Sanoat elektromontaji


 Lahzali ishga tushuvchi lahzali uziluvchi rele (Oddiy rele)


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/47
Sana27.03.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1300927
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   47
Bog'liq
Sanoat elektromantaji

1. Lahzali ishga tushuvchi lahzali uziluvchi rele (Oddiy rele). 
4.1-rasm. Lahzali ishga tushirish va uzish 
 
4.1-rasmda lahzali ishga tushuvchi va uziluvchi elektron rele vaqt diagrammasi keltirilgan. Bu reled
a elektromagnit rele g’altagi tok bilan ta’minlangan zahoti A-kontak ishga tushadi, B-kontakt uzilad
i. Elektromagnit rele g’altagi tok uzilgan onda A-kontak uziladi va B-kontakt qayta ulanadi. 
2. Kechiktirib ishga tushuvchi va lahzali uziluvchi rele (ON delay timer).
4.2-rasmda kechiktirib ishga tushuvchi va lahzali uziluvchi rele vaqt diagrammasi keltirilgan. Vaqt 
diagrammasidan ko’rinadiki, elektron taymerning T g’altagi ishlamaganda A-kontaktning kechitiris
h funksiyasi ishga tushmagan OFF, va B-kontaktning kechitirish funksiyasi ishga tushgan holda O
N bo’ladi. Agar elektron taymerning T g’altagi bu holda ishga tushsa A-kontakt lahzali ishga tushm
aydi, taymerda belgilangan t vaqtdan keyin ishga tushadi. Aksincha B-kontaktning kechiktirib uzili
sh amali t vaqtdan keyin bajariladi. Boshqacha aytganda ularning amal bajarish vaqti kattaroq. Am
mo, elektromagnit taymer uzilgach a- va B-kontaktlarning kechiktirish vaqtlari lahzali ravishda ula
nadi va uziladi. Shu sababga ko’ra bunday zanjirlar ishga tushirishni (ON-ulashni) kechiktiruvchi, l
ahzali uziluvchi kontaktlar yoki ON-kechiktiruvchi taymer deyiladi. 


4.2-rasm. Kechiktiruvchi ishga tushirish va lahzali uzish 
3. Lahzali ishga tushuvchi va kechiktirib uziluvchi zanjir (Off kechiktiruvchi taymer) 
4.3-rasm. Lahzali ishga tushuvchi va kechiktirib uziluvchi zanjir 
4.3-rasmda lahzali ishga tushuvchi va kechiktirib uziluvchi zanjir shartli belgisi va vaqt diagrammasi 
keltirilgan. T-elektron taymer uzilgan vaqtda A-kontakt ishga tushmagan va kechiktirish 
boshlanmagan OFF holatda, B-kontaktni uzishni kechiktirish esa ON holatda bo’ladi. T-elektron 
taymer ishga tushganda A-kontaktni kechiktirish ishga tushadi va B-kontaktni kechiktirish vaqti 
tugaydi OFF. Ammo, T-elektron taymer ishga tushmaganda a-kontaktni kechiktitib uzish biroz 
kechikadi, B-kontaktni kechiktirib uzish ham biroz vaqtdan keyin ON holatga qaytadi. Bu vaqt aslida 
elektron taymer g’altagining ishga tushish vaqtidan iborat bo’ladi, uni hisoba olinmasa lahzali ishga 
tushish deyish mumkin. Agar tok g’altakda uzilsa kontakt kontakt bir ozdan keyin uziladi. Bu o’z 
navbatida taymerning uzilish OFF vaqti deyiladi.

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling