Sanoat ekologiyasi kafedrasi


Download 43.03 Kb.
Sana24.10.2023
Hajmi43.03 Kb.
#1718570
Bog'liq
Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi.


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT KIMY O-TEXN OLOGIYAINSTITUTI VINOCHILIK TEXNOLOGIYASI VA SANOAT UZUMCHILIGI FAKULTETI
SANOAT EKOLOGIYASI KAFEDRASI

EKOLOGIYA VA HAYOT FAOLIYATIXAVFSIZLIGI FAN DASTURI

Bilim sohasi:

1000000-

Xizmatlar

Ta'lim sohasi:

1020000-

Gigiena va ishlab chiqarishda mehnat muhofazasi

Ta’lim yo’nalishi:

61010200-

Aholi va turistlarning ovqatlanishini tashkil etish servisi




V60720500-

Funktsional ovqatlanish va bolalar mahsulotlari texnologiyas




60720400-

Konservalash texnologiyas




- 60720300- l 60720200- ), . 60720100-

Vinochilik texnologiyasi, bijg'ish mahsulotlari va alkogolsiz ichimliklar texnologiyas
Yog'lar, efir moylari va parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi Oziq-ovqat texnologiyasi (oziq-ovqat xavfsizligi)




1.-60720100- V- 60720100-

Oziq-ovqat texnologiyasi (oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi)
Oziq-ovqat texnologiyasi (go'sht va sut mahsulotlari




60710200-

Biotexnologiya (oziq-ovqat, oziqa, kimyoviy mahsulotlar va

qishloq xo'jaligi)
Tosh ken t-2023

Fan/modul
kodi
B406EHFX
B306EHFX

O'quv yili
2023-2024

Semestr(lar)
3

ECTS - Kreditlar
6

Fan/modul
turi
Majburiy

Ta’limtili
O’zbek/rus

Haftadagi dars soatlari
6




Fanning nomi

Auditoriya
mashg’ulotlari
(soat)

Mustaqilta’lim
(soat)

Jami
yukiama
(soat)

Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi

72

108

180

I. Fanning mazmuni - Ushbu fan oliygohlarda kimyo va oziq-ovqat sanoatlari korxonalarida mavjud ekologik muammolami kelib chiqish sabablari, ularni kamaytirishga qaratilgan tashkiliy va texnologik chora-tadbirlarni ishlab chiqish, tabiiy resurslaming sinflanishi va ulardan oqilona foydalanish asoslari, tabiatda moddalarning aylanma harakati, insonlarni ishlab chiqarish faoliyatlari bilan atrof muhit o‘rtasidagi bog'liqlik, chiqindisiz texnologik jarayonlarni tashkil qilishning asosiy tamoyillari, atmosferani ifloslanishi va havosini chang va zahali gazlardan tozalash, gidrosfera ifloslanishi va oqova suvlami tozalash hamda suning yopiq zanjirli tizimini tashkil qilish , litosferani muhofaza qilish, ishlab chiqarish korxonalarida xavfsiz mehnat sharoitini tashkil qilish, mehnatni muhofaza qilishning umumiy masalalarini o’rganishdan iboratdir.
Fanning vazifasi- Talabalarga ishlab chiqarishda texnologik jarayonni amalga oshirishda atmosfera havosiga tashlanayotgan chiqindilarni kamaytirish, gidrosferani muxofaza qilish, litosferani muxofaza qilish, oqova suvlarni tozalash usullari va jihozlari bilan tanishtirish, xavfsiz, sog’lom mehnat sharoitini yaratish, xavfli vaziyatlardan ogohhntirishga qaratilgan tadbirlarni o’rgatish, qo’llash, texnik vositalarini xavfsizligini taminlash tizimlarini o’rgatish bo’yicha bo’lajak mutaxassislarga bilim berishdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni tiazariy bilimlar, amaliy ko’nikmalar va malakalarini shakllantirish vazifaiarini bajaradi.
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari) it.I Atrof muhitni muhofaza qilishning ilmiy asoslari 1-mavzu. Kirish. O'zbekistondagi ekologik muammolar O'zbekistondagi mavjud ekologik muammolar. Atrof muhitni muhofaza qilish muammosini dolzarbligi. Ushbu fanni o'qitilishidan maqsad va uning vazifalari. Atrof muhitni hozirgi kundagi holati va atrof muhitni muhofaza qilish muammosini dolzarbligi. Atrof muhitni ifloslanish ko'lami va manbalari. Insonlarni ishlab chiqarish faoliyati bilan atrof muhitni
bogTiqligi. Tabiatdagi antropogen o‘zgarishlar, ularning tLirlari va shakllari. Atrof-muhitni muhofaza qilishning asosiy yo'nalishlari.
2-mavzu. Atrof muhitni muhofaza qilishning huquqiy asoslari
Atrof muhitni muhofaza qilish borasidagi qabul qilingan qonunlar: «Atrof muhitni muhofaza qilish», «Atmosfera havosini muhofaza qilish», «Chiqindilar to‘g‘risida» qabul qilingan qonunlar. Atrof muhitni muhofaza qilish borasidagi davlat va jamiyat tashkilotlari. Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalarini davlat qarorlari, konstitutsiyasida yoritilishi. Atrof muhitni muhofaza qilish soxasida xalqaro hamkorlik va xalkaro tashkilotlar.
3-mavzu. Tabiatni muhofaza qilishning ilmiy asoslari
Biosferaning tarkibi va funksiyalari. Atrof muhitni muhofaza qilish- yangi bilim soxasi. Muhitning ekologik sharoitlari. Biologik hayotning tabiiy asosi. Tabiiy muhitning va jamiyatning rivojlanish bosqichlari. Biosfera haqida tushuncha va uning chegaralari. V.I.Vernadskiyning biosfera haqidagi ta’limoti. Biosferaning tarkibi va funksiyalari. Biosferada energiya va moddalarning aylanma harakati, biokimyoviy sikl. Biosferaning tuzilishi elementlari. Biogeotsenozlar. Ekologik muvozanat. Tabiiy muxitni rivojlanishiga ta’sir qiluvchi antropogen faktorlar. Texnosfera, noosfera. Ekologik sistemalarni barqarorlik ostonasi va sig‘im chegarasi.
4-mavzu. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish asoslari
Tabiiy resurslar. Ekologik inqiroz. Tabiiy resurslarga boTgan extiyoj va demografik muammolar o‘rtasidagi bogTiqlik. Tabiiy resurslar va ularning sinflanishi. Ashyoviy, energetik, oziq-ovqat muammolari. Ularni echish yoTlari. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish asoslari. Chiqindisiz texnologiyalarni hosil qilish asoslari. Chiqindilarni hosil boTish manbalari va sabablari, ularning sinflanishi. Chiqindilarni qayta ishlash, utilizatsiyalash, yo‘q qilish. Chiqindisiz texnologiyalarni yaratish-atrof muhitni muhofaza qilish muamolarini har tomonlama hal qilish. Chiqindisiz texnologik jarayonlarni tashkil qilishning asosiy prinsiplari. Xom ashyoni toTik ishlatish, kooperatsiyalash. Chiqindisiz ishlab chiqarish jarayonlariga misollar. Atrof muhitni muhofaza qilishda texnikaning roli. Monitoring. Monitoring turlari.
5-mavzu. Atmosfera xavosini ifloslanish yoilari va uni kamaytirishga karatilgan chora-fadbirlar
Atmosferani ifloslantiruvchi manbalari. Atmosferaning tuzilishi va tarkibi. Gazlarning aylanma harakati (SO2, azot, O2, N?0, O2 va x.k.) Aylanma harakatni buzilishi oqibatlari. Atmosferani ifloslanishi natijasida iqlimni o'zgarishi. Atmosferani ifloslantiruvchi manbalari. Atmosfera
havosida ifloslantiruvchilarni tarqalishi. Atmosfera havosini nazorat qilish usullari Atmosfera havosida zaharli moddalarni ChMM va ChMCH. Atmosfera havosini holatini nazorat qilish usullari. Atmosferani ifloslanishi va uni ximoya choralari gaz va changlarni nazorat qilish usullari. Sm ni va ChMM ni xisoblash. Atmosferani gaz va chang chiqindilari bilan ifloslanishini kamaytirishga qaratilgan tashkiliy va texnologik chora- tadbirlari.
6-mavzu. Atmosfera havosini changdan tozalash
Changning asosiy xossalari. Changning gravitatsion, inersion, markazdan qochma kuch asosida, xo'llash, elektrostatik usullar bilan tozalash. Changni tozalovchi jihozlar.
7-mavzu. Atmosfera havosini zaharli gazlardan tozalash
Gazlarni tozalash inshootlari. Zaxarli gaz chiqindilarining hosil bo'lishi, ularni atmosferaga tashlanishi va hosil bo‘lishini oldini oluvchi texnologik usullar. Chiqindi gazlarni va havoni zaxarli moddalardan tozalashni asosiy prinsiplari. Ifloslantiruvchi moddalarni absorbsiya va adsorbsiya usullari bilan ajratib olish. Qo'llanilayotgan moslamalar. Gazlarni katalitik va termik usullar bilan tozalash.
8-mavzu. Oqova suvlar va ularning tozalash usullarini sinflanish
Tabiiy va oqova suvlarni sinflanishi. Yerning suv resurslari. Suvning aylanma harakati va uning ahamiyati, tabiiy suvlarning sinflari. Suv bilan ta’minlash va suvni sarflash. Chuchuk suv tanqisligi muammosi. Dunyo okeanini ifloslanish darajasi. Suv havzalarini ifloslanishi oqibatlari. Oqova suvlar va ularni sinflanishi. Oqova suvlarning ifloslanishi darajasi ko‘rsatkichlari, ularni aniqlash. Oqova suvlarni ifloslik darajasi bo‘yicha sinflanishi va tozalash usullarining turlari.
9-mavzu. Oqova suvlarni tozalash
Oqova suvlarni yirik va mayda erimaydigan dispers zarrachalaridan tozalash. Yirik zarrachalarni mexanik usullar bilan ajratib olish suzib olib tindirish, filtrlash, flotatsiya, sentrifugalash. Oqova suvlarni fizik-kimyoviy usullarda mayda va kolloid zarrachalardan tozalash - koagulyasiya va flokulyasiya usullari. Oqova suvlarni erigan organik (molekulyar-disperslik) moddalardan tozalash. Oqova suvlarni regenerativ va destruktiv usullar bilan tozalash. Oqova suvlarni erigan noorganik (ion-disperslash) moddalardan tozalash. Oqova suvlarni to‘lik tozalash.
10-mavzu. Litosferani muhofaza qilish
Yer resurslari va ularni ifloslanishidan, tugallanishidan, qisqarishidan, eroziyalanishidan muhofaza qilish va resurslardan oqilona foydalanish. Tuproqlarni rekultivatsiya qilish. 0‘rmonlarni, o‘simlik va xayvonot olamini muhofaza qilish, o'rmonlarni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlar. Qattiq
chiqindilarni hosil bo'lishi manbalari va sinflanishi. Qattiq chiqindilarni mexanik, mexanotermik va termik usullar bilan qayta ishlash.
11-mavzu.
Ishlab chiqarish korxonalarda xayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash.
Davlatimizda va chet mamlakatlarda xavfsizlikni ta’minlash va mehnat
muhofaza.
Hayot xaoliyati xavfsizligini ta’minlash asosolari. Xavfsizlikni ta’minlash yo’llari. Xavfsizlikni ta’minlash usulari va ta’riflari. Xayotiy faoliyat Xafsizligini boshqarishning uslubiy asoslari. Xayot faoliyati xavfsizligini boshqarish vositalari. Davlatimizni xavfsizlikni taminlashga etibhori. Mehnatni muhofaza qilish qonuniyatlari. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini ahamiyati. O’zbekiston Respublikasi mehnat qonuniyatlari kodeksi
12-mavzu. Sanoat korxonalarida mehnatni muhofaza qilish xizmatini uyushtrish va xavfsiz mehnat sharoitini yaratish.
Korxona .muassasa, tashkilot raxbarlarini xafsizlik bo’yicha vazifalari. Korxona ishchi xizmatchi texnik xodimlarini vazifalari. Korxona, muassasa, tashkilot kasaba uyushmasini vazifalari. Korxona mehnat muhofazasi bo’limini vazifalari. Texnika xafsizlikni muxandisini huquq vazifalari. Mehnat muhofazasi qoidalari normalari yo’riqnomalari. Javobgarlik. Mehnat muhofazasi qilish ishlarini rejalashtirish.
III. Amaliy mashg’ulotlar bo’yicha ko’rsatmalar va tavsiyalar
Amaliy mashg’ulotlarni tashkil etishda professor-o’qituvchilar tomonidan amaliy mashg’ulotlarni bajarish bo’yicha tavsiyalar va ko’rsatmalar ishlab chiqiladi. Amaliy mashg’ulotlarning bajarilishi talabalarga ma’ruza mashg’ulotlarida olingan bilimlarni mustahkamlash imkonini beradi. Hisoblash uchun normativ hujjatlar va tarqatma materiallardan foydalanish, mustaqil ishni bajarish va taqdimot materiallarini tayyorlash uchun tavsiya etiladi. Amaliy mashg’ulotlar multimedia qurulmalari bilan jihozlangan auditoriyada bir akademik guruhga bir professor-o’qituvchi tomonidan o’tkazilishi, mashg’ulotlar interfaol usullar yordamida o’tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo’llanilishi maqsadga muvofiq.
Amaliy mashg’ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
1. Atmosfera havosida zaharli moddalarning tarqalishi va tashlanayotgan chiqindilarning mumkin bo'lgan chegaraviy miqdorini hisoblash.
2. Atmosfera havosiga tushayotgan chang-gaz chiqindilari ChMChlarini hisoblash va ulami tozalash moslamalami o‘rnatish zarurligini asoslash.
3. Atmosfera havosini ifloslanishi natijasida keltirilayotggan zarami hisoblash va tozalash chora tadbirlarini iqtisodiy samaradorligiiti aniqlash.
4. Oqova suvlarni tozalash moslamalar kompleksi ishlarini tahlil qilish va samaradaorligini hisoblash.
5. Oqova suvlarni biologik usul bilan tozalash moslamalarining texnologik ko'rsatgichlarini hisoblash.
6.1shlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish;
7. Normal meteorologik sharoitlarni ta’minlovchi chora-tadbirlar.
Shamollatish;
8. Ishlab chiqarishda shovqin va tebranishdan himoyalanish;
9. Texnogen favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda kimyoviy vaziyatni aniqlash va baholash usullari;
10. Kuchli zilzilalar sodir bo'lganda ko‘rilishi mumkin bo'lgan talofatlarni aniqlash;
11. Favqulodda vaziyatlar oqibatida shikastlangan aholiga birinchi tibbiy yordam ko'rsatish qoidalarini o'rganish;
III.I. Laboratoriya ishlari bo’yicha ko'rsatmalar va tavsiyalar
1. Oqova suvlarni loyqalik darajasini aniqlash
2. Oqova suvlarni filtrlash usuli bilan tozalash va ifloslik darajasini aniqlash.
3. Gorizontal tindirgichning texnologik parametrlarini aniqlash.
4. Oqova suvlarni koagulyasiya va flokulyasiya usuli bilan tozalash.
5. Oqova suvlarni erigan organik moddalardan adsorbsiya usuli bilan tozalash.
6 . Ishlab chiqarish binolarida metereologik sharoitlarni o’rganish ;
7. Shaxsiy himoya vositalari;
8. Ishlab chiqarish xonasida havo tarkibidagi zaharli moddalarning
konsentrasiyasini aniqlash;
9. Ishlab chiqarish xonasida havo tarkibidagi zaharli changlar
konsentrasiyasini aniqlash;
10. Ishlab chiqarish xonalarida tabiiy yorug’lik miqdorini
aniqlash;
11. Yong’inni o’chirish birlamchi vositalari;
IV. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
1. Atmosfera havosiga tushayotgan chiqindilarni kamaytirish uchun qo‘llaniladigan texnik va tashkiliy chora-tadbirlar.
2. Atmosfera havosida gazlarning aylanma harakati (SO2, N2, O2, SO2 va x.k.).
3. Atmosfera havosini azot oksidlaridan tozalash
4. Atmosfera havosini zaharli gazlardan katalitik usul bilan tozalash
5. Atmosfera havosini yirik chang zarrachalaridan gravitatsion usul bilan
tozalash.
6. Atmosfera havosini mayda chang zarrachalaridan tozalash.
7. Atmosfera havosini oltingugurt birikmalaridan tozalash.
8. Biosfera. Avtotransportlar atmosfera havosini ifloslanishining asosiy manbasi sifatida.
9. Antropogen o'zgarishlar, ularning sinflanishi va formalari.
10. Atmosfera Biosferaning asosiy funksiyalari va tarkibi.
11. Biosferada energiya va moddalarning aylanma harakati.
12. Bugungi kunda xom-ashyo etishmasligi muammosi va uni xal etish yo‘llari.
13.Oqova suvlarni neytrallash usuli bilan tozalash.
14. Oqova suvlarni flotatsiya usuli bilan tozalash.
15.0‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muxitini muxofaza qilish davlat qo'mitasi, uning vazifalari.
16.Uzbekiston Respublikasida atrof muhitni muhofaza qilish bo'yicha asosiy qonunlar va davlat qarorlari.
17.0'zbekiston Respublikasida atrof muhitni muhofaza qilish monitoringining davlat tizimi.
18.Fotokimyoviy smog, uning atrof muhitga ta’siri
19-O‘zbekistonda ekologik tarbiya va ekologik madaniyatning ahamiyati.
20.O'zbekistonda cho‘llanish muammosi va uning oqibatlari.
21. Korxonalarni sanitariya jihatidan sinflanishi, sanitar himoya zona xaqida tushuncha.
22. Korxonada sanitariya- maishiy bino va xonalariga qo‘yi!adigan talablar.
23. Mehnat muhofazasi masalalarini hal qilishda sog‘lom muhit yaratishda 0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini ahamiyati.
24. Korxonada texnologik jarayon bajarilishida xavfsizlikni ta’minlashda avtomatizatsiyani ahamiyati.
25. Tehnologik reglament tarkibi va ahamiyati xaqida tushuncha.
26. Ishlab chiqarishda balonlardan xavfsiz foydalanish talablari.
27. Nomenklaturali tadbir-choralar, ularni amalga oshirish, moliyaviy ta’minot.
28. Ishlab chiqarishda kompressorlardan xavfsiz foydalanish talablari.
28. Elektr tokini odam tanasiga ta’siri va undan himoya choralari.




29. Tabiatni atrof-muhitni muhofaza qilish davlat nazorati inspektorini xuquq, vazifalari.
30. Yong‘in va portlashga xavfli ishlab chiqarishda elektr uskunalarini qo‘llash tadbirlari.
31 .Suv va suv xavzalarini tozaligini himoyalash davlat nazorati inspektorini xuquq, vazifalari.
32. Ishlab chiqarish korxonalarida foydalaniladigan shaxsiy himoya vositalari.
Mustaqil o’zlashtiriladigan mavzular bo’yicha talabalar tomonidan referatlar, taqdimot materiallari, Google Apps (Google ilovalarda guruh bo’lib hujjat, jadval, prezentatsiya va testlar tayyorlash), SWOT (muammoni SWOT- tahlil qilish) tayyorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi.

3

V. Fan o’qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetenstiyalar)
Fanni o’zlashtirish natijasida talaba:
•Xavfsizlikning ilmiy asoslari, ishlab chiqarish sanitariyasi mehnat gigienasi, mehnat faoliyatining qulay sharoitlari, tabiiy, texnogen va ekologik turdagi favqulotda vaziyatlar, ommaviy qirg‘in qurollari, kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar, favqulotda vaziyatlar davlat tizimi haqida tasavvurga ega bo'lishi;
•Mehnatni muhofazasining umumiy masalalarini, ishlab chiqarishda ro‘y beradigan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarining kelib chiqish sabablarini, mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va yong‘in xavfsizligi, fuqaro muhofazasi bo‘yicha 0‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi asoslarini, fuqarolarning fuqaro muhofazasi sohasidagi huquq va burchlarini, favqulotda vaziyatlar sodir bo'lganda harakat qilishni va himoyalanish usullarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
•Texnologik jarayonlar havfsizligini ta’minlash, mehnat jarayonida inson salomatligini va ishga layoqatliligini saqlash, xavfsizligini ta’minlash bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishni o‘rganish, mutaxassislarga ishlab chiqarishdagi mehnat xavfsizligiga oid talablarni ishlab chiqish, favqulotda vaziyatlarga ma’naviy-ruhiy tayyorgarlikni tashkil etish, favqulotda vaziyat oqibatlarini bartaraf etishda avariya-qutqaruv ishlarini tashkil etish, tabiiy ofatlar natijasida keltiriladigan talofotlar darajasini aniqlash ko'nikmalariga ega bo'lishi kerak.




VI. Ta’lim texnologiyalari va metodlari:
• ma’ruzalar, laboratoriya mashg’ulotlari;
• interfaol keys-stadilar;
• amaliy mashg’ulotlar va seminarlar (mantiqiy fikrlash, tezkor savol- iavoblar);




• guruhlarda ishlash;
• taqdimotlarni qilish;
• individual loyihalar;
• jamoa bo’lib ishlash va himoya qilish uchun loyihalar.

5

VII. Kreditlarni olish uchun talablar:
Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to’la o’zlashtirish, tahlil natijalarini to’g’ri aks ettira olish, o’rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish va joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo’yicha yozma ishni topshirish.




Asosiy adabiyotlar
1. Sh.A.Mutalov, T.T.Tursunov, M.M. Niyazova,K.M. Adilova, B.Z. Zaynitdinova, A.A. Maksudova Sanoat ekologiyasi (Atrof muhit muhofazasi). Darslik. «0‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi» nashriyot- matbaa birlashmasi. 2020.-360b.
2. Turobjonov S.M., Tursunov T.T., Adilova K.M. Atrof muhit kimyosi. - O’quv qo’llanma.T.: Cholpon,2012.-200 b.
3. Turobjonov S.M., Niyazova M.M.,'Tursunov T.T., PoTatov X.L. Sanoat chiqindilarni rekuperatsiya qilish tehnologiyasi. Darslik T.:Faylasuflar jamiyati nashriyoti, 2011-180 b.
5. O’.R.Yo’ldoshev. Mehnat muhofazasi. Darslik-T 2021y.
6. E.I. Ibragimov,S. Gazinazarova, O’.R. Yuldashev Mehnat muhofazasi maxsus kursi. Darslik-T.: TKTI nashriyoti, 2014.
3. 0‘.R YoMdoshev, U.Usmonov, Mehnatni muhofaza qilish.O‘quv qoTlanma -T.: Mehnat, 2001.
Qo’shimcha adabiyotlar
1. Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi boTishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil yakunlari va 2017 yil istiqbollariga bag‘ishlangan majlisdagi 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqi. // Xalq so‘zi gazetasi. 2017 yil 16 yanvar, N° 11
2. 0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -T.: "0‘zbekiston", 2014.
3. Qudratov O. Hayot faoliyati xavfsizligi. O’quv qo’Hanma-T 2004y.
4. Axolini va xududlarni tabiiy xamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muxofaza qilish to‘g‘risida"gi qonun. 0‘zbekistan Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi. -T.: 1999 y., 9-son.
5. "Fuqaro muxofazasi to‘g‘risida"gi konun. 0‘zbekistan Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi. -T.: 2000 y., 5-6-son.
Internet saytlari




1. www.technolo ev. ru
2. www.zivonet.uz
3. www.bilim.uz
4. vvww.refcrat.uz
5. www.eov.uz
6. www.lex.uz

7

Fan dasturi Toshkent kimyo-texnologiya ijistituda ishlab chiqilgan.
Uslubiy Kengash bayonnomasi .Ns / , « O £ 20 ??y\\.

8

Fan(modul) uchun ma’sul:
F.B. Igitov - «Sanoat ekologiyasi» kafedrasi mudiri, dotsent. I.T.Usmanxodjayeva - «Sanoat ekologiyasi» kafedrasi katta o'qituvchisi

9

Taqrizchilar:
Nabiev A.A.-“Noorganik, analitik, fizikaviy va kolloid kimyo” kafedrasi dotsent PhD.
Yusupxodjaeva E.N - TDTU Hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi k.f.n, dotsent.




Download 43.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling