San’at tarixiga kirish Reja


Download 1.84 Mb.
bet6/7
Sana05.10.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1692516
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Sa\'nat tarixiga kirish

Luvr muzeyi-Franyiyaning Parij shahrida joylashgan. Bu bino o’rta asrlarda qo’rg’on, keyinchalik esa qirollar saroyi bo’lgan. Ushbu madaniyat maskani dunyoning eng yirik muzeylaridan biri hisoblanadi. Muzeydagi nodir durdonalar asosini Angliya qirolligida to’plangan san’at asarlari tashkil etgan. Ular rangtasvir, haykaltaroshlik, dekorativ amaliy san’at asarlaridir. Muzey 1791 yilda milliy muzey maqomini olib, 1793 yilda birinchi bor omma uchun o’z eshiklarini ochgan. Muzeydan Qadimgi sharq, Yunoniston, Rim, Qadimgi Misrda yaratilgan ishlar ham o’rin olgan. Frantsuz xalqi bu muzeyda Leonardo Da Vinchi, Mikelanjelo, Titsian, Rembrandt, N.Pussen, E.Delekrua va boshqa bir qator dunyoga mashhur san’atkorlarning asarlari borligidan haqli ravishda faxrlanadi.
Metropoliten muzey-AQShning Nyu Yo’rk shahrida joylashgan bo’lib, u dunyoning eng yirik muzeyi sanaladi. Mazkur muzey 1970 yilda tashkil topgan. Muzeydagi ekspozitsiyalar asosini turli davrlarda xususiy shaxslar tomonidan tortiq qilingan asarlar tashkil qiladi. Muzeyda 3 mln ga yaqin jahon san’atiga oid asarlar saqlanadi. Uning asosiy binosidan tashqari ko’plab filiallari ham bor. Xususan, uning rangtasvir va haykaltaroshlikdan tashqari amaliy san’at, badiiy fotoga oid alohida bo’limlari ham mavjud. Unda dekorativ-amaliy san’at, musiqa asboblari, kitoblar, liboslar, bolalar rasmlari bo’yicha alohida bo’limlari ham bor.
Muzeyda Amerika, Afrika, Tinch okeani orollari xalqlari san’ati, qadimgi Misr, Yunoniston, Rim, Yaqin va Uzoq Sharq xalqlarining san’at asarlari o’rin olgan.
Uning ko’rgazma zallarida dunyoga mashxur rassomlardan Rafael, Titsian, El Greko, F.Goyya, F.Xals, Rembrandt, K.Mone, O.Renuar, P.Sezan, P.Gogen, P.Pikasso kabi ko’plab san’atkorlarning asarlari saqlanadi.
Ermitaj-Rassiyaning Sankt-Peterburg shahrida joylashgan. U ham dunyoning eng yirik muzeylaridan biri. Muzey 1764 yilda tashkil topgan, deb hisoblanadi. Lekin muzey sifatida 1852 yilda ochilgan. Ermitaj “Birlashgan joy” ma’nosini bildiradi. Muzey kollektsiyasida 2 mln 700 mingdan ortiq asar bor. U olti bo’limdan tashkil topgan.

    1. Ibtidoiy madaniyat tarixi. 2. Qadimgi dunyo. 3. Sharq madaniyati va san’ati tarixi. 4. Rus madaniyati tarixi. 5. G’arbiy Evropa san’ati tarixi. 6. Numizmatika (chaqa, tanga, medallar) tarixi.

Muzeyda rangtasvir, Haykaltaroshlik, grafika, dekorativ-amaliy san’atga oid yuzlab eksponatlar bor. Unda Leonardo Da Vinchi, Rafael, Titsian, Velaskes, Goyya, Rubens, Rembrandt, N.Pussen, O.Renuar, A.Matiss, P.Pikasso, Mikelanjelo, O.Roden kabi dunyoga mashxur rassom va haykaltaroshlarning bebaho asarlari saqlanadi.

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling