4. Ishlash va to’xtash vaqti limitlangan zanjir (Miltillash relesi)
Miltillovchi releda A- va B- kontaktlar biror vaqt oralig’i bilan ON/OFF ulanib uziladi. Odatda, xab
arlash zanjirlarida xabarlash signalini berish uchun qo’llaniladi. Bu zanjir aholining diqqatini tortish
uchun qo’llaniladi. Masalan, baland binolarda kechasi bino o’rnini ko’rsatish uchun qizil chiroq milt
illab turadi. Miltillash relesining ichki tuzilishi va kontaktlari oddiy taymerga o’xshash va A- ba B-k
ontaktlari navbati bilan miltillaydi.
❖ Tajribani bajarish tartibi
1. Tayyorgarlik
.
① Asbob-uskunalarni va materiallarni tayyorlang va ishchi holatini tekshiring.
② Tester bilan kontaktlar ishchi holatini tekshiring.
2. Zanjir chizmasini tayyorlash uchun zarur bilimlar va tushunchalar
① Ishlash davomida tok o’tishiga e’tibor qiling.
② Ishlash tavsifi bo’yicha ketma ketlikni tekshiring.
3. Qurilmalarni o’rnatish
① Asboblarni bir tekis mustahkamlang.
② Asboblarni zararlamaslik uchun keragicha kuch ishlating. O’rni ko’rsatilmagan bo’lsa qo’yish va
olishga oson bo’lgan joyqa o’rnating.
③ Zanjir himoyalagichi va saqlagichdan foydalaning.
④ Elektron taymer tagligini tirqishlarini yuqoriga qaratib o’rnating.
4. Quvur o’tkazish ishlari
① Quvurlar boshqaruv panelida o’tkazgichlar elektr montajida qo’llaniladi, hatto tor joylarda ham.
② Montaj quvurining ikki yonida tirqishlar mavjud bo’lib ular kabellarni o’rnatishda osonlik tug’di
radi. Elekt montajni yakunlagach qopqogini yoping.
5. Montaj ishlari
① Montajda ta’minlash manbai uchun turli rangdagi kabellardan foydalaning va ishni ta’minlash m
anbaidan boshlang.
② Elektron qurilmalarni ulashda bir klemmaga ikkitadan ortiq o’zkazgich uchini ulamang.
③ Elektr zanjri montajini elektron taymer taminlash klemmasidan bosma kalit va lampa tomon ama
lga oshiring.
④ Kabellarni ulashdan oldin pin raqamlarini tekshiring.
6. Tekshirish
① Ta’minlash manbai zanjirini va yomon montaj qilinmaganligini ko’z yugurtirib tekshiring. Teste
r bilan zanjirdagi uzilishlar va qisqa tutashuvlarni tekshiring.
② Zanjir testeri bilan zanjirning ishchi holatini tekshiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |