Tashkiliy qism:
A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Darsning jihozi: kitob, gazetajurnallar, shaharlar tasviri, geografik xarita.
Darsning rejasi:
1. Atoqli otlar.
2. Turdosh otlar.
3. Atoqli otlarning yozilishi.
4. Mashqlar ishlash.
O’qituvchi darsni o’quvchilar yashayotgan mahalla, qishloq, shahar, tuman, viloyat nomlarini, shuningdek, sinf xonasidagi narsa-buyumlarning nomini sanashdan boshlaydi.
Masalan: bir o’quvchi o’rnidan turib, o’zlarining Andijon viloyati Xo’jaobod tumani Abdulla Nabiyev nomli shirkat xojaligining Ko’chak ota mahallasida istiqomat qilayotganini aytadi. Ikkinchi o’quvchi sinf xonasidagi parta, stol, still, taxta, gul, portret kabi so’zlarni sanab beradi.
O’qituvchi shular asosida atoqli otlarning atab qo’yilishini, ularning yakkaligini (Andijon, Xo’jaobod, Abdulla Nabiyev), turdosh otlarning esa birpredmetning umumiy nomi ekanligini tushuntiradi.
Kishilarning ismi familiyasi, tuman, shahar, daryo, ko’l, tog', gazeta, jurnal noralariga misollar keltiradi.
O’qituvchi atoqli otlarni tushuntirishda o’quvchilarga tushunarli bo’lgan sodda, jonli misollarni keltirsa, maqsadga muvofiq bo’ladi.
Masalan:
- Familiyangiz nima?
- Yunusaliyev.
- Ismingiz-chi?
- Farruxbek.
Derazadan ko’rinib turgan tog'ning nomi nima?
- Chilustun tog'lari, undan narida turgan baland tog'lar — Pomir tog'lari.
- Maktabimiz yonidan oqib o’tgan daryoning nomi nima?
- Shahrixonsoy.
O’quvchining javoblari asosida atoqli otlar va ularning yozilishi izohlanadi.
Mashqlar ham yuqoridagi talab asosida bajartiriladi.
Mustahkamlash: Savol-javobo’tkazish
Baholash: Darsdafaolqatnashgano’quvchilarrag’batlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |