

O‘quvchilar mustaqil va erkin fikrlaydi. Guruhlar bilan ishlashni va o`z ustida ishlashni o‘rganadilar, eslab qolish, ayta olish, ko‘rsata olish ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar.



Kelgusi rejalar (tahlil, o‘zgarishlar).


O‘qituvchi:

Ilg`or pedagogik texnologiyalarni darsda qo`llashni, ularni takomillashtirishga erishadi. Darsni tashkil qilishda axborot texnologiyalardan foydalanadi..



O`quvchi

Mavzu yuzasidan berilgan topshiriq ustida mustaqil ishlashi o‘rganadi. O‘z fikrini ravon bayon eta oladi. Guruhda ishlashda jipslikka e`tbor qaratadi. Mavzu uchun qo‘shimcha na`lumotlar topishga harakat qiladi.




Darsning maqsadi:

I. Darsning maqsadi:

Ta`limiy: O`quvchilarga impuls va kuch impulsi haqida to`liq ma`lumot va bilimlarni berish.

Ta`rbiyaviy: O`quvchilarni hayot havfsizligi bilan bo`g`liq bo`lgan bilim ko`nikma va malakalarini shakllantirish.

Rivojlantiruvchi: O`quvchilarga yangi mavzuni tushuntirish orqali o`quvchilardagi hayotiy ko`nikmalar asosida bilimlarni to`ldirish va rivojlantirish.

Dars uslubi: Ko`rgazmali-amaliy;

Dars usuli: Noan’anaviy (Komandada o`qitish, aqliy hujum, tezkor savol javoblar, didaktik mashqlar);

Dars tipi: Yangi bilimlar beruvchi;

Dars shakli: Individual.

Dars didaktikasi:

a) jihozi: Darslik, yozuv taxtasi, tarqatma materiallar, tezkor savollar yozilgan kartochkalar, o`quv qurollari;

b) texnik vositalari: kompyuter, videoproyektor, ekran
Darsning blok-sxemasi:

T/r

Darsning bosqichlari

Vaqt

1

Tashkiliy qism

2 daqiqa

2.

Guruhlarga topshiriq berish orqali o`tilgan mavzuni so`rash

8 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

11 daqiqa

4

Amaliy mashqlar bajarish orqali mavzuni mustahkamlash

20 daqiqa

5

Dars yakuni:

  1. G`olib guruhni aniqlash va o`quvchilarni baholash

2. Uyga vazifa


4 daqiqa

Darsning shiori:

“To`xtama, o`qi, o`rgan Koinot ilmin,

Zero, tinmay aylanar Kurrai-zamin”

Darsning borishi:

1. Tashkiliy qism:



a) Psixologik iqlim yaratish (salomlashish, sinfning va o`quvchilarning darsga tayyorligini baholash, davomat, ob-havo, sanani aniqlash)

b) Darsning mavzusini va maqsadini e’lon qilish

d) O`rganiladigan BKM larni e’lon qilish:

1. Kuch impulsi.

2. Impuls.

3. Impuls formulasi birligi

4. Kuch impulsi formulasi birligi
e) O`quvchilarni guruhlarga ajratish, “Beruniy” va “Nyuton” nomlari bilan nomlash, guruh sardorlarini saylash;

j) “Oltin qoidalar” ni ishlab chiqish:

1. O`zaro hurmat

2. O`zgalar fikrini hurmat qilish

3. Erkin fikrlash

4. Intizomlilik

5. Topqirlik

6. Hozirjavoblik



i) Baholash mezonlari haqida tushuncha berish (“Ofarin”, “Barakallo”, “Harakat qil” so’zlari yozilgan shakllar);




Sinf chizmasi. Guruhlarning joylashish holati

O’tilgan mavzu yuzasidan o`quvchilarni baholash.

O`tilgan mavzu yuzasidan tayanch so`z va tushunchalar yozilgan kartochkalar guruhlarga tarqatiladi.



Beruniy” guruhiga:


  1. Tezlikka ta`rif bering?

  2. Nyutonning birinchi qonuni?

  3. Butun olam tortishish qonuni?

  4. Aylanish davri?

  5. Jism og`irligi?

Nyuton” guruhiga:


  1. Tezlanishga ta`rif bering?

  2. Nyutonning ikkinchi qonuni?

  3. Nyutonning uchinchi qonuni?

  4. Aylanish chastotasi?

  5. Og`irlik kuchi?

O`quvchilarning kartochkalardagi savollarga qay darajada izoh berganliklariga qarab “Ofarin”, “Barakallo”, “Harakat qil” so’zlari yozilgan shakllardan tegishlisi taqdim etiladi.



O`quvchilar bilan o`tgan mavzularni takrorlash maqsadida “Topqirlik” mashqi o`tkaziladi. Bunda o`quvchilar “Shatranj” taxtasiga yashiringan ma`lumotlarga to`g`ri javoblarni quyidagi davlatlardan qaysilariga tegishli ekanliklarini aniqlashlari kerak bo`ladi.




Shatranj” taxtasiga keltirilgan ma`lumotlardan namunalar:

  1. Mexanik harakat.

  2. Trayektoriya.

  3. Kuch.

  4. Ko`chish.

  5. Erkin tushish.

  6. Elastiklik kuchi.

  7. Guk qonuni.

  8. Birinchi kosmik tezlik.

Guruh o`quvchilari “Shatranj” taxtasidagi savollarga bergan javoblariga qarab rag`batlantiruvchi kartochkalar bilan taqdirlanadi.

O`qituvchi yangi mavzu bayonini o`quvchilarga tushuntirish jarayonida kompyuter, videoproyektor va ekrandan bevosita foydalangan holda Microsoft Office dasturi tarmog`iga kiruvchi Microsoft Office Power Point matn muharriri orqali ekranda mavzuga tegishli rasmlardan lavhalarni ham namoyish etib tushuntiradi.



Download 184 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling