III. Yangi mavzuni o`rganish
1. Ijrochi sifatida quyidagi ko’rsatmalardan qaysilarini bajara olmaysiz va nima uchun?
A. 200 kg lik tosh ko’tarilsin. B. 7 ga 2 ko’paytirilsin. D. 1 dan 31 622 400 000 gacha sanalsin.
Javob: A va B
2. Algoritm ijrochisi qo’yilgan maqsadga erishishi uchun qanday sodda ko’rsatmalarni bajara olishi lozimligini, ya’ni ijrochining ko’rsatmalar sistemasini aniqlang.
A. Ochiq eshik ijrochining chap yonida 5 qadam narida bo’lsa, maqsad “eshikdan chiqish”.
Javob: chapga buril, yur.
B. Ijrochi jo’mrak va silindrik stakan oldida turgan bo’lsa, maqsad “yarim stakan suv olish”.
Javob: jomrakni och; yarim stakan suv ol; jomrakni yop.
D. Berilgan 44·15+12·15:20-43 sonli ifoda qiymati aniqlansin.
3. Berilgan ko’rsatmalar yordamida masala yechimiga olib keluvchi algoritm yozing.
A. “Bo’ri, echki va karam” nomli qadimiy masala. Dehqon daryoning chap qirg’og’ida bo’ri, echki va karam bilan turibdi. U bularni hammasini o’ng qirg’oqqa o’tkazishi kerak. Uning qayig’i juda kichik bo’lgani uchun faqat bitta yo’lovchini olishi mumkin – yoki bo’rini, yoki echkini, yoki karamni. Yana – agar bo’ri va echki bir qirg’oqda qoldirilsa bo’ri echkini yeb qo’yadi, agar echki va karamni bir qirg’oqda qoldirilsa echki karamni yeb qo’yadi. Hayvonlar faqat dehqon borligidagina tinch turishadi. Dehqonning ko’rsatmalar sistemasi quyidagicha:
{echkini o’tkaz; bo’rini o’tkaz; karamni o’tkaz; suzib o’t}.
1. echkini o’tkaz; 2. suzib o`t; 3. karamni o`tkaz; 4. echkini o`tkaz; 5. bo`rini o`tkaz; 6. Suzib o`t;
7. echkini o`tkaz.
B . Bo’g’irsoq uchun “oldindagi” katak qalpoqchasi ko’rsatayotgan katakdir. U o’ngga burilganda ko’rinishda bo’ladi. Bo’g’irsoq 1 ta oldindagi katakka yura oladi yoki turgan katagida o’ngga burila oladi, ya’ni {oldinga; o’ngga} ko’rsatmalarini bajara oladi. Bo’g’irsoq bir katakdan bir necha marta o’tishi mumkin, lekin shaklidagi to’siqli katakdan o’ta olmaydi. Bo’g’irsoq o’zi turgan katakdan bilan belgilangan katakka biror yo’l bilan bora oladigan bo’lsa, zaruriy ko’rsatmalar ketma-ketligini yozing.
Javob: 1. o`ngga; 2. o`ngga; 3. o`ngga; 4. olding; 5. oldinga.
IV. Uyga vazifa
3 b) masalada shakllarning o`rinlarini o`zgartirib, hosil bo`lgan holat uchun algorim tuzing.
Do'stlaringiz bilan baham: |