Sanoat iqtisodiyoti” fanidan O‘quv materiallari samarqand 2022 kirish


Download 0.85 Mb.
bet1/49
Sana17.06.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1526165
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Bog'liq
3.O\'quv materiallari


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI
IQTISODIYOT” KAFEDRASI

SANOAT IQTISODIYOTI”


fanidan
O‘QUV MATERIALLARI
SAMARQAND 2022
KIRISH
Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish asosida jamiyat a’zolarining moddiy va ma’naviy farovonligini ta’minlashda milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmog‘i bo‘lgan sanoat alohida o‘rin tutadi. Bu tarmoq iqtisodiy asoslarining ham nazariy, ham amaliy mohiyati va ahamiyatini tushunadigan, bu boradagi barcha yangiliklar va tashkiliy o‘zgarishlarni his eta oladigan iqtisodchilarni tayyorlashda Sanoat iqtisodiyoti” fani alohida ahamiyat kasb etadi.
Bu fanning asosiy maqsadi talabalarda zamonaviy iqtisodiy fikrlashni, mamlakat milliy ijtimoiy-iqtisodiy ishlab chiqarish tizimida sanoat majmuining o‘rnini tavsiflash, xalq xo‘jaligi va aholining sanoat mahsulotlariga bo‘l­gan ehtiyojlarini to‘laroq qondirish, fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish va sanoat ishlab chiqarish samaradorligini oshirish zaruriyati to‘g‘risidagi umumlashgan tasavvurni shakllantirishdan iborat.
Sanoat iqtisodiyoti” fani talabalarga nafaqat muayyan axborot, ma’lumotlar, bilim va ilm berishi, balki ularni o‘z faoliyatining eng muhim yo‘nalishlarini to‘g‘ri tanlab olishga, murakkab iqtisodiy muammolar yechimini topa bilishga o‘rgatishi kerak.
Talabalarda bu fan bo‘yicha bilim va ilm, hamda malakalarini shakllantirishning asosini ma’ruzalar, amaliy mashg‘ulotlar, mustaqil ishlar, ilmiy-tadqiqotlar jarayoni tashkil etadi.
Bu fan bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘quvchilar bilimlarini mustahkamlash, fanni chuqur o‘rgatish, mavzularni yozma va og‘zaki bayon etish san’atini egallashga yordam beradi.
Sanoat iqtisodiyoti” fani umumiqtisodiy mutaxassislik bo‘yicha iqtisodchi kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash bo‘yicha iqtisodiy ta’lim asoslaridan biri bo‘lgani bois uni o‘qitish alohida darslik va o‘quv qo‘llanma asosida amalga oshirilishi zarur.


Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling