Sana: Sinf: Mavzu: til-ijtimoiy hodisa darsning maqsadi


Mustahkamlash: Savol-javobo’tkazish


Download 1.96 Mb.
bet86/120
Sana17.06.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1521407
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   120
Bog'liq
Ona tili va Adabiyot to\'garak

Mustahkamlash: Savol-javobo’tkazish
Baholash: Darsdafaolqatnashgano’quvchilarrag’batlantiriladi.

Uyga vazifa. Mustahkamlash

Sana:_________________ Sinf: ________________
Mavzu: Imom al-Buxoriy(810-870)
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: Adabiyot fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did,
estetik ong, adabiyotga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.
b) tarbiyaviy: Adabiyot fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish. Shu bilan bir qatorda milliy va
mumtoz adabiyotimizga milliy iftihor, qadriyat sifatida e’tirof etish va uni hurmat qilishga o’rgatish.
c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
kutubxonalardan qiziqarli badiiy kitoblarni topa olish, ulardan foydalanish.
O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
doimiy ravishda mustaqil o‘qib-o‘rganish, o‘z-o‘zini rivojlantirish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
oila, maktab, mahallada bo‘layotgan jarayonlarda faol ishtirok etish.
Dars uslubi:an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
I. Darsning borishi:
a)salomlashish
b)navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c)kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
Imom al-Buxoriy islom dunyosining eng mashhur kishilaridan. U kishini «muhaddislar imomi» deydilar. Muhaddis — «hadis biluvchi», «hadis aytuvchi» degani. Hadis esa payg‘ambarimiz so‘zidir. Bundan chiqadiki, u kishi payg‘ambarimiz so‘zlarini yig‘gan, o‘rgangan, aytgan allomadir. Namoz jamoa bo‘lib o‘qilganda, oldindagi boshlab boruvchi imom bo‘ladi. Demak, Buxoriy barcha muhaddislarning eng oldingi qatorida turgan, hammalari tomonidan tan olingan ustozidir.
Islomda islomiy yashash va o‘zaro muomala qilishning bosh kitobi Qur'oni karimdir. Qur'oni karim payg‘ambarimizga vahiy qilib yuborilgan. «Vahiy» degani Olloh taoloning o‘z sevgan bandasi diliga o‘z so‘zlarini, ya'ni ilohiy so‘zlarni solishidir. Shuning uchun ham Qur'oni karimning yana bir nomi Kalomi Ollohdir, ya'ni Olloh so‘zlaridir. Uni xalq orasida «Kalomulloh» deydilar. Hadislar Qur'oni karimdagi oyatlarni tushuntiradi, sharoitga tatbiq etadi. Shunga ko‘ra, ular o‘z ahamiyati jihatidan Qur'oni karimdan keyingi eng muhim qo‘llanmadirlar. Hadislarni yig‘ish payg‘ambarimiz davrlaridan boshlangan. Lekin vaqt o‘tishi bilan ularni saralash, ishonchlilarini ishonchsizlaridan ajratib olish qiyinlashib borgan. Islomni obro‘sizlantirish, musulmonlarni chalg‘itish uchun uning dushmanlari soxta hadislar to‘qib tarqatganlar. Shuning uchun bu hadislarning kim tomonidan aytilganligiga va ularning shaxsiga alohida e'tibor berilgan. Hadisshunoslik degan fan hadislarning «sahih» (ishonchli)larini «nosahih» (ishonchsiz)laridan ajratish bilan shug‘ullangan. Payg‘ambarimiz so‘zlari — hadislar roviylardan yig‘ilgan. «Roviy» ma'lumot beruvchi, aytuvchidir. Roviylar asosan ikki xil bo‘lgan: sahobalar, tobeinlar. Sahoba deb payg‘ambarimizni ko‘rgan va u kishi bilan suhbatda bo‘lganlarga aytilgan. Tobeinlar esa, payg‘ambarimizni emas, sahobalarni ko‘rib, ulardan eshitganlarini aytuvchilardir. Hadis ikki qismdan — sanad va matndan tashkil topgan. Sanad payg‘ambarimiz so‘zlarining qachon, qanday sharoitda, kimlar huzurida aytilganligi hujjati bo‘lsa, matn uning mazmunidir. Imom al-Buxoriy mana shunday hadis ilmining Buxorodan yetishib chiqqan va butun dunyoga shuhrat taratgan allomasi edi. U kishining hayot yo‘llari ham ibratlidir.Imom al-Buxoriyning ismi — Muhammad, otasining otiIsmoil bo‘lib, 810-yilning 21-iyunida Buxoro shahrida tug‘ildi. Otasi Ismoil Buxoriy ham muhaddis edi, goho tijorat bilan shug‘ullanardi. Lekin juda halol, xudojo‘y odam edi. Zamondoshlari, uning xonadoniga mehnatsiz topilgan biror dirham ham pul kirgan emas edi, deb yozadilar.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling