Sanoat iqtisodiyoti” fanidan O‘quv materiallari samarqand 2022 kirish


“Sanoat iqtisodiyoti” fanining vazifalari


Download 0.85 Mb.
bet5/49
Sana17.06.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1526165
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Bog'liq
3.O\'quv materiallari

1.4. “Sanoat iqtisodiyoti” fanining vazifalari

Har qanday fan kabi “Sanoat iqtisodiyoti” fani ham eng avvalo, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy qarash va nazariyalarga tayanadi. Uning asosiy vazifasi sanoat sohasiga taalluqli iqtiso­diy bilim va ilm hamda muayyan ko‘nikma bilan qurollantirishdan iboratdir.


Bu fan, birinchidan, iqtisodiyotning sanoat sohasidagi sir- asrorlarini bilib olishga; ikkinchidan, bu tarmoq iqtisodiyotida qo‘llaniladigan barcha iqtisodiy tushunchalarni tavsiflashga, ular real iqtisodiy voqelikning ilmiy in’ikosi, ifoda etilishi ekanligini anglashga ko‘maklashadi; uchinchidan, ishlab chiqarish san’atini egallash bo‘yicha bilim va ko‘nikma beradi. Demak, “Sanoat iqtisodiyoti” fani faqat nazariy tomondangina emas, balki amaliy jihatdan ham bilim berish vazifasini bajaradi. Bu fanni puxta egallagan har bir iqtisodchi mavjud iqti­sodiy ko‘rsatkichlarning mohiyati va ahamiyatini yaxshi tushunadigan, ularni to‘g‘ri hisoblash va aniqlashni biladigan, ular dinamikasidan tegishli xulosalar chiqara oladigan bo‘ladi.
Har qanday bilim ham, hatto, jamiyat hayotining chuqur negizlariga kirib boruvchi ilm ham muayyan harakat uchun qo‘llanma bo‘lganligi, jamiyatni tubdan o‘zgartirishning amaliy maqsadlariga xizmat qilganligi uchun qimmatlidir. Shu sababli Sanoat iqtisodiyoti” ham fundamental fanlar qatoridan o‘rin olib, iqtisodiy taraqqiyotning muhim qonun-qoidalaridan sanoat sohasida foydalanish yo‘llarini ko‘rsatib berayotganligi tufayli ahamiyatli hisoblanadi.
Sanoat iqtisodiyoti” fanining muhim vazifalaridan biri — bu metodologik vazifadir. “Industrial va innovatsion iqtisodiyot” iqti­sodiy fanlar majmuida alohida o‘rin egallaydi, chunki barcha iqtisodiy-metodologik masalalarning ilmiy va amaliy talqini, eng avvalo, sanoat sohasida amalga oshiriladi.
Sanoat iqtisodiyoti” fanining vazifalari respublika ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining ob’ektiv sharoitlari, davlat iqtisodiy siyosatining asosiy yo‘nalishlari va unga binoan amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati, ahamiyati va mazmuni bilan belgilanadi. Ulardan eng muhimlari quyidagilardan iborat:

  • mustaqil va qudratli davlat iqtisodiy siyosatining mohiyati va maqsadini tushungan holda sanoat ishlab chiqarishi hamda uning bo‘g‘inlarida bu siyosatni amalga oshirishning yo‘l-yo‘riqlarini to‘la anglash;

  • sanoat ishlab chiqarishining holati va rivojlanish xususiyatlarini o‘rganish, tahlil etish va uning istiqbolini belgilash haqida fikrlash;

  • sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish, boshqarish, samaradorligini oshirishning ilmiy va amaliy asoslarini aniqlash bo‘yicha bilim va ko‘nikma berish;

  • sanoat resurslari, ishlab chiqarish fondlari va quvvatlaridan bekamu ko‘st, oqilona foydalanish;

  • fan-texnika taraqqiyoti va innovatsiyaning iqtisodiy ahamiyati va mohiyatini anglash, sanoat mahsulotlarining sifati va raqobatbardoshligini ta’minlash, ishlab chiqarishning foydalilik darajasini oshira borish san’atini egallashga ko‘maklashuvi bo‘yicha bilim va ko‘nikma berish;

  • sanoat sohasidagi tashqi iqtisodiy faoliyatning mohiyati, ahamiyati va mazmunini hamda bu boradagi o‘zaro hamkorlik va iqtisodiy integratsiyaning rolini tushuntirib berishdan ham iborat.

Ushbu fanning yana bir eng muhim vazifasi - bu sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun sarflanayotgan harajatlar tizimi, mahsulot tannarhi, narhlarning shakllanishi, foyda va rentabellik, moliyalash va kreditlash masalalari bo‘iicha bilim, ilm va ko‘nikmalar berishdan iborat.



Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling