Mavzu: G‘afur G‘ULOM (1903-1966)
Darsning maqsadi:
ta’limiy: Adabiyot fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, adabiyotga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.
tarbiyaviy: Adabiyot fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish. Shu bilan bir qatorda milliy va mumtoz adabiyotimizga milliy iftihor, qadriyat sifatida e’tirof etish va uni hurmat qilishga o’rgatish.
rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
mediamanba va kutubxonalardan zarur ma’lumotlarni topa olish va ulardan foydalanish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
doimiy ravishda o‘z-o‘zini ma’naviy rivojlantirish, mustaqil o‘qib-o‘rganish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
oila, maktabda bo‘layotgan tadbirlarda faol ishtirok etish, barcha bilan xushmuomalada bo‘lish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
umuminsoniy va milliy qadriyatlarni e’zozlash, orasta kiyinish.
Dars uslubi:an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Adabiyotga e’tibor – kelajakka, ma’naviyatga e’tibor. (I.A.Karimov)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Adabiyot» 6-sinf uchun darslik.
2) 6-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti.
Darsning borishi:
a)salomlashish
b)navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c)kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
O’tgan mavzuni so’rash.
individual - tarqatma materiallar, kartochka.
Frontal (guruh bilan ishlash)
Do'stlaringiz bilan baham: |