3. C-kontakt zanjiri
◉ Avtomatik almanshlab ulanuvchi C-kontakt zanjiri
➀ Elektron rele X ishga tushganda A-kontakt ulanadi va B-kontakt uziladi.
➁ Kontaktlar vaqt diagrammasida 1-ulangan y’ani ON soha, 0-uzilgan ya’ni OFF soha.
2.3-rasm. Avtomatik almashlab ulanuvchi C-kontakt zanjiri
4. PVX elektroquvur (kanal)
Quvurlar asosan boshqaruv panelida elektr kabellari montajida qo’llaniladi. Shuning uchun sanoatda turli
shaklli, o’lchamli, rangdagi va turli materiallardan tayyorlangan quvurlar ishlab chiqariladi hamda tor joy
larda ham ulardan foydalanish mumkin. Elektr kabellarini joylashtirish oson bo’lishi uchun yon tomonida
tirqishlar ochilgan. Shuning uchun chang va begona jismlar kanal ichiga tushishi mumkin.
(a) Yopiq turdagi PVX quvuri (b) Ochiq turdagi PVX
2.4-rasm. PVX montaj quvuri turlari
5. Boshqaruv zanjirini qanday tuzish kerak
Yuritmani boshqarish zanjirini tuzish uchun quyidagi ishlarni bajarish zarur: zanjirni
tahlil qilish,
pinlarni
raqamlash, montaj yo’llarini chizish, qo’llaniladigan
komponentlarni tekshirish,
komponentlarni o’rnatish,
elektr kabellarni ulash, tekshirish va to’grilash ishlari. 2.5-rasmda
Zanjirni tekshirish tartibi keltirilgan.
2.5-rasm. Zanjirni tekshirish tartibi blok diagrammasi
Do'stlaringiz bilan baham: