Sanoat iqtisodiyoti” fanidan O‘quv materiallari samarqand 2022 kirish
Tarmoq tuzilmasi o‘zgarishining asosiy tendensiyasi
Download 0.85 Mb.
|
3.O\'quv materiallari
3.3. Tarmoq tuzilmasi o‘zgarishining asosiy tendensiyasi
O‘zbekiston sanoatining hozirgi taraqqiyoti katta dinamikligi bilan ajralib turadi, chunki u mustaqillik yillarida va XXI asr boshlarida yuqori sur’atlar bilan rivojlana bordi. Sanoat ishlab chiqarishining progressivlik, ya’ni taraqqiyparvarlik darajasi anchagina o‘sdi. Bunday rivoj fan-texnika taraqqiyoti va innavatsion faoliyatini belgilovchi tarmoqlar – yoqilg‘i, rangli metallurgiya, mashinasozlik sanoatining ustuvor o‘sishida namoyon bo‘ldi. Sanoatning uzoq istiqbolga mo‘ljallangan rivojini aniqlash turli iqtisodiy mutanosibliklarni belgilash va ularga e’tibor berishini talab qiladi. Bunday mutanosibliklar tarmoq tuzilmasini bashoratlashda inobatga olinadi. Sanoat ishlab chiqarish tuzilmasini rejalashtirish va bashoratlash quyidagi asosiy masalalarni hal qilishga qaratilishi kerak: bozor iqtisodiyoti talablari, xalq xo‘jaligi va aholining ayrim mahsulot turlariga bo‘lgan talabini qondirishni hisobga olgan holda umuman sanoat va uning har qaysi tarmog‘ining rivojlanish sur’atini belgilashni; ilg‘or ishlab chiqarish tarmoqlarini aniqlash, ular taraqqiyotini tezlashtirish uchun zarur bo‘lgan investitsiyalar, kapital qo‘yilmalar va materiallarni birinchi navbatda ajratishni; sanoat tuzilmasida ustuvor o‘zgarishlarni ko‘zda tutish lozimki, har qaysi bunday o‘zgarishlardan ham biri ijtimoiy ishlab chiqarishning eng yuqori samaradorligini ta’minlashni; milliy iqtisodiyotning umumiy mutanosibligi har qaysi sanoat tarmog‘i taraqqiyotining tengligi bilan bog‘lanishini talab etadi. Tarmoq tarkibining mamlakat miqyosida qulaylashuvi yuqori sur’atda iqtisodiy rivojlanishni, aholining turmush darajasini oshirishni hamda mahsulot ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirishni ta’minlaydi. Chunki bu, ishlab chiqarishning darajasi va yakuniy — pirovard mahsulotning ko‘payishiga, umuman ijobiy strukturaviy siljishlarga sabab bo‘ladi. Demak, tarkibiy o‘zgarishning o‘zi ishlab chiqarish samaradorligi va mehnat unumdorligi o‘sishining qo‘shimcha omili sifatida maydonga chiqadi. Sanoat tarmoqlari tuzilmasini takomillashtirishning asosiy yo‘llari quyidagilardir: ishlab chiqarish vositalari va iste’mol tovarlari ishlab chiqaradigan tarmoqlar orasida mutanosiblikni o‘rnatish; ishlab chiqarish tuzilmasining bashorat va yo‘nalishlarini ishlab chiqish; tarmoqlarning tashqi iqtisodiy faoliyatini barqororlashtirish; ilmiy-texnik taraqqiyotni jadallashtirish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish; shaxsiy va ijtimoiy iste’molni o‘rganish hamda aholini yuqori sifatli sanoat mahsulotlari bilan to‘la ta’minlash; tarmoqlarda xom ashyo va resurslardan oqilona foydalanish samaradorligini oshirib borish; iqtisodiy hududlar sanoatini zaruriy (mehnat, moddiy va moliyaviy) resurslar bilan ta’minlash va ulardan oqilona foydalanishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish. Ayni vaqtda tarmoqlarning ichki tuzilmasini qayta qurish, mahsulot ishlab chiqarish va aholining turmush darajasini oshirish, chet el korxonalari bilan iqtisodiy hamkorlik qilishni kuchaytirish, chet el investitsiyalari hamda ilg‘or texnologiyalarini sifatli sanoat mollari tayyorlashga yo‘naltirish vazifalarini hal etish kerak bo‘ladi. Respublika iqtisodiyotida va uning yetakchi tarmog‘i bo‘lgan sanoat sohasida amalga oshirilayotgan tarkibiy siljishlar yaqin kalajakda quyidagilarni amalga oshirish uchun imkoniyatlar yaratadi: mamlakat aholisining oziq-ovqat mahsulotlari, ommabop talabga ega bo‘lgan tovarlar va boshqa hayotiy zarur vositalarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishni to‘laroq ta’minlash; fan-texnika taraqqiyoti va sanoatning ilgarilib boradigan rivojini ta’minlaydigan texnologiyalarni joriy etish; respublikaning o‘zida ishlab chiqariladigan mahsulotlarni ko‘paytirish va shu asosda tovarlar importini qisqartirish; agrosanoat majmui samaradorligini oshirish va uni qishloq xo‘jaligi xom ashyosini yanada chuqurroq qayta ishlashga o‘tkazish hamda tayyor mahsulotning sifati va tovar ko‘rinishini oshirish; kichik biznes korxonalari (firmalar va tadbirkorlik, dehqon, fermer xo‘jaliklari, kasanachilik tipidagi ishlab chiqarish tuzilmalari)ni rivojlantirish asosida yangi ishchi o‘rinlarini hamda yangi sohalarni yaratish; va nihoyat, respublikada u yoki bu mahsulotni ishlab chiqarish uchun tegishli sharoit va mineral-xom ashyo resurslari mavjudligini hisobga olgan holda sanoatning eksport salohiyatini oshirish va eksport ustunligiga erishish uchun sharoitlar yaratadi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling