Sanoat chiqindisi fosfogipsdan olingan gips
Download 51.13 Kb. Pdf ko'rish
|
226-230
- Bu sahifa navigatsiya:
- ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 3 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
KIRISH O„zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev tomonidan 2019 - yil 23- maydagi PQ-4335-sonli qarorida Respublikamizda raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilish bo„yicha barqaror o„sish sur‟atlarini ta‟minlash, ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 3 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24411/2181-1385-2021-00391 Academic Research, Uzbekistan 227 www.ares.uz shuningdek, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan qurilish materiallari sanoatidagi tarkibiy o„zgartirishlarni yanada chuqurlashtirish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Qayta tiklanadigan tabiiy resurslarni ishlab chiqarish va iste‟mol jarayonlarining muvozanatini saqlash tiklanmaydigan resurslarni ishlab chiqarish, chiqindilardan oqilona foydalanish, shuningdek regional va lokal darajalarda tabiatning qayta tiklanish xususiyatini tiklash, hamda tabiatning daslabki turlari va ularning genofondini, landshaftning xilma - xilligini saqlash kabi bir qator chora-tadbirlardan iboratdir. Bu borada sanoat chiqindilaridan foydalangan holda, ishlab chiqarilayotgan qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarni tannarxini kamaytirish hamda ishlab chiqarishning energiya tejamkor texnologiyasini ishlab chiqish asosiy yo„nalishlardan biri hisoblanadi. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Mamlakatimiz sanoatida ishlatiladigan xom ashyo, materiallar, issiqlik energiyasining 70 % ini tashkil qiladi. Shu vaqtning o„zida 10% dan 99% gacha sarflangan xom ashyo atrof-muhitni ifloslaydigan, suv havzalariga, havoga va yer sathiga chiqarib tashlanadigan chiqindilarga aylanadi. Sanoat chiqindi mahsulotlaridan zamonaviy qurilish materiallarini tayyorlashda foydalanish xom- ashyoga bo„lgan talabni 40% gacha qondiradi. Qurilish materiallarini tabiiy xom- ashyodan tayyorlashga nisbatan sanoat chiqindilaridan foydalanish orqali ishlab chiqarish sarf-xarajatning 10–30% ga kamaytirish imkonini beradi, shuningdek kapital mablag„ning 35-50% ini iqtisod qilish imkoniyati paydo bo„ladi. Dunyoda kimyo, metallurgiya va boshqa ishlab chiqarishlarda hosil bo„ladigan chiqindi moddalar ortib borishi yirik ekologik muammolarga olib keladi. Bizga ma‟lumki hozirgi kunda respublikamizda va butun dunyo bo„yicha chiqindi mahsulotlarni qayta ishlash, undan yaroqli moddalar olish ustida bir qancha yuzlab ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilib kelinmoqda. Download 51.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling