San'at” rivojlanish markazida bolalarni “Yovvoyi hayvonlar” mavzusida rasm chizishga o'rgatishda trafaretlardan foydalanish (trafaretlar)


Download 0.59 Mb.
bet1/5
Sana04.02.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1160025
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-Mavzu Yovvoyi hayvonlar trafareti (2)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MAKTABGACHA TA’LIM VAZIRLIGI


MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI DIREKTOR VA MUTAXASSISLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI
San'at” rivojlanish markazida bolalarni “Yovvoyi hayvonlar” mavzusida rasm chizishga o'rgatishda trafaretlardan foydalanish (trafaretlar)
mavzusida bajarilgan
MALAKAVIY LOYIHA ISHI
HISOBOTI
Malaka toifasi(guruhi) MT 20-12



Malakaviy loyiha ishini bajaruvchilar:




Ismoilova Iqbol Baxriddin qizi

Kunarova Feruza Hasan qizi

To'xtamishova Ozoda Erkin qizi













Malakaviy loyiha ishi rahbari: F.U.Po‘latov


Kafedra mudiri (PhD) N.Sh.Abdullayeva


Toshkent – 2022 yil


Mavzu: “San'at” rivojlanish markazida bolalarni "Yovvoyi hayvonlar" mavzusida rasm chizishga o'rgatishda trafaretlardan foydalanish (trafaretlar)
Malakaviy loyiha ishining dolzarbligi: Mamalakatimizda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash bugungi kunning dolzarb vazifasidir. Xususan, bolalarni ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi “San’at” markazida olib boriladigan tasviriy faoliyatning o‘rni beqiyosdir. Bu borada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida juda ko‘plab ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Shunday bo‘lsada kuzatishlarimiz natijasi shuni ko‘rsatdiki ayrim maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi “San’at” rivojlanish markazlarida bolalarni yovvoyi hayvonlar mavzusida rasm chizishga o’rgatishda trafaretlardan foydalanilmaydi. Bu esa bolalarni yovvoyi hayvonlar tasvirini chizishga o’rgatishda, ularni tashqi ko`rinishlaridan ajrata olishda, ularni oson va tez tasvirlash malakalarini shakillantirishda ayrim kamchiliklarni yuzaga keltiradi va o‘z navbatida bu kamchilikni bartaraf etish kerakligini taqazo etadi.
Yuqogidagilarni hisobga olgan holda biz malakaviy loyiha ishi mavzusini “San'at” rivojlanish markazida bolalarni "Yovvoyi hayvonlar" mavzusida rasm chizishga o'rgatishda trafaretlardan foydalanish (trafaretlar) deb belgiladik. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “San’at” rivojlanish markazida trafaretlardan unumli foydalanish bolalarni yovvoyi hayvonlar tasvirini oson va tez tasvirlash ko’nikmalarini shakillantiradi va tasviriy faoliyatga bo`lgan qiziqishni oshiradi. Hamda turli yovvoyi hayvonlarni tasvirlashda qulayligi va tezligi bilan ajralib turadi. Ushbu loyixa doirasida tayyorlangan ko‘rgazmali material va taqdimotimiz maktabgacha ta’lim tashkilotlarida san`at rivojlanish markazidagi rasm mashg‘ulotlarini mazmunli va samarali o‘tishini ta’minlashga xizmat qiladi. Bu esa kelgusida o‘sib kelayotgan yosh avlodni san`atga bo`lgan qiziqishini yanada ortishiga ko`maklashadi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling