Sanoat binolarining hajmiy-rejaviy yechimi Sanoat binolari qavatini tanlash


Download 117.44 Kb.
bet2/4
Sana04.04.2023
Hajmi117.44 Kb.
#1328802
1   2   3   4
Bog'liq
2 maruza

Binoni bloqlashtirishda texnologik asbob — uskunalarni o’rnatish ko’p variantli bo’lishi bilan, korxona maydoiini 30 — 40% ga qisqartirishga, tashqi devorlar perimetrini 50% kamaytarishga, qurilish tannarxini 10 —15% ga pasaygirishga, traqsporg yo’llari va muhandislik tarmoqlarini qisqartirishga, binodan foydalanish va maydonni obodonlashtirish xarajatlarini pasaytirishga olib keladi.
Binolarni rejalashtarishda ishlayotgan ishchilarni, olib kelinayotgan xom ashyoni va chiqarilayotgan mahsulotni harakat joylarini to’g’ri tashkil etish kerak, hamda qulay, havfsiz, qisqa yo’llar bilan harakat qilish, kesishish joylarida havfsiz o’tish joylari bo’lishini ta’minlash talab etiladi.

SANOAT BINOLARI QAVATINI TANLASH
Bir qavatli sanoat binolarining yutuqlariga texiologik jihozlarni o’rnatish osonligi, yuklarni olib kelish va tashishda gorizontal transportdan foydalanish, oddiy hajmiy — rejaviy va tuzilmaviy yechimi bo’lishi, ishlash joylarini tabiiy yorug’lik (yorug’lik fonarlari) bilan ta’minlash, ochiq o’rinlar va fonarlar orqali tabiiy shamollatishni tashkil etish, ishlab chiqarish honalarini bir-biri bilan qulay aloqasi kiradi.
Kamchiligi qurilishi maydonining qattaligi, muhandislik va transport tarmoqlarining uzunligi, tashqi yopmalar maydonining kattaligi, obodonlashtirish, va ichki muhitni berilgan parametrlarda ushlab turish, foydalanish xarajatlarining ko’pligidir.
Ko’p qavatli binolarda agar zaharli moddalar ishlab chiqaradigan korxonalar joylashmasa, ularni shaharda qurilgani ma’qul, bu bilan muhandislik tarmoqlarini joylashtirish osonlashadi, ishchilarning ishga kelib-ketishida qo’shimcha transportlardan foydalanilmaydn, shahar me’morchiligi bilan uzviy bog’lanadi, hamda unga madaniy-maishiy xonalarni joylashtirish qulay bo’ladi.
Ko’p qavatli sanoat binolarining kamchiliklariga, vertikal (zina, yuk va passajir liftlar) transportdan foydalanish, bino tannarxini oshishi, ishchi maydonlari enini tabiiy yorug’likdan foydalanishda chegaralanganligi, o’tish joylari va yo’laklarning noqulayligi kiradi.
Eng asosiysi binolar sanitar-gigienik me’yorlar, ishchilarning maishiy sharoitlari, yong’inga qarshi xavfsizlik talablari bilan ta’minlangan bo’lishi kerak.
Sanoat binolari rejasi o’lchami va konfiguratsiyasi, balandligi va profili texnologik parametrlari, oraliqlari soni va ularning joylashishi orqali aniqlanadi. Bu faktorlar ishlab chiqarish texnologiyasiga, chiqaralayotgan mahsulot xarakteriga, korxonaning ishlab chiqarish quvvatiga sanitar me’yorlar talablariga bog’liq bo’ladi.

Download 117.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling