Sanoat ekologiyasi reja: Sanoat yoki keyingi paytlarda muhandislik ekologiyasi


Download 23.12 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi23.12 Kb.
#1593170
  1   2   3
Bog'liq
13 маъруза


SANOAT EKOLOGIYaSI
Reja:
Sanoat yoki keyingi paytlarda muhandislik ekologiyasi bu-ilmiy asoslangan muhandislik texnikaviy tadbirlarni amalga oshirish davomida sanoatda ishlab chiqarishni ortib borayotgan davrda atrof muhitga zarar yetkazmaslik va odam sog’ligini saqlashga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy va sanitar, huquqiy tadbirlarning majmui hisoblanadi.
Sanoat-muhandislik ekologiyasida asosiy e’tibor atrof muhit havosi-Atmosfera, suv, suv zahiralari-Gidrosfera va Tuproqning ifloslanishini oldi olinishiga e’tibor qaratiladi.
Yer sharining atrofini o’rab turgan havo bu-Atmosfera deb ataladi. Odamlarning yashash muhitining holati uning havosini fizikaviy, kimyoviy xususiyati, gazning tarkibi, namligi va elektrik xususiyatlari bilan belgilanadi. Atmosfera havosining ifloslanganligini quyidagi ko`rsatgichlar bilan aniqlaniladi:
A) Masshtabning ko`lami;
B) Ifloslanish muddati;
V) Ifloslovchi moddaning fizikaviy xususiyati;
G) Ta’sir yo’nalishlari
Qanchalik masshtabda ifloslanganligi bu-uzoq muddat davomida, qaerdan tashlanayotganligiga qaramay atrofga tarqalishi. Bunday ifloslanish SO2, freonlar, yarim parchalanish davri bir oydan ortiq muddatda sodir bo’ladigan radionukleotidlar orqali ro’y beradi.
Biror hududni ifloslanishi ma’lum muddat davomida atmosfera havosiga oltingugurt va azot oksidlari, og’ir metallar birikmalari, shu kabilarni tashlanishi natijasida biror katta hududning sarhadi ifloslanadi.
Muayyan joy, uncha katta bo’lmagan hududni ifloslanishi vaqti-vaqti bilan ifloslovchi moddani havoga chiqarilishi tufayli sodir bo’ladi.
Atmosfera havosini ifloslanishi qancha muddat davom etishiga ko’ra: doimo va vaqti-vaqti bilan ro’y beradi.
Atomsfera havosini ifloslovchi moddalar mexanik, kimyoviy va biologik guruhlarga ajratiladi.
Atmosfera havosini issiqlik, shovqin, elektromagnit va ionlashgan nurlar ham ifloslaydi deb hisoblaniladi.
Atmosfera havosi sanoat mahsulotini ishlab chiqarish jarayonida issiqlik, elektr-energiyasini ajratishda transport orqali va qishloq xo’jaligini yuritishda ham ifloslanadi.
Katta maydonlardagi o’rmonlardagi daraxtlarning kesilishi, katta maydonlarni egallagan suv omborlarini yaratilishi, meliorativ ishlarni yo`lga qo’yilishi, qazilma boyliklarni ochiq usulda olinishi kabi holatlarda tabiatda uzoq yillar davomida shakllangan ekologik muvozanatni buzilishiga bu esa uni ifloslanishiga olib keladi.

Download 23.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling