San’AT, sport va jismoniy tarbiyaga oid adabiyotlarni targ‘ib etish”


Download 33.94 Kb.
bet1/5
Sana03.05.2023
Hajmi33.94 Kb.
#1423854
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Дурдона


O‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti yonidagi To‘rtko‘l ko‘p tarmoqli texnikumi
“Kutubxonashunoslik” yo‘nalishi
“Kutubxonashunoslik” fanidan
SAN’AT, SPORT VA JISMONIY TARBIYAGA OID ADABIYOTLARNI TARG‘IB ETISH”
mavzusida yozilgan

MUSTAQIL ISH


Bajardi: Kutubxonashunoslik yo‘nalishi II kurs guruhi talabasi Babayeva Durdona


Qabul qildi: Urunova Ra’no
To‘rtko‘l-2023
Mavzu: San’at, sport va jismoniy tarbiyaga oid adabiyotlarni targ‘ib etish
Kirish.

  1. San’at turlari haqida tushuncha

  2. San’atga oid adabiyotlar targ‘iboti, maqsadi, vazifalari.

  3. San’atga oid adabiyotlaming nashr turlarini.

  4. Sport va jismoniy tarbiyaga oid adabiyotlar targ‘iboti.



Kirish
Barkamol inson tarbiyasida san’atga oid adabiyotlarning o‘mi alohida. Komil inson go‘zallik shaydosi, uni his qila oladigan, qadrlay oladigan, go‘zal xulq egasi bo‘lishi shart. Unda ruhiy, ma’naviy eng yaxshi fazilatlarni tarbiyalashda, atrof-tevarakka, voqea va hodisalarga samimiy va yaxshi munosabatda bo‘lishda, boshqalarga xushxulqlik bilan munosabatda bo‘lishda, qalbida ezgu, samimiy tuyg‘ularni shakllantirishda san’at asarlari — teatr, kino, tasviriy san’at, musiqa asarlari juda katta ahamiyatga ega.
San’atga oid adabiyotlar janri, xili, turiga ko‘ra KBK jadvalining 85-bo‘limida guruhlashtirilgan. Uning asosiy bo‘linmalari: tasviriy san’at, arxitektura, bezakli amaliy san’at, musiqa san’ati, teatr, ommaviy tomoshalar, teatrlashtirilgan bayramlar, sirk, dor o‘yinlari, estrada san’ati, kino san’ati, badiiy havaskorlik, badiiy fotografiya va tasviriy san’at. Bulaming har bin o‘ziga xos xususiyatlaiga va taibiyaviy ahamiyatga ega.
Bu turlarning har biriga oid ko‘plab san’at asarlari, kitoblar, risolalar, ilmiy maqolalar, ilmiy-ommabop materiallar, o‘quv adabiyotlari, ma’lumotnoma nashrlar chop etilgan, minglab tasviriy san’at asarlari yaratilgan. San’at sohasida ko‘plab gazeta va jurnallar nashr etiladi. Bu asarlar yordamida insonlarda go‘zallikni sevish, idrok etish hissini tarbiyalaymiz. San’atga yaqin kishining qo‘lidan yomonlik kelmaydi, yovuzlikdan nari boladi.
Barcha tipdagi AKM fondida ma’lum bir ma’noda san’at asarlari jamlangan. San’at sohasida kadrlar tayyorlaydigan o‘quv muassasalari axborot-resurs markazlarida san’at sohasidagi ilmiy, ilmiyommabop, maxsus adabiyotlar, ma’lumotnoma nashrlar, vaqtli matbuot nusxalari to‘planadi. Ulardan, asosan, talabalar va professor-o‘qituvchilarfoydalanadi.
Musiqa maktablari o‘quvchilariga ham ularning yoshiga ko‘ra, san’atga oid asarlar mavjud. Musiqa kollejlari ARM fondida san’at o‘quv muassasasining yo'nalishiga ko‘ra san’at asarlari to‘planadi: ensiklopediyalar, lug‘atlar, o‘quv adabiyotlari, san’at asarlarining asl nusxalari, notali nashrlar, operettalar, klaviaturalar va boshqalar.

Download 33.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling