Tashkiliy qism:
A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Dars uslubi:an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Ona tili» 7-sinf uchun darslik.
Darsning borishi:
a)salomlashish
b)navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c)kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
Yangi mavzu:
1-topshiriq. Quyidagi gaplarni solishtirib, nimasi bilan farqlanayotganini ayting.
Sharifa xat yozdi. Xat Sharifa tomonidan yozildi.
2-topshiriq. Yuqoridagi gaplarning egalarini aniqlang.
BILIB OLING. Bajaruvchisi noma'lum bo'lgan harakat yoki holatni ifodalovchi fe'l shakli majhul nisbat deyiladi. Majhul nisbat shakli unli bilan tugagan fe'l asosiga -n, -l; undosh bilan tugagan fe'l asosiga esa -in, -il qo'shimchalarini qo'shish bilan hosil bo'ladi.
O'zlik va majhul nisbat shakllari aynan bir xil, lekin ular harakat yoki holatning bajaruvchisi nuqtayi nazaridan farq qiladi. O'zlik nisbatida harakat-holat bajaruvchining o'zi ustida amalga oshadi, majhul nisbatda esa bajaruvchi noma'lum bo'ladi. Solishtiring: tarandi— taraldi, kiyindi —kiyildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |