Sana sinf Mavzu: Obodonchilik.(Holatga taqlid so‘zlar) 1-soat Darsning ta’limiy maqsadi


sinf Mavzu: Yozgi ishlar.(Taqlid so`zlar. Tovushga taqlid so`zlarning qo`llanishi)


Download 130.27 Kb.
bet33/33
Sana22.02.2023
Hajmi130.27 Kb.
#1222905
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
Dars ishlanmasi 8-9-sinf IYchorak

sinf

Mavzu: Yozgi ishlar.(Taqlid so`zlar. Tovushga taqlid so`zlarning qo`llanishi)
2-soat
Darsning ta’limiy maqsadi:
-“Yozgi ishlar” mavzusiga oid matn, adabiy badiiy materiallarni tinglab tushunish,to`g`ri va ifodali o`qishga o`rgatish.
-Shu mavzuda yozma va og`zaki nutqiy ko`nikmalarni shakllantirish.
-Yangi o`rgangan so`zlarni to`g`ri talaffuz qilish va qo`llash malakasini shakllantirish.
-O`z nutqlarida taqlid so`zlarni mustaqil ravishda qo`llashga o`rgatish.
- Mustaqil fikrlashga o`rgatish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: O`quvchilarda yozgi ta’tillarini to`g`ri rejalashtirish va mazmunli o`tkazish ko`nikmalarini hosil qilish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:
-Yozma va og`zaki nutqida egallagan bilimlarini hayotda qo`llay olishga o`rgatish.
-O`quvchilarning o`zaki nutqini o`stirish, lug`at boyligini oshirish.
-Harakat nomining egalik va kelishik qo`shimchalari bilan birga kelishini yozma va og`zaki nutqda to`g`ri qo`llashga o`rgatish.
Darsning turi: Interfaol, mustahkamlovchi.
Darsning jihozlanishi: Kitoblar, rasmlar, tarqatma materiallar, proyektor,kompyuter.


Dars rejasi:
Tashkiliy qism – 2 daqiqa
Uy vazifasini so`rash- 5 daqiqa
Mustahkamlash-10daqiqa
Mashq va topshiriqlar – 10 daqiqa
O`quvchilar bilimini baholash, uyga vazifa berish – 3 daqiqa
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:Darsni to`g`ri tashkil etish. O`quvchilarning darsga tayyorgarligini nazorat qilish. Dars mavzusi va maqsadi bilan tanishtirish. O`quvchilarni guruhlarga bo`lish.
Uyga berilgan vazifani so`rash:O`quvchilarning “Yozgi ta’til rejalari”haqida tuzib kelgan matnlarini tekshirish,tahlil qilish ,baholash.
O`tilgan mavzu yuzasidan mustahkamlash:1-topshiriqda berilgan suhbat asos- ida mustaqil diologlar tuzish.
Qambar Ota yozgan “Ko`ksim g`ururga to`ldi”she’rini “Zanjir”usulida ifodali o`qittirish. Notanish so`zlar lug`atini daftarga yozdirish va mazmunini og`zaki tarjima qilish.
Mashq va topshiriqlar bajarish:1,2-mashqlarni,2-topshiriqni shartiga ko`ra bajarish.
O`quvchilarni baholash:Darsdagi faolliklariga ko`ra baholash.
Uyga vazifa:Mavzu yuzasidan savol-topshiriqlar.
Download 130.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling