Sanoat iqtisodiyoti” fanidan O‘quv materiallari samarqand 2022 kirish


Download 0.85 Mb.
bet9/49
Sana17.06.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1526165
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   49
Bog'liq
3.O\'quv materiallari

2.4.Sanoat korxonalarini tasniflash

Har qanday korxona yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lishi lozim. Iste’molchilar talabini qondirish orqali foyda olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan (tijoratchi tashkilot) yoki foyda olishni ana shunday maqsad qilib olmagan tashkilot (tijoratchi bo‘lmagan tashkilot) yuridik shaxs bo‘lishi mumkin.


Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxs xususiy korxona, xo‘jalik shirkati va aksionerlik jamiyati, unitar korxona va qonunlarda nazarda tutilgan boshqacha shaklda tuzilishi mumkin.
Tijoratchi tashkilot bo‘lmagan yuridik shaxs jamoat birlashmasi, ijtimoiy fond va mulkdor tomonidan moliyaviy ta’minlab turiladigan muassasa shaklida, shuningdek qonunlarda nazarda tutilgan boshqacha shaklda tashkil etilishi mumkin.
Tijoratchi bo‘lmagan tashkilot o‘zining ustavda belgilangan maqsadlariga mos keladigan doiralarda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin.
Korxonalar tasnifining mazmuni:

  • mulk shakliga ko‘ra − davlat, qo‘shma, ijara, hissadorlik, xususiy, oilaviy, kooperativ va boshqa turdagi korxonalarga ajratiladi;

  • qaysi tarmoqqa qarashliligiga ko‘ra − korxonalar ishlab chiqarish va noishlab chiqarish (mashinasozlik, ko‘mir qazib chiqarish, sug‘urta va hokazo) sohalariga mansub bo‘lishi mumkin;

  • ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi va ko‘rinishiga ko‘ra − korxonalar sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, moliya-kredit va boshqalarga bo‘linadi;

  • texnologik umumiyligiga ko‘ra − korxonalar ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz va diskret ravishda, kimyoviy yoki mexanik jarayonlarning ustunligi asosida yurituvchilarga bo‘linadi;

  • tayyor mahsulotning maqsadlariga ko‘ra − barcha korxonalar ikkita katta guruhga bo‘linadi: ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchilar va iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar;

  • foydalaniluvchi xom ashyo turiga ko‘ra − sanoat korxonalari qazib chiqaruvchi va qayta ishlovchi korxonalarga taqsimlanadi;


  • Download 0.85 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling