San’at tarixiga kirish Reja


Jahonning eng yirik tasviriy san’at muzeylari


Download 1.84 Mb.
bet5/7
Sana05.10.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1692516
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Sa\'nat tarixiga kirish

Jahonning eng yirik tasviriy san’at muzeylari.


Badiiy muzeylar. “Muzey” yunoncha “Muzeyon” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, qadimgi Yunon afsonalariga ko’ra, san’at va fan mabudalarihisoblangan muzalar uchun mo’ljallangan muqaddas joy ma’nosini anglatadi.
“Muzey” so’zi uyg’onish davrida rasmiy tus oldi. Badiiy muzeylarda asosan tasviriy va dekorativ amaliy san’at asarlari to’plandi, saqlandi, namoyish etildi va ta’mirlandi.
Dunyoda birinchi bo’lib davlat muzeyi xuquqini Londondagi Britaniya muzeyi olgan edi. Dastlabki muzeylar Evropada tashkil etilgan bo’lsa, Sharqda ular 19-20 asrlarda paydo bo’ldi. Xususan Dexlida Hindistonning milliy muzeyi (1848 y), Pekindagi Gugun muzeyi (1914 y), Yaponiyadagi Tokio milliy muzeyi (1871 y) va boshq. Badiiy muzeylar orasida tasviriy san’at muzeylari bilan bir qatorda maxsus amaliy san’at muzeylari ham bor. Shuningdek, tasviriy san’atning u yoki bu turi yoki oqimiga bag’ishlangan muzeylar ham mavjud. Masalan Parijdagi bir muzey Impressionist rassomlar ijodiga bag’ishlangandir.
Britaniya muzeyi-dunyoning eng yirik muzeylaridan biri bo’lib, u London shahrida joylashgan. Muzey binosi 1823-1847 yillarda me’mor R.Smerk tomonidan maxsus qurilgan. Bino klassizm uslubida yaratilgan bo’lib, unda ibtidoiy jamoa yodgorliklaridan tartib hozirgi zamon rassomlarining asarlarigacha o’rin olgan. Muzeyda qadimgi Sharq, Evropalik san’atkorlarning asarlari ham saqlanadi. Qadimgi Yunonistonlik Fidiy va uning shogirdlari yaratgan asarlar, qadimgi Misrda yaratilgan ishlar ham bor. Muzey xonalarida Angliya sayoxatchilarining Afrika, Osiyo, Amerika, Okeaniyadan olib kelgan etnografik buyumlari ham namoyish etiladi. Shuningdek, bu muzeyda ajoyib rasm va miniatyuralar bilan bezatilgan, kamyob qo’lyozma kitoblar ham saqlanadi.
Drezden galereyasi-Germaniyaning Drezden shahrida joylashgan. Bu muzey binosi 1847-1854 yillarda me’mor K.Xenel tomonidan maxsus bunyod etilgan. Lekin galereya 1860 yilda ochilgan. Uning dastlabki eksponatlari Rafaelning “Sikstin madonnasi”, Jarjonening “Uyqudagi Venera” asarlari edi. Shuningdek, muzeyda Rembrandt, A.Dyurer, Titsian asarlari ham maqjud. Keyinchalik muzey Evropa rassomlari va haykaltaroshlarining asarlari bilan boyib bordi.

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling