Sanoat farmatsiya fakulteti 4-kurs 401-a guruh talabasi Xusanboyev Dilshodbek


Download 389.01 Kb.
bet2/4
Sana05.01.2022
Hajmi389.01 Kb.
#223198
1   2   3   4
Bog'liq
2-mavzu. Topshiriq

1. Viruslarni o‘rganuvchi fan nomi? Virusalogiya fani.

2.Virus qanday tuzilgan?

Viruslar jonli va jonsiz tabiatning o’rtasidagi organizmlardir. Ularda irsiyat materiali-nuklein

kislotalar bo’lsa xam, hujayra yadrosi yo’q. Hujayraviy tuzilishga ega bo’lgan mikroorganizmlardan farqli o’laroq, ularda DNK (dezoksiribonuklein kislota) va RNK (ribonuklein kislota) xech qachon birga mavjud bo’lmaydi ya'ni virusda RNK bo’lsa DNK bo’lmaydi yoki aksincha.

Internet ma’lumoti: Viruslar (lot. virus — zahar) — faqatgina tirik hujayralarda koʻpayib, oʻsimlik, hayvon va odamda yuqumli kasallik qoʻzgʻatuvchi mikroorganizmlar. Oʻtmishda "V." termini har xil kasallik qoʻzgʻatuvchilarga, ayniqsa nomaʼlum agentlarga nisbatan qoʻllanilgan. Fransuz olimi L. Paster bir qancha kasalliklarning kelib chiqishida bakteriyalarning rolini isbotlab berganidan soʻng V. tushunchasi "mikrob" soʻzining sinonimi sifatida qoʻllanila boshlandi. Kasallik qoʻzgʻatuvchi bu ikki guruh agentlari, yaʼni bakteriyalar bilan V. oʻrtasidagi muhim farq rus olimi D. I. Ivanovskiy (1892) va keyinchalik boshqalar tamaki mozaikasi hamda juft tuyoqli hayvonlarning oqsil kasali qoʻzgʻatuvchilari bakterial suzgʻich (filtr)dan oʻtishini isbotlagach, aniqlandi.



V. tabiatda keng tarqalgan, odam, hayvonlar va oʻsimliklarda har xil ogʻir kasalliklarni paydo qiladi. Ular maxsus tarqatuvchi yoki mexanik yoʻl bilan tarqaladi. Koʻpchilik V. yillab tiriklik xususiyatini yoʻqotmaydi, qulay sharoitga (tirik hujayraga) tushib qolishi bilan kasallik qoʻzgʻata boshlaydi. Ayrim V. (mas., gripp V.) tashqi muhitda oʻz xususiyatini yoʻqotadi. V. qoʻzgʻatadigan kasallikning paydo boʻlishiga koʻpincha faqat bitta virus zarrasi sabab boʻlishi mumkin. Mas., bitta poliomiyelit virusi zarrasi (molekulasi)dan bir necha soatda milliardlab V. vujudga keladi. V.ning koʻpayishi sitoplazmadagi aminokislotalar bilan bogʻliq. Millionlab V. molekulalari yigʻindisi mikroskop ostida kristallar yoki X-tanachalar shaklida koʻrinadi. Kasallik holatini qoʻzgʻatish xususiyati, kasallik qoʻzgʻovchi boshqa agentlarga nisbatan juda kichikligi va odatdagi sunʼiy ozuqali muhitda rivojlanmasligi V.ning oʻziga xos xususiyatidir. Faqat baʼzi bakteriofaglar bundan mustasno, ularni lab. sharoitida koʻpaytirish mumkinligi isbotlangan. Lab.da oʻrganish imkoniyati boʻlgan barcha V. har xil fizik usullar bilan birmuncha aniq "oʻlchangan". Ularning diametri 10—300 mkm. Tayoqcha, shar yoki ipsimon shaklda boʻladi. Oʻsimlik va hayvonlarda kasallik qoʻzgʻatuvchi koʻpgina V. yumaloq shaklda. Bugʻdoy va beda mozaikasi V. tashqi koʻrinishi bilan bakteriya tayoqchasi yoki oʻqqa oʻxshaydi. V. tuzilishini elektron mikroskop va rentgenda tadqiq qilish orqali baʼzi nozik tarkibiy qismlari aniqlangan. Ularning hammasida ichki modda, asosan nuklein kislotadan iborat boʻlib, u oqsil qobiq bilan oʻralgan. Bir necha tur V.ning kimyoviy tarkibi oʻrganilgan, xolos. Vaksinalar V.ning tuzilishi ham, chamasi oddiy bakteriyalarniki kabi murakkab. Uning tarkibida nukleoproteinlar, uglevodlar va lipoidlar bor. Nuklein kislotasi dezvksiriboza shaklida, lipoidlar guruhi esa xolesterol, fosfolipid va neytral moy koʻrinishida uchraydi. Fitopatogen V. tarkibida ribonuklein kislota (RNK), hayvon va odamlarda kasallik qoʻzgʻatuvchi V.da esa RNK yoki DNK (dezoksiribonuklein kislota) bor. Baʼzi V. tozalangan preparatlar holida olinib, ularning bir qismi toza haqiqiy kristallar (mas., tamaki nekrozining V.), boshqalari esa suyuq kristallar (mas., tamaki mozaikasi V.) yoki shakleiz choʻkmalar hosil qiladi. V.ni ajratib olish va tozalash uchun ultratsentrifugalanadi, turli xil fizikkimyoviy usullardan foydalaniladi.


5. Antibiotiklar viruslarga ta'sir ko‘rsata oladimi? Yo’q.Ta’sir eta olmaydi sababi antibiotiklarr olinishi nuqtai nazaridan qarasak ular mikroorganizmlardan ya’ni zamburug’ va bakteriyalardan sintez qilinadi va ularga ta’sir etadi viruslaga ta’sir eta olmaydi.


Download 389.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling