Innovatsion markaz ‒ bu iqtisodiy tarkibi uncha katta bo‘lmagan hudud doirasida kichik, yangi tashkil etilgan kompaniyalar uchun mo‘ljallangan. Ilmiy parklar ‒ bu yetarlicha katta hudud bo‘lib, unda turli o‘lcham va rivojlanish bosqichidagi fan sig‘imkorligi yuqori, ilm ko‘p talab qiladigan firmalar joylashgan bo‘ladi. Ular unchalik katta bo‘lmagan ishlab chiqarishni mahalliy ilmiy-tadqiqot markazlarining ilmiy-texnologik izlanishlari asosida yo‘lga qo‘yish imkonini byoradi. Tadqiqot parki ‒ bu tarkib doirasida ilmiy-texnik yangiliklar texnik timsol bosqichigacha ishlab chiqiladi. Bunday parklarda sanoat kompaniyalari, ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik tajriba idoralari birlashadi. Ilmiy-texnologik zonalarning samaradorligini belgilovchi mezon ‒ bu yangi texnologiya, yuqori malakali mugaxassislar va tadbirkorlarni bir joyga to‘plash, ularni o‘quv-tadqiqot va tijorat tashkilotlari tarmoqlari orqali qo‘llab-quvvatlovchi mahalliy muhitning yaratilishidir. Erkin iqtisodiy zonalar orasida offshor zonalar alohida guruhni tashkil etadi. Ularning EIZlardan farqi shundaki, unda ro‘yxatdan o‘tgan korxona hech qanday ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullana olmaydi. Offshor yurisdiksiyaning asosiy belgisi soliqqa tortishdagi imtiyozlar hisoblanadi. Kompleks erkin iktisodiy zonalar. Amaliyotda bir funksiyani bajarishga ixtisoslashgan hudud mavjud emas. Eng ko‘p tarkalgan hududlarga savdo, bojxona, sanoat, tadqiqot funksiyalarini bajaruvchi kompleks hududlar kiradi. Ular turli funksiyalarni bajaradilar va investorlarning turli xil iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanishlariga imkon beradilar. Shu sababli ularni tashkil etishda ustuvor funksiyalarni belgilab olish lozim. Aynan shu kabi hududlarda (shahar, tuman, vshyuyatlarni qamrab oluvchi) yangi ma’muriy-hududiy birlik tashkil etilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |