Sana: «Tasdiqlayman» O’ibd o’rinbosari A. G’aybullayev


Download 22.3 Kb.
bet1/4
Sana09.01.2022
Hajmi22.3 Kb.
#256454
  1   2   3   4
Bog'liq
AX asoslari 1 - mavzu


Sana: _________ «Tasdiqlayman»

O’IBD o’rinbosari

_______ A. G’aybullayev

1- Mavzu: Axborot xavfsizligining asosiy tushunchalari. Maqsad va vazifalari.
Reja:


  1. Fanning maqsad va vazifasi.

  2. Fanning predmedi.

  3. Axborot xavfsizligi tushunchasi.


Fanning maqsad va vazifasi

XXI asr insoniyat hayotiga axborot texnologiyalarining g‘oyatda rivojlanishi va inson faoliyatining barcha sohalariga chuqur qo‘llanishi bilan kirib keldi. Hozirgi kunda zamonaviy axborot texnologiyalarining to‘xtab qolishi insoniyat hayotida halokatli natijalarga olib kelishi mumkin. Axborot texnologiyalari jamiyatning muhim ustunlaridan bo‘lsa, axborotning o‘zi hozirgi kunning eng bebaho mulkiga aylandi. Inson o‘zining qimmatli buyumlarini har doim avaylab asragan, uni o‘g‘irlashlariga yoki buzishlariga yo‘l qo‘ymagan. Yuqorida aytilgan fikrlar esa, axborot texnologiyalari va axborotni eng avaylab asrash lozim bo‘lgan mulk ekanligini ko‘rsatib turibdi. Chunki, axborot texnologiyalari deganda nafaqat axborotga avtomatlashtirilgan ravishda ishlov berish tizimlari, balki ixtiyoriy jarayonni amalga oshirishda axborot asosida taroziga solingan, rejali ish tutish bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday tizim (hattoki, u qo‘l mehnatiga asoslangan bo‘lsa ham) ko‘zda tutiladi. Shu sababli axborot va axborot tizimlarining xavfsizligini ta’minlash davr talabiga aylangan bugungi kunning dolzarb muammosidir.


Download 22.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling