Sanoat farmatsiya fakulteti 4-kurs 401-a guruh talabasi Xusanboyev Dilshodbek


Bakteriyalarni zararlaydigan viruslar nima deb nomlanadi?


Download 389.01 Kb.
bet4/4
Sana05.01.2022
Hajmi389.01 Kb.
#223198
1   2   3   4
Bog'liq
2-mavzu. Topshiriq

10. Bakteriyalarni zararlaydigan viruslar nima deb nomlanadi?

Bakteriofag deb ataladi.



11. 11. Bakteriyalarda irsiy axborot qaerda saqlanadi?

Nukleotidlarda saqlanadi.



12. Bakteriya nima yordamida xarakatlanadi?

Bakteriyalar xivchinlari yordamida harakatlanadi. Xivchinlar protoplazmatik ipdan iborat. Ular bakteriyaning tanasiga qaraganda 20 baravar kalta bo’ladi. Ba’zi bakteriyalarning (jumladan, nitrozomonas yavanenzisning) xivchini tanasiga nisbatan 50 baravar uzun bo’ladi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com Spiroxetalar harakatlanganda tanasini bir tekis tebrantiradi. Achitqi zamburug’lari bir joyning o’zida harakatlanadi, ya’ni o’rnini almashtirmaydi. Bir joydan ikkinchi joyga siljish tezligi turli bakteriyalarda turlicha bo’ladi: ko’pchilik bakteriyalar bir sekund ichida o’z tanasi uzunligiga teng keladigan masofani bosib o’tadi. Ba’zilari, jumladan, vabo (xolera) vibrioni bir sekundda o’z tanasi uzunligiga nisbatan 15 baravardan ortiq masofaga siljiydi (tanasining uzunligi 2 mkm, bir sekundda o’tgan masofasi esa 30 mkm ga yaqin bo’ladi). Bakteriyalarning xivchini hujayrada turlicha joylashadi: monotrix xivchin-bakteriya hujayrasining faqat bir tomonida bitta xivchin bo’ladi; lofotrix xivchin-bakteriya hujayrasining bir tomonida bir nechta xivchin bo’ladi; amfitrix xivchin-bakteriya hujayrasining ikki tomonida bir nechtadan xivchin bo’ladi; peritrix xivchin-bunda 17 – rasm. Xivchinlanish tiplari: a – monotrixlar; b – lofotrixlar; v – peritrixlar. xivchinlar bakteriya hujayrasining hamma tomonini o’rab oladi. Monotrix va lofotrix xivchinli bakteriyalar to’g’ri chiziq bo’ylab, amfitrix xivchinli bakteriyalar odimlab, peritrix xivchinli bakteriyalar esa yumalab harakatlanadi.

13. Bakteriyalar yer yuzida qachon paydo bo‘lgan?



Bakteriyalar hozirgi vaqtda Yer yuzida mavjud bo'lgan eng qadimgi organizmlar guruhidir. Birinchi bakteriyalar, ehtimol 3,5 milliard yil oldin paydo bo'lgan va deyarli milliard yillar davomida sayyoramizdagi yagona tirik mavjudotlar bo'lgan. Ular yovvoyi tabiatning birinchi vakillari bo'lganligi sababli, ularning tanasi ibtidoiy tuzilishga ega edi.Vaqt o'tishi bilan ularning tuzilishi murakkablashdi, ammo hozirgi kungacha bakteriyalar eng ibtidoiy bir hujayrali organizmlar hisoblanadi. Qizig'i shundaki, ba'zi bakteriyalar qadimgi ajdodlarining dastlabki xususiyatlarini saqlab qolishadi. Bu holat issiq oltingugurtli buloqlarda va suv omborlari pastki qismida kislorodsiz eritmalarda yashaydigan bakteriyalarda kuzatiladi.Ko'pgina bakteriyalar rangsizdir. Faqat bir nechtasi rangli binafsha yoki yashil rangga ega. Ammo ko'plab bakteriyalarning koloniyalari yorqin rangga ega, bu rangli moddaning atrof-muhitga chiqishi yoki hujayralar pigmentatsiyasi bilan bog'liq.Bakterial olamning kashshofi 17-asrda gollandiyalik tabiatshunos Entoni Levenguk bo'lib, u birinchi bo'lib ob'ektlarni 160-270 marta kattalashtiruvchi mukammal mikroskop lupasini yaratdi. Bakteriyalar prokaryotlar deb tasniflanadi va alohida shohlikka - bakteriyalarga ajratiladi.

14. Bakteriya xujayrasi qancha muddatda bo‘linadi?

Ko’payish deb, mikroorganizm hujayra sonining oshishiga aytiladi. Ko’payish ko’ndalangiga bo’linish yo’li bilan, ba’zan esa kurtaklanib yoki spora hosil qilib amalga oshadi. Umuman, prokariotlarning ko’payishi jinssiz binar bo’linib ko’payishdir. Ko’payish jarayoni hujayraning uzayishidan, nukleoidning ikkiga bo’linishidan boshlanadi. Nukleoidsuperspirallashgan, zich joylashgan DNK molekulasidir (u replikon ham deyiladi). Mikroorganizmlarda ham DNKning replikasiyasi DNK-polimeraza fermenti orqali amalga oshadi. DNK ning replikasiyasi, bir vaqtning o’zida, qarama-qarshi yo’nalishda ketadi va u ikkilanib qiz hujayralarga o’tadi. Qiz hujayrada ham DNK ketma-ketligi ona hujayranikidek bo’ladi. Replikasiya bakteriya hujayrasining ko’payishiga ketadigan vaqtning 80% ni egallaydi.

15. Dumaloq shaklga ega bakteriyalar nima deb nomlanadi?



Sharsimon kokklar deb nomlanadi.

16. 16. Zamburug‘ xujayrasi o‘simlik xujayrasidan nimasi bilan farq qiladi?

Plastidalarining bo’lmasligi bilan farq qiladi.

17. O‘simlik va zamburug‘ xujayrasiga xos bo‘lgan 3 xil xususiyat?



Hayvonlar o‘simlik va zamburug‘larga o‘xshash hujayraviy tuzilishga ega. Kimyoviy tarkibi va boshqa ko‘pgina xususiyatlarda (moddalar almashinuvi, irsiyat va o‘zgaruvchanlik, qo‘zg‘aluvchanlik) umumiylik mavjud. Shu bilan birga hayvonlarning o‘simliklardan farq qiluvchi bir necha xususiyatlari ham ma’lum. Ulardan eng muhimi oziqlanish xarakteridir. Ko‘pchilik o‘simlik avtotrof organizmlar hisoblanadi. Hayvonlar esa geterotroflardir. Ba’zi hayvonlar faol harakatlanish xususiyati bilan ham ajralib turadi. O‘simliklar harakati esa odatda ko‘zga tashlanmaydi. Hayvonlar hujayrasi o‘simliklardagi kabi sellulozali qobiq va vakuolalarga ega emas. Ushbu xususiyatni ham barcha hayvonlarga taalluqli deb bo‘lmaydi. O‘simlik va hayvonlar o‘rtasidagi nisbiy farqlar ularning ajdodlari umumiy ekanligini bildiradi. Hayvonlarning tabiatdagi ahamiyatini o‘simliklar hayotida ko‘rish mumkin. Gulli o‘simliklarning changlanishi yoki urug‘ va mevalarning tarqalishida hayvonlar katta rol o‘ynaydi. Hayvonlar har-xil ozuqa zanjirlari tarkibida ishtirok etib, o‘simliklar bilan oziqlanuvchi turlar boshqa yirtqich hayvonlar uchun ozuqa sifatida xizmat qiladi. Hayvonlar tuproq hosil qilish jarayonida juda katta ahamiyatga ega. Chuvalchanglar, chumolilar va boshqa mayda hayvonlar tuproq tuzilmasini shakllanishida, uning unumdorligini oshirishda hamda tuproqning suv va havo bilan ta’minlanishida ishtirok etadi. O‘simlik qoldig‘i va hayvon jasadlarini parchalovchi organizmlar muhim sanitar ahamiyatga ega. Suvda yashovchi ko‘pchilik hayvonlar suvni tozalovchi — biofiltr organizmlardir. Hayvonlar insonning ko‘p qirrali xo‘jalik faoliyatida katta o‘rin egallaydi. Yovvoyi va uy hayvonlari insonni har xil oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. Yovvoyi hayvonlarning turlari uy hayvon zotlarini yaxshilash uchun xizmat qiluvchi genofondni saqlaydi. Ko‘pgina yirtqich hayvonlar qishloq va o‘rmon xo‘jaliklarida turli zararkunandalarni yo‘qotishda katta rol o‘ynaydi.

18. Antibiotik olishda qaysi zamburug‘lardan foydalaniladi?



Aspergilius, Penicillium, Mucor, Trichothecium, Rhizopus va b. turkumga mansub baʼzi turlaridan antibiotiklar olishda foydalaniladi.

19. Zamburug‘larni o‘rganadigan fan nima deb nomlanadi?

Mikologiya deb nomlanadi.

20. Zamburug‘larning fotosintez qila olmasligiga sabab nima?



Ularda xlorofilning yoqligi yani plastidalar mavjud emasligi.


Download 389.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling