Sanoat ekologiyasi kafedrasi
Download 43.03 Kb.
|
Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT KIMY O-TEXN OLOGIYAINSTITUTI VINOCHILIK TEXNOLOGIYASI VA SANOAT UZUMCHILIGI FAKULTETI SANOAT EKOLOGIYASI KAFEDRASI EKOLOGIYA VA HAYOT FAOLIYATIXAVFSIZLIGI FAN DASTURI
qishloq xo'jaligi) Tosh ken t-2023
I. Fanning mazmuni - Ushbu fan oliygohlarda kimyo va oziq-ovqat sanoatlari korxonalarida mavjud ekologik muammolami kelib chiqish sabablari, ularni kamaytirishga qaratilgan tashkiliy va texnologik chora-tadbirlarni ishlab chiqish, tabiiy resurslaming sinflanishi va ulardan oqilona foydalanish asoslari, tabiatda moddalarning aylanma harakati, insonlarni ishlab chiqarish faoliyatlari bilan atrof muhit o‘rtasidagi bog'liqlik, chiqindisiz texnologik jarayonlarni tashkil qilishning asosiy tamoyillari, atmosferani ifloslanishi va havosini chang va zahali gazlardan tozalash, gidrosfera ifloslanishi va oqova suvlami tozalash hamda suning yopiq zanjirli tizimini tashkil qilish , litosferani muhofaza qilish, ishlab chiqarish korxonalarida xavfsiz mehnat sharoitini tashkil qilish, mehnatni muhofaza qilishning umumiy masalalarini o’rganishdan iboratdir. Fanning vazifasi- Talabalarga ishlab chiqarishda texnologik jarayonni amalga oshirishda atmosfera havosiga tashlanayotgan chiqindilarni kamaytirish, gidrosferani muxofaza qilish, litosferani muxofaza qilish, oqova suvlarni tozalash usullari va jihozlari bilan tanishtirish, xavfsiz, sog’lom mehnat sharoitini yaratish, xavfli vaziyatlardan ogohhntirishga qaratilgan tadbirlarni o’rgatish, qo’llash, texnik vositalarini xavfsizligini taminlash tizimlarini o’rgatish bo’yicha bo’lajak mutaxassislarga bilim berishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni tiazariy bilimlar, amaliy ko’nikmalar va malakalarini shakllantirish vazifaiarini bajaradi. II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari) it.I Atrof muhitni muhofaza qilishning ilmiy asoslari 1-mavzu. Kirish. O'zbekistondagi ekologik muammolar O'zbekistondagi mavjud ekologik muammolar. Atrof muhitni muhofaza qilish muammosini dolzarbligi. Ushbu fanni o'qitilishidan maqsad va uning vazifalari. Atrof muhitni hozirgi kundagi holati va atrof muhitni muhofaza qilish muammosini dolzarbligi. Atrof muhitni ifloslanish ko'lami va manbalari. Insonlarni ishlab chiqarish faoliyati bilan atrof muhitni bogTiqligi. Tabiatdagi antropogen o‘zgarishlar, ularning tLirlari va shakllari. Atrof-muhitni muhofaza qilishning asosiy yo'nalishlari. 2-mavzu. Atrof muhitni muhofaza qilishning huquqiy asoslari Atrof muhitni muhofaza qilish borasidagi qabul qilingan qonunlar: «Atrof muhitni muhofaza qilish», «Atmosfera havosini muhofaza qilish», «Chiqindilar to‘g‘risida» qabul qilingan qonunlar. Atrof muhitni muhofaza qilish borasidagi davlat va jamiyat tashkilotlari. Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalarini davlat qarorlari, konstitutsiyasida yoritilishi. Atrof muhitni muhofaza qilish soxasida xalqaro hamkorlik va xalkaro tashkilotlar. 3-mavzu. Tabiatni muhofaza qilishning ilmiy asoslari Biosferaning tarkibi va funksiyalari. Atrof muhitni muhofaza qilish- yangi bilim soxasi. Muhitning ekologik sharoitlari. Biologik hayotning tabiiy asosi. Tabiiy muhitning va jamiyatning rivojlanish bosqichlari. Biosfera haqida tushuncha va uning chegaralari. V.I.Vernadskiyning biosfera haqidagi ta’limoti. Biosferaning tarkibi va funksiyalari. Biosferada energiya va moddalarning aylanma harakati, biokimyoviy sikl. Biosferaning tuzilishi elementlari. Biogeotsenozlar. Ekologik muvozanat. Tabiiy muxitni rivojlanishiga ta’sir qiluvchi antropogen faktorlar. Texnosfera, noosfera. Ekologik sistemalarni barqarorlik ostonasi va sig‘im chegarasi. 4-mavzu. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish asoslari Tabiiy resurslar. Ekologik inqiroz. Tabiiy resurslarga boTgan extiyoj va demografik muammolar o‘rtasidagi bogTiqlik. Tabiiy resurslar va ularning sinflanishi. Ashyoviy, energetik, oziq-ovqat muammolari. Ularni echish yoTlari. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish asoslari. Chiqindisiz texnologiyalarni hosil qilish asoslari. Chiqindilarni hosil boTish manbalari va sabablari, ularning sinflanishi. Chiqindilarni qayta ishlash, utilizatsiyalash, yo‘q qilish. Chiqindisiz texnologiyalarni yaratish-atrof muhitni muhofaza qilish muamolarini har tomonlama hal qilish. Chiqindisiz texnologik jarayonlarni tashkil qilishning asosiy prinsiplari. Xom ashyoni toTik ishlatish, kooperatsiyalash. Chiqindisiz ishlab chiqarish jarayonlariga misollar. Atrof muhitni muhofaza qilishda texnikaning roli. Monitoring. Monitoring turlari. 5-mavzu. Atmosfera xavosini ifloslanish yoilari va uni kamaytirishga karatilgan chora-fadbirlar Atmosferani ifloslantiruvchi manbalari. Atmosferaning tuzilishi va tarkibi. Gazlarning aylanma harakati (SO2, azot, O2, N?0, O2 va x.k.) Aylanma harakatni buzilishi oqibatlari. Atmosferani ifloslanishi natijasida iqlimni o'zgarishi. Atmosferani ifloslantiruvchi manbalari. Atmosfera havosida ifloslantiruvchilarni tarqalishi. Atmosfera havosini nazorat qilish usullari Atmosfera havosida zaharli moddalarni ChMM va ChMCH. Atmosfera havosini holatini nazorat qilish usullari. Atmosferani ifloslanishi va uni ximoya choralari gaz va changlarni nazorat qilish usullari. Sm ni va ChMM ni xisoblash. Atmosferani gaz va chang chiqindilari bilan ifloslanishini kamaytirishga qaratilgan tashkiliy va texnologik chora- tadbirlari. 6-mavzu. Atmosfera havosini changdan tozalash Changning asosiy xossalari. Changning gravitatsion, inersion, markazdan qochma kuch asosida, xo'llash, elektrostatik usullar bilan tozalash. Changni tozalovchi jihozlar. 7-mavzu. Atmosfera havosini zaharli gazlardan tozalash Gazlarni tozalash inshootlari. Zaxarli gaz chiqindilarining hosil bo'lishi, ularni atmosferaga tashlanishi va hosil bo‘lishini oldini oluvchi texnologik usullar. Chiqindi gazlarni va havoni zaxarli moddalardan tozalashni asosiy prinsiplari. Ifloslantiruvchi moddalarni absorbsiya va adsorbsiya usullari bilan ajratib olish. Qo'llanilayotgan moslamalar. Gazlarni katalitik va termik usullar bilan tozalash. 8-mavzu. Oqova suvlar va ularning tozalash usullarini sinflanish Tabiiy va oqova suvlarni sinflanishi. Yerning suv resurslari. Suvning aylanma harakati va uning ahamiyati, tabiiy suvlarning sinflari. Suv bilan ta’minlash va suvni sarflash. Chuchuk suv tanqisligi muammosi. Dunyo okeanini ifloslanish darajasi. Suv havzalarini ifloslanishi oqibatlari. Oqova suvlar va ularni sinflanishi. Oqova suvlarning ifloslanishi darajasi ko‘rsatkichlari, ularni aniqlash. Oqova suvlarni ifloslik darajasi bo‘yicha sinflanishi va tozalash usullarining turlari. 9-mavzu. Oqova suvlarni tozalash Oqova suvlarni yirik va mayda erimaydigan dispers zarrachalaridan tozalash. Yirik zarrachalarni mexanik usullar bilan ajratib olish suzib olib tindirish, filtrlash, flotatsiya, sentrifugalash. Oqova suvlarni fizik-kimyoviy usullarda mayda va kolloid zarrachalardan tozalash - koagulyasiya va flokulyasiya usullari. Oqova suvlarni erigan organik (molekulyar-disperslik) moddalardan tozalash. Oqova suvlarni regenerativ va destruktiv usullar bilan tozalash. Oqova suvlarni erigan noorganik (ion-disperslash) moddalardan tozalash. Oqova suvlarni to‘lik tozalash. 10-mavzu. Litosferani muhofaza qilish Yer resurslari va ularni ifloslanishidan, tugallanishidan, qisqarishidan, eroziyalanishidan muhofaza qilish va resurslardan oqilona foydalanish. Tuproqlarni rekultivatsiya qilish. 0‘rmonlarni, o‘simlik va xayvonot olamini muhofaza qilish, o'rmonlarni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlar. Qattiq chiqindilarni hosil bo'lishi manbalari va sinflanishi. Qattiq chiqindilarni mexanik, mexanotermik va termik usullar bilan qayta ishlash. 11-mavzu. Ishlab chiqarish korxonalarda xayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash. Davlatimizda va chet mamlakatlarda xavfsizlikni ta’minlash va mehnat muhofaza. Hayot xaoliyati xavfsizligini ta’minlash asosolari. Xavfsizlikni ta’minlash yo’llari. Xavfsizlikni ta’minlash usulari va ta’riflari. Xayotiy faoliyat Xafsizligini boshqarishning uslubiy asoslari. Xayot faoliyati xavfsizligini boshqarish vositalari. Davlatimizni xavfsizlikni taminlashga etibhori. Mehnatni muhofaza qilish qonuniyatlari. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini ahamiyati. O’zbekiston Respublikasi mehnat qonuniyatlari kodeksi 12-mavzu. Sanoat korxonalarida mehnatni muhofaza qilish xizmatini uyushtrish va xavfsiz mehnat sharoitini yaratish. Korxona .muassasa, tashkilot raxbarlarini xafsizlik bo’yicha vazifalari. Korxona ishchi xizmatchi texnik xodimlarini vazifalari. Korxona, muassasa, tashkilot kasaba uyushmasini vazifalari. Korxona mehnat muhofazasi bo’limini vazifalari. Texnika xafsizlikni muxandisini huquq vazifalari. Mehnat muhofazasi qoidalari normalari yo’riqnomalari. Javobgarlik. Mehnat muhofazasi qilish ishlarini rejalashtirish. III. Amaliy mashg’ulotlar bo’yicha ko’rsatmalar va tavsiyalar Amaliy mashg’ulotlarni tashkil etishda professor-o’qituvchilar tomonidan amaliy mashg’ulotlarni bajarish bo’yicha tavsiyalar va ko’rsatmalar ishlab chiqiladi. Amaliy mashg’ulotlarning bajarilishi talabalarga ma’ruza mashg’ulotlarida olingan bilimlarni mustahkamlash imkonini beradi. Hisoblash uchun normativ hujjatlar va tarqatma materiallardan foydalanish, mustaqil ishni bajarish va taqdimot materiallarini tayyorlash uchun tavsiya etiladi. Amaliy mashg’ulotlar multimedia qurulmalari bilan jihozlangan auditoriyada bir akademik guruhga bir professor-o’qituvchi tomonidan o’tkazilishi, mashg’ulotlar interfaol usullar yordamida o’tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo’llanilishi maqsadga muvofiq. Amaliy mashg’ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi: 1. Atmosfera havosida zaharli moddalarning tarqalishi va tashlanayotgan chiqindilarning mumkin bo'lgan chegaraviy miqdorini hisoblash. 2. Atmosfera havosiga tushayotgan chang-gaz chiqindilari ChMChlarini hisoblash va ulami tozalash moslamalami o‘rnatish zarurligini asoslash. 3. Atmosfera havosini ifloslanishi natijasida keltirilayotggan zarami hisoblash va tozalash chora tadbirlarini iqtisodiy samaradorligiiti aniqlash. 4. Oqova suvlarni tozalash moslamalar kompleksi ishlarini tahlil qilish va samaradaorligini hisoblash. 5. Oqova suvlarni biologik usul bilan tozalash moslamalarining texnologik ko'rsatgichlarini hisoblash. 6.1shlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish; 7. Normal meteorologik sharoitlarni ta’minlovchi chora-tadbirlar. Shamollatish; 8. Ishlab chiqarishda shovqin va tebranishdan himoyalanish; 9. Texnogen favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda kimyoviy vaziyatni aniqlash va baholash usullari; 10. Kuchli zilzilalar sodir bo'lganda ko‘rilishi mumkin bo'lgan talofatlarni aniqlash; 11. Favqulodda vaziyatlar oqibatida shikastlangan aholiga birinchi tibbiy yordam ko'rsatish qoidalarini o'rganish; III.I. Laboratoriya ishlari bo’yicha ko'rsatmalar va tavsiyalar 1. Oqova suvlarni loyqalik darajasini aniqlash 2. Oqova suvlarni filtrlash usuli bilan tozalash va ifloslik darajasini aniqlash. 3. Gorizontal tindirgichning texnologik parametrlarini aniqlash. 4. Oqova suvlarni koagulyasiya va flokulyasiya usuli bilan tozalash. 5. Oqova suvlarni erigan organik moddalardan adsorbsiya usuli bilan tozalash. 6 . Ishlab chiqarish binolarida metereologik sharoitlarni o’rganish ; 7. Shaxsiy himoya vositalari; 8. Ishlab chiqarish xonasida havo tarkibidagi zaharli moddalarning konsentrasiyasini aniqlash; 9. Ishlab chiqarish xonasida havo tarkibidagi zaharli changlar konsentrasiyasini aniqlash; 10. Ishlab chiqarish xonalarida tabiiy yorug’lik miqdorini aniqlash; 11. Yong’inni o’chirish birlamchi vositalari; IV. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar 1. Atmosfera havosiga tushayotgan chiqindilarni kamaytirish uchun qo‘llaniladigan texnik va tashkiliy chora-tadbirlar. 2. Atmosfera havosida gazlarning aylanma harakati (SO2, N2, O2, SO2 va x.k.). 3. Atmosfera havosini azot oksidlaridan tozalash 4. Atmosfera havosini zaharli gazlardan katalitik usul bilan tozalash 5. Atmosfera havosini yirik chang zarrachalaridan gravitatsion usul bilan tozalash. 6. Atmosfera havosini mayda chang zarrachalaridan tozalash. 7. Atmosfera havosini oltingugurt birikmalaridan tozalash. 8. Biosfera. Avtotransportlar atmosfera havosini ifloslanishining asosiy manbasi sifatida. 9. Antropogen o'zgarishlar, ularning sinflanishi va formalari. 10. Atmosfera Biosferaning asosiy funksiyalari va tarkibi. 11. Biosferada energiya va moddalarning aylanma harakati. 12. Bugungi kunda xom-ashyo etishmasligi muammosi va uni xal etish yo‘llari. 13.Oqova suvlarni neytrallash usuli bilan tozalash. 14. Oqova suvlarni flotatsiya usuli bilan tozalash. 15.0‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muxitini muxofaza qilish davlat qo'mitasi, uning vazifalari. 16.Uzbekiston Respublikasida atrof muhitni muhofaza qilish bo'yicha asosiy qonunlar va davlat qarorlari. 17.0'zbekiston Respublikasida atrof muhitni muhofaza qilish monitoringining davlat tizimi. 18.Fotokimyoviy smog, uning atrof muhitga ta’siri 19-O‘zbekistonda ekologik tarbiya va ekologik madaniyatning ahamiyati. 20.O'zbekistonda cho‘llanish muammosi va uning oqibatlari. 21. Korxonalarni sanitariya jihatidan sinflanishi, sanitar himoya zona xaqida tushuncha. 22. Korxonada sanitariya- maishiy bino va xonalariga qo‘yi!adigan talablar. 23. Mehnat muhofazasi masalalarini hal qilishda sog‘lom muhit yaratishda 0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini ahamiyati. 24. Korxonada texnologik jarayon bajarilishida xavfsizlikni ta’minlashda avtomatizatsiyani ahamiyati. 25. Tehnologik reglament tarkibi va ahamiyati xaqida tushuncha. 26. Ishlab chiqarishda balonlardan xavfsiz foydalanish talablari. 27. Nomenklaturali tadbir-choralar, ularni amalga oshirish, moliyaviy ta’minot. 28. Ishlab chiqarishda kompressorlardan xavfsiz foydalanish talablari. 28. Elektr tokini odam tanasiga ta’siri va undan himoya choralari.
Download 43.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling