c)kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
Yangi mavzu:
1-topshiriq. Quyidagi fe'l asoslariga -t, -dir(-tir), -giz(-kiz) qo'shimchalaridan mosini qo'ying. O's, yoz, ket, qol
2-topshiriq. Bu qo'shimchalarning talaffuzi va imlosiga e'tibor bering.
BILIB OLING. Bajaruvchining ta'siri bilan boshqa shaxs yoki narsa tomonidan bajarilgan harakat yoki holatni bildiruvchi fe'l shakllari orttirma nisbat shakli deyiladi. Orttirma nisbat shakllari: -t, -dir (-tir), -giz(-kiz), -qiz, (-g'iz), -gaz
(-kaz, -qaz), -ir, -ar, -iz kabi qo'shimchalar yordamida yasaladi.
Bitirmoq, aytmoq, tomchilamoq, to'ydirmoq, chaqirmoq, tushuntirmoq, anglamoq, yotqizmoq, asramoq, o'tkazmoq, topmoq, keltirmoq, qaramoq, tasvirlamoq, tushirmoq, ko'rmoq, ko'rsatmoq, ishlatmoq.
Qavs ichidagi fe'llarga tegishli nisbat qo'shimchalarini qo'shing. Avval orttirma nisbatdagi fe'lli, keyin aniq nisbatdagi fe'lli gaplarni yozing.
Suv qahr bilan uning biqiniga urilib shovullar, boshidan oshib o'tguday bo'lar, lekin tog'day gavdasini (qimirlamoq) olmas edi. U soydan o'ta olmay qaytganlarning hammasini birma-bir qo'lidan ushlab (o'tmoq) qo'ydi.
Rota yana bir qator bo'lib yo'lida (davom etmoq). Bular shag'al to'kilgan katta yo'lni kesib o'tib, adirga tomon chiqib ketayotganda botayotgan quyoshning horg'in nuri ro'paradagi qorli tog' cho'qqisini, uning tepasida uvadaday osilib turgan qora bulutni bir lahza (qizarmoq)-da, so'ndi. Shu bilan uzoqdagi tog' oraliqlaridan boshlangan qorong'ilik asta-sekin hamma yoqqa (tarala boshlamoq). (Abdulla Qahhor)
1. Fe'llarning orttirma nisbat shakli qanday hosil qilinadi?
2. Aniq va orttirma nisbat shakllarining farqini ayting.
3. Aniq va orttirma nisbatdagi fe'llar ishtirokida gaplar tuzing.
Do'stlaringiz bilan baham: |